01.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
01.10.2026, 10:43
Jamiyat 👁 157

FAVQULODDA VAZIYaTLARNING OLDINI OLIShGA BAGʻIShLANGAN YIGʻILISh OʻTKAZILDI

FAVQULODDA VAZIYaTLARNING OLDINI OLIShGA BAGʻIShLANGAN YIGʻILISh OʻTKAZILDI

Joriy yilning 14-noyabr sanasida Amudaryo tuman hokimligi binosida Favqulodda vaziyatlarning oldini olishga bagʻishlangan yigʻilish boʻlib oʻtdi.

Yigʻilishda Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish boʻyicha hududiy komissiyasi aʼzolari, kun tartibidagi masalalarga aloqador idoralar, korxona hamda tashkilotlarning rahbarlari, tuman hokimining oʻrinbosari Nodirbek Kamolov, tuman Favqulodda vaziyatlar boʻlimi boshligʻi oʻrinbosari Salomat Berdekeyev, boʻlinma boshligʻi Behzod Tojiboyevlar, shuningdek sohaga aloqador tashkilotlarning masʼul mutaxassislari ishtirok etishdi.

 Yigʻilishda Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish boʻyicha Hukumat komissiyasining 2022-yil 10-noyabrdagi 49-sonli bayoni va Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining 11-noyabrdagi 596-sonli bayoni ijrosini taʼminlash, shuningdek, 2022-yil 15-noyabrdan 15-dekabrgacha “Yongʻin xavfsizligi oyligi”ni oʻtkazish haqidagi masala muhokama etildi.

Sohada amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida tumanda 2022-yilning oʻtgan davri mobaynida iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha obʼektlari hamda uy-joy fondida yongʻin xavfsizligini taʼminlash borasida qator tizimli ishlar amalga oshirildi.

Jumladan, yongʻinlarning oldini olish yoʻnalishida roʻyhatga olingan obʼektlarda rejali va nazorat tartibidagi tekshirishlar, tadbirkorlik subʼektlariga tegishli obʼektlarda yongʻinga qarshi profilaktika koʻriklari oʻtkazildi. Yakka tartibdagi uy-joylar, koʻp xonadonli uylarning yongʻinga qarshi holati tekshirildi. Yongʻin xavfsizligini targʻib qilish boʻyicha fuqarolar bilan suhbatlar oʻtkazilib, yoʻl-yoʻriqlar berildi.

Amalga oshirilgan ijobiy ishlarga qaramasdan joriy yilning 10 oyi davomida tumanning turli hududlarida 43 ta yongʻin sodir boʻlib, yongʻin oqibatida kuyish va tan jarohati olganlar, oʻlim holatlari boʻlmasa-da, Boyovul, Toryop va Oʻzbekiston mahallalarida hamda Jumurtov shaharchasi, Kuyuk koʻpir, Qilichboy, Qipchoq ovullarida yongʻin sodir boʻlish holatlari koʻpaygan.

Tahlillarga koʻra, yongʻinlarning 81 foizi aholi turar joylarida sodir boʻlgan hamda aksariyati tabiiy gazga moʻljallangan hamda elektr isitish jihozlaridan notoʻgʻri foydalanish oqibatida yuz bergan.

Yigʻilishda masʼullar tomonidan joylardagi yongʻinlar boʻyicha mavjud holatni inobatga olib, ayrim favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish boʻyicha hududiy komissiyalari tomonidan iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy soha obʼektlari hamda uy-joy fondida yongʻinlarning oldini olish masalalariga yetarli eʼtibor qaratilmayotganligi taʼkidlab oʻtildi.

Shuningdek, yigʻilishda yongʻinlarning oldini olish sohasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar yuzasidan mutasaddi idoralar rahbarlarining hisobotlari ham tinglandi, dolzarb muammolar va yoʻl qoʻyilayotgan kamchiliklar batafsil tahlil va muhokama qilindi.

Yigʻilish yakunida belgilangan topshiriqlar ijrosini taʼminlash, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy soha obʼektlari hamda uy-joy fondida yongʻinlarning oldini olish, shuningdek, ushbu sohada mavjud muammolarni bartaraf etish maqsadida, hududiy komissiya tomonidan tuman hududida 2022-yil 15-noyabrdan 15-dekabrgacha “Yongʻin xavfsizligi oyligi”ni oʻtkazish toʻgʻrisida qaror qabul qilinib, mazkur oylikni tashkil etish va samarali oʻtkazish boʻyicha hududiy komissiyasi tarkibi va amalga oshiriladigan chora-tadbirlar rejasi tasdiqlab olindi.

Robiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026