15.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
15.08.2026, 22:49
Jamiyat 👁 331

JUMUR OVUL MAHALLASIDA NURONIYLAR UChUN TADBIRLAR OʻTKAZILDI

JUMUR OVUL MAHALLASIDA NURONIYLAR UChUN TADBIRLAR OʻTKAZILDI

Yurtimizda keyingi yillarda keksalarni davlat tomonidan qoʻllab- quvvatlashni kuchaytirish, ularga ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish tizimini yaxshilash borasida qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Amudaryo tumanida “Keksalar uchun turizm oyligi” doirasida tashkil qilinayotgan mamlakatimizning diqqatga sazovor, tarixiy makonlariga uyushtirilayotgan sayohatlar, nuroniylarning yoshlar bilan uchrashuvlari shular jumlasidandir.

Tumanning Jumur ovul mahallasida 748 xonadon, 1204 oilada 4255 nafar aholi istiqomat qiladi. Shundan 402 nafari keksalar va nuroniylardir.

24-noyabr kuni mahallada keksalar va nuroniylar ishtirokida “Salomatlik uchun 5000 qadam” tadbiri oʻtkazildi. Tadbir davomida keksalar va nuroniylar butun mahalla ahliga piyoda yurish salomatlik garovi ekanligini targʻib qilish maqsadida piyoda yurdilar. Ular piyoda yurish mobaynida oʻzaro gurunglashib, bir- birlarining hol-ahvolidan xabardor boʻldilar, davlatimizning keksalarni eʼzozlash borasidagi ishlaridan minnatdorligini bildirdilar.

Shuni aytish kerakki, 2022-yil noyabr oyidagi “Keksalar uchun turizm oyligi” doirasida mahallaning keksalari va nuroniylaridan 126 nafari Qoraqalpogʻiston xududidagi turli ziyoratgohlarga va muzeylarga, tarixiy obidalarga hamda Samarqand, Buxoro, Xiva kabi tarixiy shaharlarga sayohatlarga olib borildi.

Shuningdek uyida yotgan kasalmand va nogiron keksalarning holidan xabar olinib, tibbiy koʻrikdan oʻtkazildi, reabalitatsiya mahsulotlariga muhtoj boʻlgan ikki nafar ayolga eshitish moslamasi va hassa berildi, 3 nafar yakka yolgʻiz yashovchilar holidan xabar olinib, uylarida obodonlashtirish ishlarida yordam berib kelinmoqda.

Mahallada keksalar va nuroniylar ishtirokida “Uch avlod uchrashuvi”, “Yangi Oʻzbekistonni barpo etishda nuroniylarning oʻrni”, “Ehtirom, eʼzoz, eʼtibor” tadbirlari oʻtkazib kelinmoqda.

Shu kuni mahalla nuroniylari “Yashil makon” umummilliy loyihasiga doirasida hududga mevali va manzarali daraxt koʻchatlari ekish ishlarida ham ishtirok etdilar. Shundan soʻng keksalar va nuroniylar oʻrtasida sportning shaxmat, shashka, stol tennisi turlari boʻyicha musobaqa oʻtkazildi. Mahallaning iqtidorli yoshlari tomonidan namoyish etilgan kontsert dasturi keksalar va nuroniylarga juda manzur boʻldi.

Tadbirlarda tuman Maxalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash boʻlimi boshligʻi oʻrinbosari Bahodir Boltabayev va Nuroniylar jamoatchilik kengashi raisi oʻrinbosari Bekman Allamberganovlar qatnashib, tumanimizda keksalar va nuroniylarga boʻlayotgan ehtirom, eʼzoz, eʼtibor toʻgʻrisida gapirib oʻtdi hamda tadbirda ishtirok qilayotgan eng keksa nuroniy otaxon va onaxonlarga, mahalladagi jamoatchilik tadbirlarida faol boʻlgan fuqarolarga sovgʻalar topshirishdi.

Jumurovul mahallasida oʻtkazilgan tadbirlar hudud keksalari koʻnglini koʻtardi, ularga oʻchmas taassurotlar hadya etdi.

Sevara Ismoilova.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019