30.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
30.09.2026, 09:17
Fan va taʼlim 👁 3,262

BOLANI TERAN FIKRLAShGA OʻRGATISh

BOLANI TERAN FIKRLAShGA OʻRGATISh

Yoz kunlari edi. Koʻchada bir ayol bilan suhbatlashib qoldik.

-Oʻqituvchimisiz? - soʻradi u mendan.

Tasdiq javobini berdim.

-Mening 6 yoshli oʻgʻlim bu yil maktabga qabul qilish testidan oʻta olmadi. Undan "Sen qayerda yashaysan?”-deb soʻrashsa, "Dadam qurgan yangi uyda”,-debdi ogʻzini toʻldirib. Shuning uchun maktabga qabul qilishmadi. Uyga qaytayotib: "Nega unday deding, axmoq”, deb urushdim, -dedi ayol.

-Har qanday vaziyatda farzandingizni urushmang, urmang. Aksincha, qiziqishlarini oʻrganing, tez-tez suhbatlashib turing. Suhbat jarayonida oʻzini erkin tutishiga imkoniyat yarating,- maslahat berdim.

Necha kunlar oʻtib ketgan boʻlsa-da shu voqea hech esimdan chiqmaydi. Oʻylayman: Bola kimning aybi bilan 6 yoshida oʻzi yashayotgan davlatning nomini bilmayapdi? Qachon u axmoqqa aylandi? "Axmoq” soʻzi "esi past, tentak” maʼnolarini anglatadi. Bola psixologik-pedagogik testgacha oʻnta mutaxassis shifokor koʻrigidan oʻtgan va unga "sogʻlom” deb tashhis qoʻyilgan-ku?! Qolaversa bola dadasi qurgan yangi uyda yashayotganligini "ogʻzini toʻldirib” ayta olibdimi, demak - u axmoq emas. Unda iftixor tuygʻusi, mulk tushunchasi shakllangan. Eski uydan yangi uyni farqlayapdimi, u estetik didga ega.

- Oʻgʻlim, 6 yoshda maktabga bormasliging—katta fojea emas. Muhimi, sen sogʻlomsan. Harakat qilsang, hali koʻp narsalarga erisha olasan. 7 yoshda maktabga borsang, bilim olishing oson boʻladi. Mutaxassislar shuni maʼqul koʻrishdi, - deya bolani ovutib qoʻyishganida, yaxshi boʻlardi. Oʻz zurriyodiga oʻgit bermoq uchun ota yoki ona biror soha boʻyicha mutaxassislikka ega boʻlishi shart emas. Ular ota-onalik faqat huquq emas, majburiyat ham ekanligini ichichlaridan his qila bilishlari lozim. Xalqimizda shunday maqol bor:

Davlatlining bolasi

Oʻn beshida bosh boʻlar,

Davlatsizning bolasi

Qirq beshida yosh boʻlar.

Bu yerda koʻpchilik "davlat” soʻzining boylik, mol-dunyo, mol-mulk maʼnosiga eʼtibor qaratib, maqoldagi "davlatli”ni "katta davlatga, boylikka ega boʻlgan” shaxs sifatida talqin qiladi. Lekin ota-onaning moddiy boyligi farzand kamolotida hal qiluvchi manba boʻla olmasligi barchaga maʼlum. Moddiy boylik maʼnaviy ehtiyoj uchun sarflansagina tarbiya masalasiga ijobiy taʼsir qila oladi. "Davlatli” soʻzining koʻchma maʼnosi: "Maʼnaviy boylik”, eskirgan maʼnosi esa "Har ishga qudrati yetadigan”.

Maqollar qadim ajdodlarimizdan meros ekanligini, mazkur janrda taʼsirchanlikka erishish uchun soʻzlar koʻpincha koʻchma maʼnoda ishlatilishini hisobga olsak, maqoldagi "davlatli”ni maʼnaviyati boy, har qanday ezgu ishlarga qodir shaxs sifatida sharhlaymiz. Biroq ota-onalar ham bularni anglasalar, farzandlarini tarbiyalashda oʻzlarining ham oʻqib-oʻrganishlari zarurligini bilsalar, qanday yaxshi boʻlar edi.

Men 5-sinfda "Uch ogʻa-ini botirlar” ertagini oʻtar ekanman, muqaddimadagi ikkita jumlaga oʻquvchilarning diqqatlarini jalb qilaman: "Bor ekan-da, yoʻq ekan, bir zamonda bir kishi boʻlgan ekan. Boy ham, kambagʻal ham emas ekan”. "Boy ham, kambagʻal ham emas”- yaʼni oʻrtahol shaxs –xalqimizning ideali boʻlib kelganligini, kambagʻallik ishyoqmaslikning, meʼyoridan ortiq boylik esa-nafsga qullikning nishonasi ekanligini uqdiraman.

Otaning oʻz oʻgʻillariga: "Oʻgʻillarim, men boy emasman, mendan qolgan davlat sizlarning maishatingiz uchun kifoya qilmaydi...” jumlalari bilan boshlanadigan vasiyatini butun sinf oʻquvchilarining yod olishlariga erishishga harakat qilaman. Shunda oʻquvchilar otaning ham, farzandning ham bir-birlari oldida majburiyatlari bor ekanligini anglashlari mumkin boʻladi.

Oʻquvchilarni toʻgʻri va xulosali fikr yuritishga oʻrgatish maqsadida bir kuni sinfga ikki tuvakda gul olib kirdim. Biri-hajmi kichikroq, tabiiy gul, ikkinchisi katta, chiroyli, lekin sunʼiy gul.

- Turmushimizda gullarning qay biri muhim ekanligini ayting. Faqat fikringiz asosli boʻlsin,- deb topshiriq berdim oʻquvchilarga.

Koʻp oʻquvchilar tabiiy gulni turmushimizda muhim, deb bilishdi. Chunki tabiiy gul havoni tozalaydi. Men oʻquvchilarning fikrlarini tinglab, umumlashtirdim va oʻz xulosamni aytdim:

-Bizning hayotimizda ikkala gul ham muhim ahamiyat kasb etadi. Tabiiy gul-havoni tozalaydi. Kichkinagina jussasi bilan yashash uchun kurashayapdi. Tashqarida qish. Goʻyo butun olam uyquga ketgandek. Mana shunday paytda u xonada yam-yashil boʻlib, hayot davom etayotganligini anglatib turibdi. Demak, u bizning irodamizni mustahkamlaydi, umrning qadriga yetishga undaydi. Sunʼiy gul esa inson qoʻli mehnati mahsuli. U juda koʻrkam, xonaga joziba bagʻishlayapdi. Demak, u bizni ijodkorlikka undaydi. Goʻzallikni sevishga oʻrgatadi. Goʻzallikni sevuvchi kishi yovuzlik tushunchasidan yiroqlashadi. Demak, insonlar qalbida ezgulik uygʻota oladi.

Suhbatim orqali oʻquvchilarning teranroq fikrlashiga intildim. Har qanday fikrda dalil va isbotlar muhim ekanligini bilishlarini istadim.

Bolalarni teran fikrlashga oʻrgatishda ota-onaning ham oʻrni katta. Maʼrifatparvar bobomiz Abdurauf Fitrat: "Har bir bola goʻdakligidan onasining tarbiyasiga mahkum, binobarin, biz dastlabki tarbiyani oʻz onamizdan olamiz. Shu sababli onalarimiz bilimli boʻlsinlar” degan edilar. Darhaqiqat, farzand tarbiyasida onalarning oʻrni ulkan.

Xulosa shuki, bolaning teran fikrli, keng dunyoqarashli boʻlib kamolga yetishida oila va taʼlim muassasasining masʼulligi tengdir. Tarbiya masalasida boy berilgan imkoniyatlar oʻrnini kechiktirib toʻgʻrilash aslo mumkin emas. Farzandlarimizning "Qirq beshida yosh boʻlib”, jamiyatda oʻz oʻrinlarini topa olmasliklaridan Ollohning oʻzi asrasin!

Mohira RAHIMOVA,

62-maktab oʻqituvchisi.

(Foto - http://www.uza.uz)

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026