01.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
01.10.2026, 01:24
Jamiyat 👁 365

Muddatli harbiy xizmatga chaqiriluvchilar va ularning ota-onalari ishtirokida uchrashuv oʻtkazildi

Muddatli harbiy xizmatga chaqiriluvchilar va ularning ota-onalari ishtirokida uchrashuv oʻtkazildi

Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safini har tomonlama yetuk, sogʻlom, jismonan baquvvat, intellektual salohiyatli chaqiriluvchilar bilan butlash, chaqiriluvchilar ongida milliy gʻurur, ona yurtga sadoqat va vatanparvarlik toʻygʻusini kuchaytirish maqsadida Amudaryo tumani Mudofaa ishlari boʻlimi tomonidan samarali ishlar amalga oshirilmoqda.

13-fevral kuni tuman Madaniyat boʻlimi binosida Amudaryo tumani Mudofaa ishlari boʻlimi shaxsiy tarkibi, tuman tibbiy komissiyasi shifokorlari, hamda hamshiralari, ovul va mahalla fuqarolar yigʻinlarining harbiy hisob mutaxassislari ishtirokida boʻlib oʻtgan yigʻilishda 2023-yilgi chaqiruv mavsumida muddatli harbiy xizmatga saralab olingan chaqiriluvchilar va ularning ota-onalari ishtirok etishdi.

Yigʻilishda “Muddatli harbiy hizmatning belgilangan muddatini oʻtab boʻlgan fuqarolarni xizmatdan boʻshatish hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlariga navbatdagi chaqiruvni oʻtkazish toʻgʻrisida”gi, “Fuqarolarni muddatli harbiy va muqobil xizmatlarga chaqirish, safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatga olish boʻyicha komissiyaslar foliyatini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi” qarorlarning mazmun-mohiyati keng tarzda tushuntirildi.

Shuningdek, yigʻilish davomida Amudaryo tumani mudofaa ishlari boʻlimi boshligʻi, podpolkovnik Sherzod Murodov chaqiriluvchilarning jismoniy tayyorgarligi, fikrlash qobiliyati, taffakuri, fidoiyligi, qiziqishlari va boshqa xususiyatlarini inobatga olgan holda, ular butlash komissiyasi tomonidan qoʻshin turlarining qay biriga tayinlanishi haqida batafsil maʼlumot berib oʻtdi.

Shuningdek, 2023-yilgi chaqiruvni sifatli oʻtkazish yuzasidan chaqiruv yoshidagi fuqarorlarni muddatli harbiy xizmatga chaqirilishini tashkil etish, chaqiriluvchilarning sifatli va xolisona tibbiy koʻrikdan oʻtkazilishi, ularning maʼnaviy-ruhiy fazilatlarini va intelektual rivojlanish saviyasini qonunchilikda belgilangan harbiy-kasbiy mezonlarga muvofiq ravishda oʻrganib chiqilishini va hududiy komissiya aʼzolarining samarali ishlashini tashkil etish maqsadida komissiya aʼzolariga zarur shart-sharoitlar yaratib berilishini taʼkidlab oʻtdi.

Yigʻilishda tuman Ichki ishlar boʻlimi boshligʻi oʻrinbosari, hududiy komissiya aʼzosi Ilhom Abutov chaqiriluvchilar chaqiruv qogʻozini olib, belgilangan vaqt ichida tuman mudofaa ishlari boʻlimiga sababsiz kelmagan taqdirda birinchi maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilishini va qayta sodir etsa, jinoiy javobgarlikka tortilishi boʻyicha tushintirishlar berib, Vatan oldida xizmat qilish har bir yigitning muqaddas burchi ekanligini aytib oʻtdi.

Undan tashqari, yigʻilishda chaqiriluvchilarning qoʻshin turlariga tanlab olinishida oʻtkaziladigan suhbatlarning shaffoflik va oshkoraligini taʼminlash yuzasidan Amudaryo tumani mudofaa ishlari boʻlimi huzuridagi butlash komissiyasi raisi, mayor Rustam Tursunov maʼlumot berdi.

Jumladan, chaqiriluvchilarni muddatli harbiy xizmatga joʻnatish va ulurning tibbiy koʻrik natijalariga koʻra komandalarga tayinlanishi, chaqiriluvchining bilim darajasini baholash, harbiy xizmat muddatini oʻtab boʻlgan harbiy xizmachilarga beriladigan imtiyozlar, yaʼni oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish, shartnoma asosida harbiy xizmatchi boʻlib ishlash tartibi toʻgʻrisida tushuntirib oʻtildi.

Chaqiriluvchilarni hududiy tibbiy komissiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida esa hududiy tibbiy komissiya katta shifokori Rustam Jumaniyozov maʼlumot berdi. Taʼkidlanishicha, bugungi kunda chaqiriluvchilarning aksariyatida yassi oyoqlik muammosi uchramoqda. Shifokor tomonidan yassi oyoq muddatli harbiy xizmat davrida qanday oqibatlarga olib kelishi batafsil tushuntirib oʻtildi.

Uchrashuvda chaqiriluvchilar va ularning ota-onalari oʻzlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, tegishlicha javoblar olishdi.

Tuman hokimligining Axborot xizmati.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026