SEMINARDA YeR UChASTKALARINI AJRATISh VA ULARDAN FOYDALANISh TARTIBI TUShUNTIRILDI
Kadastr agentligi Qoraqalpogʻiston Respublikasining tuman boʻlimida sud masʼullari ishtirokida oʻquv-seminar va ochiq muloqot oʻtkazildi.
13-yanvar kuni boʻlib oʻtgan mazkur seminarda Kadastr agentligi tuman boʻlimi boshligʻi A.Saparboyev, boʻlim xodimlari va ushbu xududga yaqin joyda yashovchi fuqarolar ham qatnashishdi. Seminarda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 16-avgustdagi “Yer uchastkalarini ajratish va ulardan foydalanish, shuningdek yerlarni hisobga olish va davlat yer kadastrini yuritish tizimini takomillashtirish munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun xujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonuni bilan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 60-moddasi ikkinchi-toʻrtinchi qismlari, 601-, 68-, 681-, 69-moddalariga kiritilgan oʻzgartish va qoʻshimchalar, ushbu Qonunning mazmun-mohiyati keng tushuntirildi.
Seminar davomida yer uchastkalarini oʻzboshimchalik bilan egallab olish, shu jumladan ushbu yer uchastkalariga nisbatan qonuniy huquqlari mavjud boʻlmagan holda ulardan foydalanish holati fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravari, mansabdor shaxslarga esa ellik baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻlishi, oʻzboshimchalik bilan egallab olingan, ajratilgan yer uchastkasiga tutash boʻlgan va tutash boʻlmagan yer uchastkalarida qurilish ishlarini amalga oshirish fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining bir yuz ellik baravari, mansabdor shaxslarga esa uch yuz baravari miqdorda jarima solishga sabab boʻlishi tushuntirildi.
Shuningdek, sugʻoriladigan yerlarni oʻzboshimchalik bilan egallab olishga yoʻl qoʻymaslik boʻyicha yer egasi, yerdan foydalanuvchi yoki ijarachi tomonidan choralar koʻrilmaganligi, shu jumladan yer uchastkasi oʻzboshimchalik bilan egallab olinganligi fakti toʻgʻrisida vakolatli organlar xabardor etilmaganligi fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravari, mansabdor shaxslarga esa ellik baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻlishi va tegishli qonun hujjatlarda koʻrsatilgan boshqa holatlar boʻyicha ham qonuniy jazo choralari belgilangani aytib oʻtildi.
Ochiq muloqot tarzida oʻtgan seminarda ishtirokchilar oʻzlarini qiziqtirgan boshqa savollarga ham javoblar olishdi.
A.Safarov, Jinoyat ishlari boʻyicha Amudaryo tuman sudi raisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶