5-SONLI MTTDA “YoNGʻIN XAVFSIZLIGI OYLIGI” DOIRASIDA AMALIY MAShGʻULOT OʻTKAZILDI
Yongʻin jamiyatga moddiy zarar keltiradi. Bir necha daqiqa yoki soat ichida juda katta miqdordagi xalq boyliklari yonib, kulga aylanadi. Yongʻin vaqtida ajralib chiqadigan tutun, karbonat angidrid va boshqa zararli hid hamda gazlar atmosferaga koʻtarilib, havoning tarkibini buzadi. Bundan tashqari, kishilarning jarohatlanishiga, hatto oʻlimiga sabab boʻladi.
Hozirgi kunda barcha tashkilotlarda yongʻin xavfini kamaytirish borasida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Yurtimizda davom etayotgan “Yongʻin xavfsizligi oyligi” doirasida tumandagi 5-sonli maktabgacha taʼlim tashkilotida ham tarbiyachi va tarbiyalanuvchilar ishtirokida amaliy mashgʻulot oʻtkazildi. Mashgʻulotda tuman Favqulodda vaziyatlar boʻlimi xodimlari R.Rahimov, N.Jumatov, X.Habibullayevlar hamda safdor qutqaruvchilar qatnashishdi.
Dastlab Favqulodda vaziyatlar boʻlimi xodimlari 5-sonli maktabgacha taʼlim tashkiloti tarbiyalanuvchilari va xodimlariga yongʻin xavfsizligi qoidalari haqida tushunchalar berishdi.
Mashgʻulotlar davomida tarbiyalanuvchilarni xavfsiz joyga evakuatsiya qilish, jarohat olganlarga birinchi yordam koʻrsatish, yongʻin chiqqanda chiqish eshiklari orqali harakatlanish tartibiga rioya qilish kabilar amaliy tarzda bajarildi.
Oylik doirasida tashkil etilgan ushbu mashgʻulotlarda ishtirok etgan tashkilot xodimlari va kichkintoylar inson hayotida uchraydigan turli xavfli vaziyatlarda oʻzini qanday tutish kerakligiga doir amaliy koʻnikmalarga ega boʻldilar.
Hafiza OʻROZMETOVA, 5-sonli MTT direktori.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶