29.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
29.09.2026, 11:42
Madaniyat 👁 462

ISTEʼDODLI YoShLAR – YuRTIMIZ FAXRI

ISTEʼDODLI YoShLAR – YuRTIMIZ FAXRI

Mamlakatimizda aholi, ayniqsa olis hududlarda istiqomat qiladigan fuqarolarga madaniy dam olish xizmatlari koʻrsatish darajasini oshirish, barcha hududlarda teatr, tsirk va boshqa turdagi ommaviy-madaniy va kontsert tomosha tadbirlarini tizimli ravishda yoʻlga qoʻyish, madaniyat va sanʼat sohasida isteʼdodli yosh ijodkorlarni izlab topish va qoʻllab-quvvatlash, isteʼdodlarini namoyish etishlariga sharoit yaratish borasidagi amalga oshirilayotgan saʼy-harakatlar oʻzining ijobiy natijalarini berayotir. Xususan, chekka hududlarda faoliyat yuritayotgan Madaniyat markazlari toʻgaraklarida faol ishtirok etayotgan yoshlar orasidan turli nufuzli koʻrik-tanlovlar gʻoliblari yetishib chiqmoqda, toʻgaraklar aʼzolari tomonidan turli muhim sanalar, qutlugʻ bayramlar munosabati bilan oʻtkazilayotgan madaniy kontsert tomoshalari tobora keng aholini qamrab olmoqda.

Qangli ovulida joylashgan Qangli Madaniyat markazi xususida ham xuddi shunday fikrlarni bildirishimiz mumkin. Oʻtgan yillar mobaynida markaz toʻgaraklarining iqtidorli ishtirokchilaridan shakllantirilgan badiiy jamoa tumanimiz miqyosida oʻtkaziladigan turli bayram tadbirlarida. Koʻngilochar tomoshalarda ishtirok etishib, chiqishlari xalqimizga manzur boʻlmoqda.

Ayni kunda mazkur madaniyat markaziga Rajabboy Eshboyev rahbarlik qilmoqda. Muassasa oʻz faoliyatini hududdagi 67-, 29-, 39-, 61- va 74-sonli umumiy taʼlim maktablari bilan hamkorlikda tashkil etgan. Ushbu taʼlim maskanlarining oʻquvchi-yoshlari Madaniyat markazida faoliyat yuritayotgan rubob, baxshichilik toʻgaraklari, estrada xonandaligi va gitara toʻgaraklari mashgʻulotlariga faol qatnashib, musiqa va sanʼat sohasida maktablarida olgan bilimlarini mustahkamlab, iqtidorlarini yuksaltirmoqdalar. Olimboy Eshimbetov rahbarligidagi rubob, Davronbek Yendirboyev rahbarligidagi estrada xonandaligi, Alisher Xudoyberganov rahbarligidagi gitara cholgʻusi toʻgaraklarida musiqa va sanʼat sirlarini oʻrganayotgan 40 nafardan ziyod yoshlarning yilning har choragidagi hisobot kontsertiga soha xodimlaridan tashqari ovul aholisi ham ishtirok etadilar va kontsert dasturini tomosha qilib, madaniy hordiq chiqaradilar.

Samandar Abdullayev estrada xonandaligi toʻgaragi aʼzosi, qoʻshimcha rassomlik, baxshichilik toʻgaraklariga ham qatnashadi. 2004-yilda tugʻilgan bu isteʼdodli yigit ikkinchi guruh nogironi boʻlishiga qaramay, oʻz ustida tinmay ishlaydi, koʻp sheʼrlar oʻqiydi va oʻziga maʼqul boʻlganini tanlab, mustaqil kuy bastalab, oʻzi ijro etadi. Koʻnglidagi qoʻshiqqa sigʻdira olmagan his-tuygʻularini, olam rangini boʻyoqlarda aks ettirishga intiladi.

U oʻtgan yili nogironligi boʻlgan yoshlar oʻrtasida oʻtkazilgan “Vatan mening nigohimda” nomli rasmlar tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi. U asosan portret janrida ijod qiladi. Shuningdek tabiat manzaralarini chizishga ham qiziqadi.

Samandar Abdullayev Botir Zokirov nomidagi zamonaviy estrada qoʻshiqchilari tanlovi, “Yagonasan muqaddas Vatan!” qoʻshiqlar tanlovi tuman bosqichida ham muvaffaqiyatli qatnashdi va ijrosi tinglovchilarga maʼqul boʻldi.

U oʻtgan yili umumiy oʻrta taʼlim maktabini tugatdi, biroq oliygoh talabasi boʻlish nasib etmadi. Uning maqsadi sanʼat yoʻnalishida oliy taʼlim olib, yoshlarga oʻrgatishdir.

Uning qiziqishlarini dadasi Yoqubboy Abdullayev, akalari ham hurmat qilishadi. Boisi dadasining oʻzi sanʼat shinavandasi, doira, rubob chalishdan zavq oladi, farzandlarini ham sanʼatsevar qilib tarbiyalashga intilgan. Butun oila jam boʻlib oʻtirgan vaqtlarida rubob, doira “tilga” kirib, shoʻx qoʻshiqlar yangraydi, oʻzlari bundan cheksiz zavq olishadi. Samandar uchun esa buningday mashgʻulotlar shunchaki qiziqish emas, tanlagan ixtisosligi. Uning isteʼdodini imkon qadar yuksaltirishga intilayotgan Qangli Madaniyat markazi ijodiy xodimlari toʻgarak mashgʻulotlarini avj oldirishayapti.

- Sanʼatda oʻz sozi, ovoziga ega shunday yoshlar koʻpligi barcha uchun quvonarli, - deydi tuman Madaniyat boʻlimi mutaxassisi Nasiba Eshchonova.

Ha, chindanda iqtidorli, isteʼdodli yoshlar yurtimiz faxri. Samandar Abdullayevga esa ijodiy barkamollik tilab qolamiz.

Oygul RAJABOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026