"HAZRAT BOBUR, SIZGA EHTIROM" MAVZUSIDA TADBIR OʻTKAZILDI
Shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludiga 540-yil toʻlishi munosabati bilan 13-sonli maktabda "Hazrat Bobur, sizga ehtirom" mavzusida tadbir oʻtkazildi.
Tadbirda oʻquvchilar shoirning gʻazal, ruboiylaridan namunalar oʻqidilar, shoir gʻazallari bilan aytiladigan qoʻshiqlarga raqs ijro, sahna koʻrinishlari namoyish etdilar.
Ulugʻ Bobur Mirzo umri davomida beorom tunlarni, behalovat kunlarni, jon qarindoshlarining adovati-yu dushmanlarining fitnalarini, xalqning muhabbat-u isyonlarini boshdan kechirdi.
Shunday hayot tarzida ham oʻz qalbi pokligini, insoniyligini, mehribon farzand va ardoqli umr yoʻldoshligini, ishonchli doʻst-u donishmand ota ekanini namoyish eta oldi.
Shunday ekan, sizlarni ham ulugʻ sarkarda, benazir ijodkor, chinakam inson, adolatpesha va tadbirli shoh bobomizga munosib avlod boʻlib yashashga chorlab qolamiz.
Aziza Ahmedova, shu maktab oʻqituvchisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶