01.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
01.10.2026, 01:24
Jamiyat 👁 455

Sobiq Afgʻon urushi jangchilari holidan xabar olindi

Sobiq Afgʻon urushi jangchilari holidan xabar olindi

Oʻtgan asrning oxirlarida Afgʻonistonda 20-yildan ortiq vaqt davom etgan oʻzaro ichki urush-nizolarda sobiq ittifoq tarkibida boʻlgan Oʻzbekistonimizdan ham minlab yosh yigitlar ogʻir sharoitlarda urushga kirishgan.

Jumladan, Qoraqalpogʻiston Respublikasida 2366 nafar Afgʻon urushi qatnashchisi boʻlib, shundan 89 nafari urush davrida halok boʻlgan. Afgʻon urushida ishtirok etib, urush asoratlari azoblarini tortib yashayotgan amudaryolik yigitlar ham koʻpchilikni tashkil qiladi.

Ular oʻzaro tez-tez uchrashib, bir-biridan xabar olib turishadi, yaxshi kunlarda bir-birini yoʻqlab, dorilomon kunlarda yashayotganidan birga quvonishadi.

Yaqinda tumanning Oq oltin ovulida istiqomat qiluvchi Muxtor Yusupovning xonadoniga Oʻzbekiston “Veteran” jangchi faxriy va nogironlar birlashmasining Qoraqalpogʻiston boʻlimi Amudaryo tumanidagi vakili Bahodir Jumaniyozov hamda uyushma aʼzolari tashrif buyurishib, Afgʻon urushi qatnashchisining holidan xabar oldilar.

Qadrdonlar toʻkin dasturxon atrofida ishlari, oilasi haqida, mashʼum afgʻon urushi xotiralari haqida suhbatlashdilar. Urushda birga ishtirok etgan quroldoshlari, yurtimizga qaytgach, urush asoratlari tufayli bemavrid hayotdan koʻz yumgan doʻstlarini esga oldilar. Sobiq askarlar bugungiday osuda, tinch hayotda yashayotganiga shukronalar aytdilar.

Mehr-oqibat, doʻst-birodarlik rishtalari mustahkam bogʻlangan qadrdonlar diydori har biriga olam-olam quvonch baxsh etdi. Bu bejiz emas. Ularning afgʻon tuprogʻida inson aqli bovar qilishi qiyin boʻlgan qonli janglarda ishtirok etishi va eson-omon oʻz oilasi bagʻriga qaytishi har birini bugungiday tinch-osoyishta kunlarni qadrlashga chorlaydi.

Muxtor Yusupov Afgʻon urushi vaqtida oʻzi singari qanchadan qancha oʻzbek yigitlarining ayanchli taqdirini kechagidek eslaydi. U 1981-yil 1-aprel kuni harbiy xizmatga junaydi. U hamda uning safdoshlari toʻgʻri Nukus aeroportidan Turkamistonning Qizilrabot deb nomlangan hududida, undan keyin Qozonjiq hududida jangavor tayyorgarlikdan oʻtkaziladi.

Shundan soʻng, ular 1981-yilning 14-aprel kuni Afgʻonistonga − rutubatli jang maydoniga joʻnab ketishadi. Afgʻonistonda xizmat qildi va inson zoti chidashi qiyin boʻlgan ogʻir sharoitlarda urushda qatnashdi.

Kelganidan soʻng, dastlab kalxozda ishchi sifatida undan keyin Qoratov zavodida payvandlash ustasi boʻlib ishlaydi. Muhtor Yusupov yaqindagina nafaqaga chiqdi. Bugungi kunda uning 3 qiz, 1 oʻgʻli bor. Farzandlarining barchasini kasbli-korli, uyli-joyli qilgan.

Shu kuni Oʻzbekiston “Veteran” jangchi faxriy va nogironlar birlashmasining Qoraqalpogʻiston boʻlimi Amudaryo tumanidagi vakili Bahodir Jumaniyozov hamda uyushma aʼzolari Jumurtov shaharchasida yashovchi, yana bir Afgʻon urushi qatnashchisi Anvar Baltabayevning xonadonida boʻldilar.

 U ham boshqa safdoshlari singari harbiy xizmatni urush maydonlarida oʻtadi. Anvar Baltabayev goh yerdan, goh osmondan samolyotlar orqali yogʻilayotgan oʻqlar, bombalardan necha-necha safdoshlari parchalanib ketib halok boʻlganiga guvoh boʻladi. Uning tolei kulgani shuki, harbiy xizmat muddatini eson-omon oʻtab, yurtimizga qaytdi.

Hozirgi kunda oʻz mehnatlari bilan oʻz oila qoʻrgʻonini obod etib, umr yoʻldoshi, farzandlari, kelinlari, nevaralari ardogʻida yashayotgan sobiq afgʻonchi jangchi. U urush asoratlari sogʻligʻiga jiddiy shikast yetkazgan boʻlsa-da, hech nolimaydi. Qancha doʻstlarining murdasi temir tobutlarda qaytgan, qancha doʻstlarining hatto jonsiz tanasi ham qaytmagan oʻsha bemaqsad urushdan sogʻ-omon ota-onasi oldiga kelganidan, nasibasi yurtimizga qoʻshilganidan quvonadi, tinmay shukronalar aytadi.

Quroldosh doʻstlar davrasida ham bunday hayotiy xulosalar tez-tez tilga olinadi. Bir-biriga dalda berishadi, sogʻliq tilashadi, sogʻ-omonlikda diydorlashganidan xursand boʻlishadi. Yurtimizda afgʻon urushi ishtirokchilariga berilayotgan eʼtibor, gʻamxoʻrliklardan mamnun boʻlishadi.

Tuman hokimligining Axborot xizmati.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026