02.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
02.10.2026, 03:43
Siyosat 👁 254

Olmazor mahallasida tuman hokimining yoshlar bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi

Olmazor mahallasida tuman hokimining yoshlar bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi

Bugungi yoshlar – mamlakat iqtisodiyoti, siyosiy-maʼnaviy, ijtimoiy va madaniy hayotining ertangi kungi qudratli lokomotivlaridir. Bu haqda Prezidentimiz har galgi uchrashuvlarida ham faxr, ham ishonch bilan taʼkidlashlari bejiz emas. Shu bois, mamlakatimizda yoshlarning bilim olishlari, oʻz qobiliyat va iqtidorlarini amalda namoyon etishlari uchun barcha zarur sharoitlar, imkoniyatlar yaratilgan. Mamlakat rahbaridan tortib, quyi boʻgʻin rahbarlarigacha yoshlar hayotiga oid muammolarni oʻrganish, mavjud muammolarni joylariga chiqqan holda ijobiy hal etishga koʻmaklashish maqsadida oʻtkazilayotgan yoshlar bilan uchrashuvlar, davra suhbatlari samimiy muloqot maydoniga aylanmoqda.

23-mart kuni Amudaryo tumani Olmazor mahallasining maʼmuriy binosida boʻlib oʻtgan uchrashuvda tuman hokimi Sultonboy Yoʻldashev, tuman Xalq qabulxonasi boʻlimi mudiri Erkin Rajabov, tuman hokimi oʻrinbosari Mahmud Shermetov, Yoshlar ishlari agentligi tuman boʻlimi boshligʻi Sardor Ismailov hamda mahallaning faol yoshlari ishtirok etishdi.

Tuman Xalq qabulxonasi boʻlimi mudiri Erkin Rajabov yoshlar uchun imkoniyatlar koʻlami nihoyatda keng ekanligini, bu imkoniyatlardan faqatgina toʻlaqonli ravishda foydalanib, Vatan ravnaqiga hissa qoʻshish lozimligini aytib oʻtdi.

Tuman hokimi Sultonboy Yoʻldashev joriy yilning 30-aprel kuni boʻlib oʻtadigan umumxalq referendumida barcha yoshlarni faol ishtirok etishga chorlab, mazkur siyosiy jarayonning ahamiyati toʻgʻrisida oʻz fikrlarini bildirib oʻtdi. Shuningdek, uchrashuvda yoshlarning bandligini taʼminlash, qoʻshimcha ish oʻrinlarini yaratish, yosh tadbirkorlar safini kengaytirishga qaratilgan muhim chora-tadbirlar belgilanib, shu asosida olib borilayotgani qayd etib oʻtildi.

Shundan soʻng Yoshlar ishlari agentligi tuman boʻlimi boshligʻi Sardor Ismailov yoshlarning murojaatlari imkon qadar bartaraf etilishiini aytib, tumanimizning chekka hududlarida istiqomat qiluvchi yoshlarning muammolari ham sayyor qabul tarzida koʻrib chiqilayotganligini va hech bir murojaat eʼtibordan chetda qolmasligini taʼkidladi.

Tuman hokimi bilan boʻlib oʻtgan uchrashuvda yoshlarning muammo va takliflaridan iborat murojaatlari tinglandi.

Jumladan, mahalla hududida istiqomat qiluvchi faol yoshlardan biri Shahzod Ibodullayev haydovchilik guvohnomasini olish uchun oʻquv kursi xarajatlarini qoplab berilishida, Farida Abdullayeva, Sevara Murodova, Dinora Qurboniyozova, Shohista Sobirovalar esa kontrakt toʻlovining bir qismi toʻlab berilishida amaliy yordam soʻrab murojaat qildilar.

Aksariyat murojaatlar shu yerning oʻzida qanoatlantirilib, qolganlari tez kunda ijobiy hal qilinishi maʼlum qilindi.

Shu oʻrinda aytish kerakki, bugun yoshlar yaratilayotgan har bir imkoniyatdan unumli foydalanishga intilmoqda. Uchrashuv davomida berilgan savollar va bildirilan muammolardan ham bilsa boʻladiki, bugun har bir oʻgʻil-qizning oʻz rejalari va maqsadlari bor. Chunki, davlatimiz tomonidan olib borilayotgan yoshlar siyosati ularni yanada ilhomlantirmoqda.

Tuman hokimligining Axborot xizmati.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026