01.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
01.10.2026, 12:24
Jamiyat 👁 321

Qoraqalpogʻiston Respublikasi prokurori oʻrinbosari ishtirokida sayyor qabul oʻtkazildi

Qoraqalpogʻiston Respublikasi prokurori oʻrinbosari ishtirokida sayyor qabul oʻtkazildi

Mamlakatimiz boʻylab turli korxona, tashkilot rahbarlari tomonidan oʻtkazilib kelinayotgan sayyor qabullar ovoragarchiliklarning oldini olish, muammolarni imkon qadar tezkor hal etishda muhim ahamiyat kasb etayotir.

26-oktyabr kuni Amudaryo tumanining Amir Temur nomli ovul fuqarolar yigʻinida Qoraqalpogʻiston Respublikasi prokurori oʻrinbosari, adliya katta maslahatchisi Yerpoʻlat Kaipbergenov ishtirokida sayyor qabul boʻlib oʻtdi.

Unda tuman prokurori Aziz Roʻzmetov, tuman hokimining birinchi oʻrinbosari Rashid Salayev, hokim oʻrnbosari Nodirbek Kamolov, tegishli korxona, tashkilot rahbarlari, ovul va mahalla fuqarolar yigʻinlari masʼullari, “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlar hamda aholi vakillari ishtirok etdilar.

Sayyor qabulda tuman hokimining birinchi oʻrinbosari Rashid Salayev fuqarolarga tuman aholisining tomorqa yerlaridan unumli foydalanib, yuqori daromadga ega boʻlayotganligini taʼkidladi. Shuningdek, ovul va mahallalarda zamonaviy arxitektura talablariga javob beradigan maishiy xizmat va savdo nuqtalari qurilayotganligini taʼkidlab, mahallalarning infratuzilmasi, kelajakdagi qiyofasi borasida amalga oshirilishi belgilangan vazifalar toʻgʻrisida maʼlumot berarib oʻtdi.

Shundan soʻng, Qoraqalpogʻiston Respublikasi prokurori oʻrinbosari, katta adliya maslahatchisi Yerpoʻlat Kaipbergenov sayyor qabul davomida kelib tushgan hech bir murojaat eʼtibordan chetda qolmasligini, imkon qadar ijobiy hal qilinishini aytib oʻtdi.

Shu bilan birga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2022-yil 31-avgust kuni imzolangan “Qoraqalpogʻiston Recpublikasida tadbirkorlik, innovatsion texnologiyalar va infratuzilmalarni jadal surʼatlarda rivojlantirish orqali aholi farovonligini oshirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmonining mazmun-mohiyati haqida batafsil tushuntirishlar berdi.

Sayyor qabulda fuqarolardan turli mazmundagi murojaatlar kelib tushdi.

Jumladan, fuqaro Fayzulla Bobojanov toʻyxona va mini futbol maydonchasi qurish uchun yer maydoni ajratilishi boʻyicha, fuqaro Erkin Sobirov oqova suv muammosi boʻicha, Ravshanbek Bobojanov hamda Norgul Mamutovalar tabiiy gaz bilan bogʻliq muammolar boʻyicha murojaat qildilar.

Kelib tushgan barcha murojaat tegishli tartibda qayd qilinib, tegishli korxona, tashkilot rahbarlariga yoʻnaltirildi va muddatlar belgilanib, ijrosi nazoratga olindi.

Sayyor qabulda fuqaro Zafar Yoʻldashevning imtiyozli kredit olish masalasida qilgan murojaati boʻyicha uning yashash sharoiti oʻrganib chiqildi hamda mahallaning hokim yordamchisiga 5 ish kuni ichida ushbu fuqaroga imtiyozli kredit ajratish boʻyicha koʻrsatmalar berildi.

Shuningdek, fuqaro Fazilat Norimova farzandi oliy taʼlim mussasasida toʻlov-kontark asosida taʼlim olayotganligi, ammo kontrakt toʻlovini toʻlashga oilaviy sharoiti toʻgʻri kelmayotganini aytib murojaat qildi. Ushbu fuqaroning ham yashash sharoiti oʻrganib chiqilib, Yoshlar ishlari agentligi tuman boʻlimi boshligʻi Sardor Ismoilovga tez fursatda kontrakt toʻlovi boʻyicha talabaning roʻyxatga olinishi va yordam koʻrsatish boʻyicha koʻrsatmalar berildi.

Shu oʻrinda qayd etish lozimki, bugun har bir fuqaro uchun barcha davlat organlari va tashkilotlarining eshiklari ochiq. Davlat idoralari rahbarlari fuqarolarning murojaatlarini ish xonalarida emas, balki joyiga borib, haqiqiy holatni koʻrgan va oʻrgangan holda koʻrib chiqmoqdalar.

Aytish kerakki, sayyor qabullar aholi muammolarini joyida, tez va samarali hal etish imkonini berayotgani, hududlarda yigʻilib qolgan muammolarni aniqlash va bartaraf etilishida davlat organlari va tashkilotlari oldiga vazifalar qoʻyayotgani bilan muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Tuman hokimligining Axborot xizmati.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026