SOLIQ TUShUMLARI HAYoTIMIZ FAROVONLIGI, YuRTIMIZ TINCh-OSOYIShTALIGIGA SARFLANADI
Konstitutsiyamiz dunyoning koʻpgina demokratik davlatlarining konstitutsiyaviy qurilish sohasidagi ilgʻor tajribalarining eng yaxshi jihatlarini, Inson huquqlari umumjahon Deklaratsiyasining umumeʼtirof etilgan normalarini oʻzida mujassam etgan. Uning 51-moddasida fuqarolarning qonun bilan belgilangan soliqlar va mahalliy yigʻimlarni toʻlashga majburiyligi belgilab qoʻyilgan.
Yangi tahrirdagi Soliq Kodeksining 8-moddasida “Har bir shaxs ushbu Kodeksda belgilangan soliqlar va unda nazarda tutilgan yigʻimlarni toʻlashi shart”, deb koʻrsatilgan. 18-moddasiga koʻra esa soliq – ushbu Kodeksda belgilangan, Oʻzbekiston Respublikasining davlat byudjetiga yoki davlat maqsadli jamgʻarmasiga toʻlanadigan majburiy begʻaraz toʻlov, yigʻim esa ushbu Kodeksda yoki boshqa qonunchilik hujjatlarida belgilangan majburiy toʻlovdir. Bu yigʻimning toʻlanishi uni toʻlovchi shaxsga nisbatan vakolatli organ yoki uning mansabdor shaxsi tomonidan yuridik ahamiyatga ega harakatlarni amalga oshirish, unga muayyan huquqlarni yoxud ruxsat etuvchi hujjatlarni berish shartlaridan biri boʻladi.
Mamlakatimiz hududida soliqlar turlari – qoʻshilgan qiymat soligʻi, aktsiz, foyda soligʻi, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi, yer qaʼridan foydalanganlik uchun, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqlar, mol-mulk soligʻi, yer soligʻi, ijtimoiy soliqdan iborat.
Tuman DSI tomonidan hududimizda soliqlarning oʻz vaqtida undirilishi yuzasidan koʻpgina chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Xususan, tuman boʻyicha 2022-yil uchun soliqlarning barcha turlari boʻyicha 68 mlrd. 208 mln. 700 ming soʻm reja belgilangan boʻlsa, amalda 28-noyabr holatiga tushum 76 mlrd. 414 mln. 200 ming soʻmga, yaʼni 112 foizga bajarildi. Bu oʻtgan yilning mos davriga solishtirganda 2 mlrd. 652 mln. 900 ming soʻmga koʻp. Agar undirilgan jami summani soliq turlari boʻyicha qaraydigan boʻlsak, tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchilar uchun belgilangan qatʼiy soliq 92 foizga, jismoniy shaxslarning soligʻini undirish boʻyicha belgilangan reja 112,1 foizga, jismoniy shaxslarning mulk soligʻi uchun belgilangan reja 129,1 foizga, aylanmadan olinadigan soliq yillik rejasi 99,6 foizga bajarilishi taʼminlandi.
Shuningdek, yirik soliq turlari daromadlari uchun belgilangan reja 126,6 foizga, soliqsiz tushumlar – davlat boji, jarimalar, yigʻimlar uchun belgilangan reja 87,4 foizga bajarilishi taʼminlandi.
Shuni alohida taʼkidlash joizki, soliq – tor maʼnoda davlat ixtiyoriga soliq toʻlovchilardan majburiy tartibda undiriladigan pul tushumlaridir. Davlatimiz oʻzining vakolatiga kiruvchi vazifalarni bajarishi uchun soliq tushumlari moliyaviy manba boʻlib xizmat qiladi.
Fuqarolarimiz shuni unutmasliklari lozimki, ulardan yer, mol-mulk yoki daromad soligʻi va barcha turdagi undirilgan soliq tushumlari yurtimizning obod, farovon tinch-osoyishta, mudofaa qobiliyatining mustahkam boʻlishiga, taʼlim, sogʻliqni saqlash kabi sohalarga yoʻnaltiriladi. Barchani Asosiy Qonunimiz qabul qilingan kunning 30 yilligi bilan tabriklayman.
Behzod YOʻLDOShEV,
tuman Davlat Soliq inspektsiyasi xodimi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶