30.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
30.09.2026, 19:04
Maqolalar 👁 262

YaXShINING IZIDA QOLGAN BARAKA

YaXShINING IZIDA QOLGAN BARAKA

(Boʻlgan voqea)
Umr boʻyi dalada ishlab, fermer xoʻjaligida traktor haydagan Saʼdulla ota nafaqaga chiqqach, xuddi hayotdan ajralib qolganday, oʻzini goʻyo keraksiz odamday his qildi. Aslida-ku atrofi toʻla nevara-chevara, koʻchaga chiqsa, qoʻni-qoʻshni, mahalla-koʻy, deganday, koʻnglini koʻtarguvchi oshna-ogʻaynilari koʻp. Shunday boʻlsa-da, baribir bekor oʻtirgisi kelmadi, keng uyiga sigʻmay qoldi, dalani sogʻindi. Ana shu sogʻinch hissi bilan oʻzi 40-yil traktor haydagan, paxta ekkan dalalar tomon yoʻl oldi.
Sertuproq dala yoʻli boʻylab ketarkan, yoʻlning ikkala tarafida anchagina yer boʻsh yotganiga razm soldi. Buni avval hech payqamagan ekan, yoʻlning har ikki tarafida 40-50 metr atrofidagi yerni oqbosh va yantoq bosib yotibdi. Yaqindagina  tozalangan, sal naridagi ichki yopning atrofi ham boʻmboʻsh. Saʼdulla  ota quvonib ketdi. Bugunoq fermer xoʻjaligi rahbari bilan gaplashadi, shu yerlarni obod qiladi!
Uzoqdan dala yoʻlini changitib yengil mashina koʻrindi. Saʼdulla otani koʻrgan haydovchi uning yonidan oʻtib ketmay, mashinani toʻxtatdi:
- Saʼdulla ogʻa, traktorning xumori tutdimi? – fermer xoʻjaligi ish yurituvchisi mashinadan tusharkan, hazillashdi.
- Hovva, Bekmurod, traktorning ham, ishning ham xumori tutdi, - goʻyo yillar davomida uchrashmagan qadrdonlar kabi Bekmurodga quchogʻini ochdi ota.
- Voh-ha, ishning xumori, deng, kampirning yonida choyni shopiri-ib, mazza qilib keksalik gashtini surmaysizmi, shuncha yil ishlab ham ishga xumorligingiz qolmabdi-da!
- Seni koʻrganim yaxshi boʻldi, - haligina koʻnglidan oʻtkazgan oʻylarini Bekmurodga toʻkib soldi, - mana bu yerlarni qara oʻgʻlim, tilla-ya, tilla! Uning uvoli tutmaydimi, boʻsh yotibdi. Yoʻlning ikki tarafini oʻzlashtirib, bir tomonini bogʻ, bir tomonini terakzor, tutzor qilsak.
- Saʼdulla ogʻa-yey, nima qilasiz, oʻzingizga mashaqqatli mehnatni sotib olib. Fermer ogʻam – Zarifboy rozi boʻlarmikan?
- Rozi boʻladi, Zarifboy jamiyatga foydasi tegadigan ish boʻlsa, doimo qoʻllaydi. Har yili qancha ehtiyojmand oilalarga yordam koʻrsatadi, baraka topsin. Bekmurod “oʻzingiz bilasiz”, deganday qoʻlini bir siltadi-yu, mashinasiga oʻtirib, ketdi-qoldi.
- Bu bola gʻalati-ya, - oʻziga oʻzi dedi Saʼdulla ota, - biron reja haqida soʻz ochsang, xuddi ogʻirligi oʻziga tushayotganday, xushlamaydi, tavba.
Shu kuni kechqurun Saʼdulla ota Zarifboynikiga oʻtib, rejasi haqida soʻz ochdi.
- Yaxshi oʻylabsiz, - quvonib ketdi. Zarifboy, - mana, qancha yordam kerak boʻlsa, mendan, ertagayoq ishga kirishavering.
Saʼdulla ota tuni bilan qiladigan ishlari haqida xomaki rejalar tuzdi, qancha mevali daraxt, qancha terak qalamchasi-yu tut koʻchatlari keraakligini taxminiy hisob-kitob qildi. Birinchi pensiya pulini olgan kuni nevarasi bilan bozorga chiqib, keragicha mevali daraxt koʻchatlarini sotib oldi. Fermer xoʻjaligi raisi Zarifboyning qoʻllab-quvvatlovi bilan dala yoʻlining ikki tarafidagi bir chaqirim qismiga tegishli yerni oqbosh va yantoqdan tozalab, shudgor qildirdi, yerni nevaralari bilan bir tekis kenglikda egatlar oldi. Kech kuz payti boʻlsa-da, havo ancha iliq boʻlgani uchun sovuq tushmasidan koʻchatlarni ekish taraddudiga tushdi.
Saʼdulla otaning shaxdini koʻrgan Zarifboy fermer xoʻjaligi ishchilarini ham otaga yordam berish uchun koʻchat oʻtqazish ishlariga jalb etdi. Koʻchat oʻtqazib boʻlingach, Saʼdulla ota ishchilarga:
- Bu bogʻ hammamizniki, el-yurtniki, - dedi quvonch bilan.
- Oʻh-hoʻ, xoʻjalikning shuncha texnika-yu ishchisini ishlatib-ishlatib-a!
Koʻchat ekish ishlari tugagan paytda paydo boʻlgan Bekmurodning bu gapiga hech kim eʼtibor qilmadi-yu Saʼdulla otaning koʻnglidan: “bunchalik feʼling tor boʻlmasa”, - degan oʻy oʻtdi.
Erta bahorda Saʼdulla ota nevaralari bilan yoʻlning ikkinchi tarafiga tez oʻsuvchi terak qalamchalarini ekib, suv taradi. Oradan besh-oʻn kun oʻtib, kuzda ekilgan koʻchatlar ham, terak qalamchalari ham kurtaklay boshladi. Har kuni nihollarga parvona, daladan beri kelmay qolgan Saʼdulla otaga bir kuni katta oʻgʻli Hidoyat:
- Ota, - dedi qandaydir tashvishli ohangda, - shu, dalaga chiqmasangiz, degandim.
- Omonlikmi, bolam, mening hech kimga ogʻirligim tushmasa, - hayron boʻldi otaxon.
- Bekmurod ogʻa koʻpchilikning oldida otangni baqaolmayapsanmi, fermerning yeriga koʻz olaytirayapsanlar, degan gaplar bilan…
Saʼdulla ota bir zum sukut saqladi. “Yo tavba, men birovdan haq soʻradimmi? Otasi shunday feʼli tor edi-ya, oʻgʻliga ham nuqsi uribdi-da”, - degan oʻy kechdi koʻnglidan. Lekin oʻgʻliga sezdirmadi.
- Kim nima desa, deyaversin, men xalq uchun shu ishga qoʻl urdim, menga qolsa yuz nafar Bekmurod yoʻlimni toʻsmaydimi, ortga  qaytmayman. Ikkinchi marta koʻchadan uyga bu tariqa gap olib kelma!
Shu boʻldi-b, Hidoyat otasiga  boshqa bunday gap qilguvchilar haqida gapirmadi. Bekmurod va unga oʻxshagan bir-ikki vaysaqilar bilan aytishib ham oʻtirmadi. Aksincha, fermer xoʻjaligi rahbari Zarifboyning  koʻmagi bilan mevali daraxt koʻchatlari orasiga qovun-tarvuz, qovoq ekishda  otasiga koʻmaklashdi. Oʻsha yili kuzga borib qovun-tarvuz ham, qovoq ham rosa yetildi. Hosil yigʻilgan kuni Saʼdulla ota xoʻjalik ishchilariga rasamadi bilan qovun-tarvuz, qovoq ulashdi.
- Bunaqasi ketmaydi, - dedi  ishchilarga tarqatilgan qovun-tarvuz, qovoq uyumlarini koʻrgan ish yurituvchi Bekmurod. – Bu yer uchun qancha texnika-yu ishchi kuchidan foydalanildi, oʻgʻit, suv-puv uchun nasos xarajatlari, deganday. Hosildan ana shu xarajatlarni chegirib, keyin ishchilarga…
- Nafsingni tiy! – Bu gal Saʼdulla otaning jahli chiqdi. – Qaysi xarajatga joning achishayotir? Yer haydashdan tortib, ekin-tikingacha oʻz hisobimdan, qolaversa, Zarifboyning tashabbusi bilan amalga oshirildi. Sening gʻiybatlaring uchun hosildan chegiraylikmi yo?
Xoʻjalik ishchilari Saʼdulla otaning bu gapidan soʻng, baravar kulib yuborishdi…
Oradan vaqt oʻtib, mevazor bogʻ ham hosilga kirdi, terak qalamchalari osmonga boʻy choʻzib, dala yoʻliga soya, fayz berdi. Mevalar gʻarq pishganida Saʼdulla ota xoʻjalik ishchilarini har gal bogʻiga chorlaydi, mahalladoshlari bilan bogʻ neʼmatlarini birga baham, koʻradi.
Bir gal, qish pallasi edi. Boʻsh qoʻyilgan qoramollar mevazor bogʻga tushmasligi uchun atrofini ihotalash maqsadida bogʻiga yoʻl oldi. Osmonga boʻy choʻzib, imoratga toʻsin boʻlishga yarab qolgan terakzorga koʻzi tushib, quvonib ketdi... “Mahallada uy-joy qurayotgan ehtiyojmand oilalar bor, shu bahorda yirik-yiriklarini chopib, oʻshalarga xayriya qilamiz”, – oʻyladi u. Terakzorning bu boshidan kirib borarkan, har joy-har joyida katta-katta teraklar chopib ketilganini koʻrib, hayron boʻldi. “Oʻgʻri doribdi, shekilli, - oʻyladi otaxon, - xalqning mulkiga-ya?” U yuzlab teraklar saf tortgan qatorlarni oralab, kamida 50-60 tup terak chopib olinganini aniqladi. Oʻgʻrilar shunday pala-partish ishlashganki, terakzorning u boshidan-bu boshigacha ortiqcha shox-shabbalar betartib sochilib yotardi. Negadir: “Bekmuroddan boshqa hech kim bu ishni qilmaydi, chetdan kattaroq oʻgʻrilar guruhi kelgan boʻlsa, tagʻin bilmadim”, - degan gumonga bordi u. Axir bir kun avval hammasi joyida edi-da.
Saʼdulla ota toʻgʻri Zarifboy fermerga uchrashdi.
- Qoʻysangiz-chi, - ishonmadi Zarifboy hayratlanib, - 50-60  tup terakni oʻgʻri urib ketadi-yu hech kim bilmaydimi?
Baribir Zarifboy profilaktika inspektori bilan qoʻngʻiroqlashib, vaziyatdan xabardor qildi.
Maʼlum boʻlishicha, kecha kechqurun, qor yogʻib turgan paytda Bekmurod 10-15 chogʻli odam bilan kelib, teraklarni yogʻoch kesuvchi uskuna bilan qirqib olib ketibdi.
Zarifboy ham hayratlandi, ham jahli chiqib, vaziyatni aniqlashtirish uchun ish yurituvchini chaqirtirdi.
- Men oʻz haqimni oldim, - dedi u koʻzlarini chaqchaytirib. – Baribir Saʼdulla ogʻa hammaga taqsimlab beradi.
- Shunga aqling yetibdi-yu bu ishing oʻgʻirlik, xalq mulkiga xiyonat ekaniga aqling yetmabdi. Shu soxt-sumbating bilan shu ishni qilgani uyalmadingmi-a? Hayf, senday yigitga, tagʻin erkak emish!
Saʼdulla ota jahl bilan yerga tupurdi. Bu xuddi Bekmurodning yuziga tushganday, seskanib ketdi. Atrofda hozir boʻlgan fermer xoʻjaligi ishchilari, Zarifboy, yana bir necha yosh bolalar unga nafrat bilan qarab turishardi.
Shundan soʻng Zarifboy oʻgʻirlangan teraklarni muhtojlarga undirib berib, Bekmurodni ishdan boʻshatib yubordi. Saʼdulla ota esa oʻzi reja qilganiday yetilgan teraklarni mahalladagi imorat qurayotgan ehtiyojmand oilalarga taqsimlab berdi.
Hozir Saʼdulla ota oramizda yoʻq. Lekin u obod etgan dala yoʻlining ikki chekkasidagi mevazor bogʻ va terakzor hosilidan hamon el-yurt bahramand. Yaxshining izlarida barakali ishlar davom etaveradi, deganlari shu-da.


Robiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026