02.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
02.10.2026, 05:36
Jamiyat 👁 261

Abu Rayhon Beruniy tavalludining 1050 yilligiga BOBOMIZ QOLDIRGAN MEROS

Abu Rayhon Beruniy tavalludining 1050 yilligiga BOBOMIZ  QOLDIRGAN  MEROS

Koʻhna zaminimizda qanchadan-qancha ziyolilar, buyuk mutafakkirlar, allomalar, olim-u ulamolar, shoir-u donolar dunyoga kelishgan, ijod qilishgan, ona Vatanimiz dovrugʻini jahonga tanitgan buyuklar Vatanidir bu. Ana shunday Alloh bergan buyuk ajdodimiz – Beruniy bobomizdir.

Prezidentimizning 2022-yil 25-avgustdagi Qaroriga koʻra, xalqimiz ming yillab kutgan orzu-armonlar amalga oshishi uchun zamin yaratildi – buyuk qomusiy olim  Abu Rayhon Beruniy tavalludining 1050 yilligi keng nishonlanadigan boʻldi. Shunga asosan Beruniy merosini oʻrganish boʻyicha xalqaro yoʻnalish belgilanib, 2023-yil oxirigacha  Qoraqalpogʻiston Respublikasi Beruniy tumanida Abu Rayhon Beruniy majmuasi qurilishi, alloma ilmiy-ijodiy merosiga mansub qoʻlyozma va boshqa madaniy boyliklar restavratsiya qilinishi, oʻquvchilar oʻrtasida Xorazm viloyatida tegishli fan boʻyicha xalqaro fan olimpiadasi  oʻtkazilishi, shuningdek, Abu Rayhon Beruniy nomidagi xalqaro mukofot taʼsis etilishi  kabi muhim jarayonlar ilm va ijod ahli tomonidan  mamnunlik, faxr-u iftixor bilan kutib olindi.

Kechagidek esimda, 90-yillarning boshida Beruniy tuman gazetasida faoliyat yuritayotgan kezlarim edi. Shaharning diqqatga sazovor joylarini aylanish maqsadida shundoqqina markazdagi Beruniy xiyobonida boʻldik. Alloma byustini ziyorat qilib, oʻzining betimsol bilimi bilan dunyoni lol qoldirgan olim tugʻilib-oʻsgan Kat qalʼasida  uning hayoti va ijodini aks ettiruvchi birorta joʻyali narsa topa olmadim. Bilim maskanlarida ham asarlari, eksponatlariga koʻzim tushmadi. Yoshlar deyarli olim haqida bilimga ega emas edi. Oʻsha davr uchun bu, albatta, tabiiy holat. Yoshlarda ayb yoʻq. Ayb totalitar tuzumda, mustamlakachilik zamonida. Qani edi, olimning kindik qoni tomgan goʻshasida  moʻʼjazgina muzey boʻlsa-yu, Abu Rayhon Beruniy hayoti va ijodi haqida soʻzlab tursa, manguga... mangulikka daxldor faxrimiz haqida... deb orzuladim.

Bu haqda “Oʻzbekiston ovozi” gazetasida kattagina chiqish qildim. Yillar oʻtdi, farzandlik burchim yangligʻ bu orzu koʻnglimning tub-tubida qolib ketdi, unutildi.

Bugun esa Prezidentimiz tomonidan qabul qilingan Qaror  mening olis xotiramni uygʻotdi. Beruniy bobomizga boʻlgan hurmat-eʼtiborni yanada oshirdi. Beruniy aniq va tabiiy fanlarga oid 182 ta asarini bizga meros qilib qoldirgan. Uning 18 tasi astronomiya, 15 tasi geografiya, 5 tasi astronomik uskunalar va ulardan foydalanish, 4 tasi yorugʻlik nurini kuzatishga, 5 tasi vaqtni hisoblash va aniqlashga, 5 tasi yulduzlarga, 7 tasi astrologiyaga, 14 tasi optika faniga oid asarlar boʻlgan. Qizigʻi shundaki, bu asarlarning 30 ga yaqini bizgacha yetib kelgan. Asarlarining asl qoʻlyozma nusxalari turli chet el kutubxonalarida, jumladan Tehron va Turkiya kutubxonalarida saqlanmoqda. Allomaning 300 ga yaqin qoʻlyozmasi Turkiyaning Sulaymoniya kutubxonasida mavjud. Uning mashhur  “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar”, “Hindiston” asarlarini bugun koʻpchilik yaxshi bilishadi. Beruniy yerning shar shaklida ekanligini isbotlab bergan birinchi olimdir. U “Hindiston” asarida  "Quyosh koʻrinmay qolishining sababi yerning yumaloqligidadir. Agar yer yumaloq boʻlmaganda yoz va qishda kun va tun har xil boʻlmas edi. Yerning choragi maʼmuradir. Maʼmurani gʻarb va sharq tomonidan Atlantika va Tinch okeani oʻrab turibdi. Bu okean yerning obod qismini dengizlardan, narigi tomondan gʻarb va sharqdan ajratib turibdi" deb yozgan. Allomaning bu fikrlari XV asrdan boshlab yuzaga kelgan buyuk geografik kashfiyotlarga asos solgan.

Bobokalonimiz Amerikani kashf etgan sayyoh Xristofor Kolumbdan 450-yil burun  Kolumbiya deb nom bergan orolni oʻzining “Hindiston” asarida kashf etgan, isbotlab ham bergan.

Abu Rayhon Beruniy oʻzining jahonni lol qoldiradigan oʻlmas asarlari, kashfiyotlari bilan butun dunyo maʼrifatparvarlari qalbini zabt etgan alloma. Koʻplab mamlakatlar madaniy-maʼnaviy, ilmiy taraqqiyotiga hissa qoʻshgan, olim-u fozillar yetishib chiqishiga zamin yaratgan qomusiy olim. Beruniy –bizning faxrimiz. Sababi u zaminimiz farzandi. Biz uning vorislarimiz.

Ming shukurki, ota-bobolarimiz va biz orzu qilgan kunlar keldi. Beruniy shahrida allomaga bagʻishlangan majmua quriladi. Bobomiz merosi chuqur oʻrganiladi.

Alloma bosib oʻtgan hayot yoʻli ibrat maktabidir. Uning boy ilmiy merosini avlodlar oʻrganib, beruniyzodalar yetishib chiqishiga ishonamiz, albatta.

Ziyoda SADADDINOVA, 41-sonli maktabning

  ijodiy-madaniy masalalar boʻyicha targʻibotchisi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026