01.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
01.10.2026, 10:43
Jamiyat 👁 358

Tuman Ichki ishlar boʻlimi xodimlari “Yashil makon” umummilliy loyihasida faol ishtirok etishmoqda

Tuman Ichki ishlar boʻlimi xodimlari “Yashil makon” umummilliy loyihasida faol ishtirok etishmoqda

Bugun yurtimizda keng tus olgan “Yashil makon” umummilliy harakatining maʼno-mazmuni, maqsadi yurtimizda yashillikni kengaytirish barobarida tabiatni asrash, ekologiya musaffoligini saqlashga qaratilgani bilan nihoyatda ahamiyatlidir.

Joriy yilning 11-oktyabr kuni davlatimiz rahbari raisligida “Yashil makon” umummilliy loyihasini amalga oshirishga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtgan edi. Unda 20-oktyabrdan 1-dekabrga qadar daraxt ekish boʻyicha “dolzarb 40 kunlik” eʼlon qilindi. Ushbu loyiha doirasida yiliga 200 million tup daraxt va buta koʻchatlarini ekish orqali shaharlardagi yashil maydonlarni amaldagi 8 foizdan 30 foizga oshirish reja qilingan.

Davlatimiz rahbarining bevosita tashabbusi bilan hayotga tatbiq etilayotgan ushbu xayrli tadbirlarda barcha yurtdoshlarimiz faol ishtirok etishmoqda. Amudaryo tumani Ichki ishlar boʻlimi ham bu jarayonda soha vakillarining munosib hissasini taʼminlash maqsadida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida koʻchat ekish tadbirini oʻtkazish tashabbusi bilan chiqdi.

Ushbu tadbirda Ichki ishlar organlarining rahbar xodimlari, shaxsiy tarkibi, yoʻl-patrul xizmati xodimlari faol ishtirok etishdi. Tuman Ichki ishlar boʻlimi binosi atrofidagi maydonga turli mevali va manzarali daraxt koʻchatlari ekilib, atrof obodonlashtirildi.

Xalqimizda bogʻ yaratish, ekilgan nihollarni parvarishlab, atrof-muhitni ozoda saqlash ota-bobolarimizdan qolgan azaliy qadriyatdir. Bugungi kunda mana shunday ezgu anʼana davom etayotganiga barchamiz guvoh boʻlib, uning bevosita ishtirokchisiga aylanmoqdamiz.

Butun mamlakatimizda boʻlgani singari Amudaryo tumanida ham uyushqoqlik bilan davom etayotgan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida nafaqat ekilayotgan koʻchatlar soni, balki ularning turi va sifatiga ham alohida eʼtibor berilmoqda.

Xususan, daraxt va oʻsimliklar gullaganida allergiyaga moyil ayrim kishilarning aziyat chekmasligini uchun shamol orqali changlanuvi oʻsimliklar deyarli ekilmay, tumanning infratuzilmasi, iqlimi va tuproq sharoiti, shaharsozlik meʼyorlariga va avtomobil qatnovi koʻchalari uchun mos keladigan koʻchatlar ekilmoqda.

Keyingi paytlarda Oʻzbekistonda kuzatilgan chang boʻronlari va noodatiy ob-havo iqlim oʻzgarishining nishonalaridir. Bu esa daraxt ekish va yashil hududlar maydonini koʻpaytirishning naqadar dolzarbligini, bu xayrli ishga katta masʼuliyat va alohida eʼtibor bilan yondashish zarurligini koʻrsatmoqda.

Aytish kerakki, yashil oʻrmonlar, daraxtzorlar tashkil etilishi Orolning qurishi oqibatida mintaqamizda yuzaga kelgan ogʻir ekologik muammolarni yumshatishda, atrof-muhit musaffoligini saqlashda ham muhim oʻrin tutadi.

Darhaqiqat, tabiatda yashil hududlar kengaysa, yashil qalqonlar shakllantirilsa, bundan faqat foyda koʻramiz, rohatlanamiz, bashariyat kelajagi mustahkamlanadi. Demakki, yurtimizda keng quloch yoygan “Yashil makon” umummilliy loyihasi nafaqat bugunimizga, balki, yaqin va uzoq kelajagimizga daxldor hayotiy harakatdir.

Shunday ekan, barcha yurtdoshlarimizni daraxt ekish boʻyicha “dolzarb 40 kunlik” tadbirlarida faol ishtirok etib, yashil maydonlar koʻlamini kengaytirish ishlariga oʻz hissalarini qoʻshishga chaqirib qolamiz.

Tuman hokimligining Axborot xizmati.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026