DARAXTLARGA OZOR BERMANG!
Orol dengizi haqida oʻqimagan, eshitmagan oʻquvchi topilmasa kerak. Meni doim dengizning nomi qanday kelib chiqqanligi qiziqtiradi. Axir orol soʻzi - suv ichidagi quruqlikni anglatadi-da.
Men hali bu borada biron joʻyali maʼlumot topa olmadim. Lekin Orol dengizi suvining pasayib ketishi oqibatida hududimizda ekologik vaziyat yomonlashayotgani, bu odamlarda, ayniqsa, yosh bolalarda koʻpgina surunkali kasalliklar avj olishiga sabab boʻlayotgani haqida koʻp yozilmoqda.
Maktabimizda ustozlarimiz Orol dengizi qurishi natijasida yuzaga kelgan murakkab ekologik vaziyatning noxush oqibatlarini yumshatish uchun yurtimizda yashil maydonlarni kengaytirishga alohida eʼtibor berilayotgani haqida koʻp taʼkidlashadi, daraxtlarga ziyon yetkazmaslik lozimligini oʻrgatishadi.
Bizning maktabimiz ulkan qatnov yoʻli boʻyida.Yoʻldan mashinalar koʻp oʻtadi. Biroq yoʻl boʻyiga, maktabimiz atrofiga daraxtlar, gullar koʻp ekilgani bois, bizga yoʻldagi mashinalar qatnovidan koʻtarilgan chang deyarli sezilmaydi.Maktabimiz atrofi yoz kunlarida ham salqin boʻlib turadi. Biz oʻquvchilar buni chuqur his qilib, ustozlarimizning dov-daraxtlarning foydasi haqidagi gaplari juda toʻgʻri ekanligiga amin boʻlamiz. Ha, yashil daraxtlar, butalarni payhon qilmang, asrang, tengdoshlar!
Manzura MADRAHIMOVA, 76-sonli maktab oʻquvchisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶