01.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
01.10.2026, 07:34
Jamiyat 👁 236

QOʻRIQLASh BOʻLIMI TOMONIDAN 182 TA XALQ XOʻJALIGI OBʼEKTLARI, 53 TA XONADON IShONChLI QOʻRIQLANMOQDA

QOʻRIQLASh BOʻLIMI TOMONIDAN 182 TA XALQ XOʻJALIGI OBʼEKTLARI, 53 TA XONADON IShONChLI QOʻRIQLANMOQDA

Milliy gvardiyaning Amudaryo tumanidagi Qoʻriqlash boʻlimi oʻz faoliyatiga doir vazifalarni masʼuliyat va izchillik bilan amalga oshirib kelmoqda. Boʻlim xodimlari jismoniy va yuridik shaxslar mol-mulki hamda obʼektlarini ishonchli qoʻriqlash bilan birga hududlarda jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklarni profilaktika qilish va ularga chek qoʻyish, qoʻriqlanadigan obʼektlarni nazoratdan oʻtkazish va obʼekt ichki rejimlarini taʼminlash kabilarni ham sidqidildan bajarishmoqda.

Amudaryo tumani Qoʻriqlash boʻlimi tomonidan qoʻriqqa olingan obʼektlar soni yanada ortib, xalq xoʻjaligi obʼektlari 182 taga, fuqaro xonadonlari 53 taga yetdi. Boʻlimda harbiylashtirilgan soqchilar tomonidan qoʻriqlanayotgan obʼektlar soni oʻtgan yilning shu davriga taqqoslanganda, 1 tadan 3 taga oshirildi. Hozirgi kunda barcha obʼektlar Boʻlimdagi texnik qoʻriqlash markazi tomonidan ishonchli qoʻriqlanmoqda.

Tuman hududidagi 87 ta umumtaʼlim maktablaridan 28 tasi, 51 ta maktabgacha taʼlim muassasalaridan 18 tasiga shartnoma asosida xizmat koʻrsatilmoqda. Shuningdek, maktabgacha taʼlim muassasalarida mayda tashmachiliklarning oldini olish maqsadida tashkilot xodimlariga huquqiy tushunchalar berish bilan birga mazkur muassasalarda taktik-amaliy oʻquv mashgʻulotlari oʻtkazilib borilmoqda. Maʼmuriy huquqbuzarliklarning oldini olish maqsadida tumandagi mahallalar va qator idora-tashkilotlarda ham muntazam ravishda targʻibot ishlarini oʻtkazish yoʻlga qoʻyilgan. Aytish kerakki, qoʻriqlash xizmatining samaradorligini oshirish, qoʻriqdagi obʼektlar sonini koʻpaytirish va mayda tashmachilik holatlarining oldini olish, qoʻriqlash xizmatining afzalliklarini tushuntirish borasida qator targʻibot-tashviqot ishlari amalga oshirildi.

Oʻtgan 2022-yil 2 nafar fuqaro sodir qilgan huquqbuzarligi uchun maʼmuriy javobgarlikka tortildi. Shuningdek, tuman Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boʻlimi xodimlari bilan hamkorlikda olib borilgan tadbirlar natijasida noqonuniy ravishda ov qilish holati aniqlangan. Bu boʻyicha ham maʼmuriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan va javobgarlarning har biriga eng kam ish haqining 5 baravari, yaʼni 1 mln. 350 ming soʻm miqdorida jarima belgilangan.

Xizmatga jalb etilgan xodimlarning jangovar shayligini oshirish hamda favqulodda holatlar sodir boʻlganda huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikdagi harakatlarni muvofiqlashtirish maqsadida shu paytga qadar 52 marotaba amaliy-taktik oʻquv mashgʻulotlar oʻtkazildi. Undan tashqari, tumandagi Sport maktabi bilan hamkorlikda belgilangan rejalar asosida tashkil qilingan sportning kamondan otish, ot sporti, qoʻl jangi, kurash sektsiyalari faoliyat yuritib kelmoqda.

Sport maktabida mazkur sport turlari boʻyicha oʻquv-amaliy mashgʻulotlar oʻtkazilib, ularda Boʻlim xodimlari bilan bir qatorda tuman yoshlarining ham ishtiroki taʼminlanmoqda. Mashgʻulotlarda ishtirok etgan uyushmagan yoshlar soni 514 nafarni, maktab oʻquvchilari soni 846 nafarni tashkil qiladi.

Shu oʻrinda Boʻlim xodimlari tuman va Respublika miqyosida oʻtkazilib kelinayotgan turli tanlovlarda namunali ishtirok etib, xizmat vazifasini oʻtash davrida fidoyilik koʻrsatib, barchaga oʻrnak boʻlib kelayotganini ham aytib oʻtish joizdir. 2022-yil 20-27-oktyabr kunlari Boʻlim xodimi safdor Farid Jumabayev Toshkent shahrida respublika boʻyicha oʻta muhim va toifalangan obektlar oʻrtasida oʻtkazilgan koʻrik-tanlovda faol qatnashib, faxrli 1-oʻrinni qoʻlga kiritdi va «Eng yaxshi qoʻriqlash xodimi» nominatsiyasi boʻyicha mintaqaviy bosqich gʻolibi deb topildi. 2022-yil 29-aprel kuni safdor Farid Jumabayev huquq-tartibot idoralari xodimlari oʻrtasida sportning triatlon turi boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi «Dinamo» jismoniy tarbiya va sport qoʻmitasi birinchiligida ishtirok etib, faxrli 2-oʻrinni egalladi. Shuningdek, 2022-yil 23-aprel kuni safdor Jasur Erimbetov toifalangan obʼekt boʻlgan Qipchoq panton koʻprigida xizmat faoliyatini olib borayotgan paytida joniga qasd qilmoqchi boʻlib, oʻzini daryoga tashlagan ayolni xavf-xatarga qaramasdan, suvga tushib qutqarib qoldi.

Qoʻriqlash boʻlimi xodimlari tomonidan kecha-yu kunduz tuman hududida aholi xavfsizligini taʼminlash, bezorilik, oʻgʻirlik, janjal-toʻpolon kabi koʻngilsiz hodisalarning oldini olish kabilarga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Oʻz xizmat vazifalarini masʼuliyatni his qilgan holda, astoydil bajarishga harakat qilib, jinoyat va huquqbuzarliklar kamayishiga, el-yurtda tinchlik-osoyishtalik barqaror boʻlishiga munosib hissalarini qoʻshishmoqda.

O.Xudoyberganova.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026