15.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
15.08.2026, 18:46
Jamiyat 👁 147

BAYRAM MUNOSABATI BILAN YoShI ULUGʻ ONAXONLAR HOLIDAN XABAR OLINIB, SOVGʻALAR ULAShILDI

BAYRAM MUNOSABATI BILAN YoShI ULUGʻ ONAXONLAR HOLIDAN XABAR OLINIB, SOVGʻALAR ULAShILDI

Ayol azaldan mehr-shavqat, vafo va sadoqat timsoli boʻlib kelgan. Ayol bu eng avvalo moʻʼtabar onadir. Ayol soʻzini eshitishimiz bilan koʻz oʻngimizda ulugʻ va tabarruk onajonlarimiz gavdalanadi. Har bir inson hayotning siru-asrorlari va saboqlari, ezgulik va yaxshilik, pastu-balandini mehru-saxovatli onalardan oʻrganadi. Shu bois bayramlar arafasida keksalik gashtini surayotgan ulugʻ yoshdagi tabarruk onaxonlarga ehtirom koʻrsatish ezgu anʼanaga aylangan.

8-mart – Xalqaro xotin-qizlar bayrami arafasida ham amudaryolik yoshi ulugʻ, umri mehnat maydonlarida oʻtgan va jamiyatga nafi tegadigan oʻgʻil-qizlar oʻstirib, hozirgi kunda esa yoshlarga hayot maktabidan saboq berib kelayotgan aziz onaxonlar holidan xabar olinib, bayram sovgʻalari ulashildi. Bayram bilan tabriklab kelgan masʼullar onaxonlar bilan dildan suhbat qurib, ularga koʻtarinki va bayramona kayfiyat baxsh etishdi.

Tuman hokimi oʻrinbosari, Oila va xotin-qizlar boʻlimi boshligʻi Goʻzal Soburova hamda fuqarolar yigʻini masʼullari Doʻstlik mahallasida istiqomat qiluvchi 90 yoshga yaqinlashgan Oʻrolxon momo Shomurodovani yoʻqlab, uning xonadoniga tashrif buyurdi. Farzandlari, nevaralari va chevaralariga bosh boʻlib kelayotgan onaxon Ikkinchi jahon urushi yillarida front ortida jonbozlik koʻrsatib, fidokorona mehnat qilgan. Oʻrolxon momo bugungi kunda nevara-chevaralar davrasida duogoʻy va maslahatgoʻydir. Tuman hokimi oʻrinbosari Oʻrolxon momo bilan suhbatlashib, 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar bayrami bilan qizgʻin tabrikladi. Tabarruk momoning duolarini oldi va unga sovgʻa-salomlar topshirdi.

Shundan soʻng, Oila va xotin-qizlar boʻlimi boshligʻi Goʻzal Soburova hamda Kuyukkoʻpir ovul fuqarolar yigʻini masʼullari shu hududda yashovchi nuroniy onaxon Sharifa momo Boboniyozovaning xonadoniga tashrif buyurishdi. Ushbu tashrifdan boshi koʻkka yetgan onaxon mehmonlar bilan miriqib suhbatlashdi. Oʻzining ogʻir davrlarda kechgan zahmatli bolalik va yoshlik yillari, paxta dalalarida oʻtgan hayoti, avvalgi va hozirgi sharoitlar, imkoniyatlar haqida soʻzladi. Yoshlarga oʻgit-nasihatlar berib, mana shunday aziz va tabarruk zaminda, ayolini boshida tojdek koʻtargan Vatanda yashayotgani uchun shukronalar aytib duolar qildi. Bayramga bagʻishlangan laparlari, xalq qoʻshiqlaridan kuyladi, sheʼrlar aytdi. Masʼullarning tashrifidan onaxonning koʻngli togʻdek koʻtarilib, kayfiyati chogʻ boʻldi.

Masʼullar Choykoʻl ovulidagi 100 yoshdan oshgan nuroniy Xadicha momo Bekanova holidan ham xabar olishdi. Butun amu elining tabarruk onaxoni boʻlgan Xadicha Bekanova Ikkinchi jahon urushi davrida front orqasidagi mehnat maydonlarida zahmat chekkan. Umrini el xizmati, farzandlar tarbiyasiga bagʻishlagan ushbu onaxon ham bugungi dorilomon kunlarda yashayotganidan baxtli ekanini aytdi. Tinch va osoyishta yurtimizning yanada taraqqiy etishi, dasturxonlarimiz toʻkin-sochinligi va turmushimiz farovonligini Yaratgandan soʻrab duolar qildi. Bayram arafasida yoʻqlab kelishgani va berilgan sovgʻalar uchun masʼullarga minnatdorchilik bildirib, katta rahmat aytdi.

Nuroniy onaxonlar bayram arafasidagi ushbu yoʻqlovlar, oʻzlariga koʻrsatilgan mehr va gʻamxoʻrlikdan koʻngillari togʻdek koʻtarilib, nihoyatda mamnun boʻldilar.

Ozoda Xudoyberganova.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019