15.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
15.08.2026, 16:14
Jamiyat 👁 229

GRANT LOYIHASI DOIRASIDA TADBIR OʻTKAZILDI

GRANT LOYIHASI DOIRASIDA TADBIR OʻTKAZILDI

Hozirgi kunda mamlakatimiz taraqqiyotiga salbiy taʼsir koʻrsatuvchi va yoshlarni buzgʻunchi gʻoyalar taʼsiriga tortishga intilayotgan ekstremistik guruhlarga qarshi keskin kurash olib borilayotir. Shu bilan bir qatorda yoshlarni maʼnaviy va mafkuraviy xurujlardan asrash, ularga qarshi oʻz fikri va dunyoqarashiga ega boʻlgan barkamol avlodni tarbiyalashga eʼtibor kuchaytirilmoqda. Chunki yoshlar jamiyatning eng katta va harakatchan qismi hisoblanadi.

Buningdek maqsad-vazifalarni amalga oshirishda xalqimizning faqat oʻzigagina xos, avlodlardan avlodlarga oʻtib kelayotgan urf-odatlari, milliy qadriyatlarining ham munosib oʻrni bor. Chunki bu muqaddas qadriyatlar yoshlarni oʻz-oʻzligini anglashiga, milliy gʻururi yuksalishiga, oʻz millati, dinini qadrlashiga, Vatani taqdiriga daxldorligini anglashiga va kelajagiga yuksak orzular bilan intilishga undaydi.

Amudaryo tumanining chekka hududlaridan biri – Bobur nomli ovulda ham “bir bolaga yetti qoʻshni ota-ona” tamoyiliga amal qilgan holda yoshi ulugʻ nuroniy otaxonlar, onaxonlar oʻsib kelayotgan yosh avlodni barkamol qilib voyaga yetkazishga intilmoqdalar. Ovul ahli hech biri-birining farzandiga befarq qaramaydi, nooʻrin muomalasini yo qiligʻini koʻrib qolishsa, bolalarning koʻngliga ozor bermay, yaxshi soʻzi bilan yoʻlga solishadi.

Shuningdek, yoshlar oʻrtasida jinoyatchilik, huquqbuzarliklar sodir etilishining oldini olish, tartib buzishga moyil, hayotida oʻziga bogʻliq boʻlmagan holda muammoli vaziyatlarga duch kelib qolgan, ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlar bilan ishlashishda oʻziga xos tizim yaratilgan. Shu yoʻnalishdagi chora-tadbirlardan biri “Bir nuroniy – oʻn yoshga masʼul” tamoyili asosida olib borilayotgan ishlardir. Taʼlim faxriylari, ovulning oʻz hayoti bilan boshqalarga oʻrnak boʻlayotgan nuroniylari Abdurahmon Madatov, Murotboy Soburov va uzoq yillar oʻzini oʻzi boshqarish organlarida samarali mehnat qilgan ibratli onaxon Malika Shukurlayevalarga tabiatan tartibbuzarliklar sodir etishga moyil, hayotida turli muammoli vaziyatlarga duch kelgan va moddiy-maʼnaviy koʻmakka muhtoj yoshlar biriktirilib, muammolari hal qilinmoqda va hayotda oʻzlarini tiklab olishlariga koʻmak berilmoqda.

Bu borada olib borilayotgan ishlar, yoshlar tarbiyasida nuroniy otaxon, onaxonlarning roli, yoshlar orasida oʻzaro  doʻstlik, birodarlik, hamjihatlikni qaror toptirish borasidagi saʼy-harakatlar, erishilayotgan natijalarga bagʻishlangan yigʻilish oʻtkazildi.

Ovul fuqarolar yigʻini maʼmuriy binosida “Amudaryo televideniyesi” amalga oshirayotgan “Yuksak maʼnaviyatli va axloqli yoshlar – kelajak poydevori” nomli Oliy Majlis huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi tomonidan moliyalashtirilgan grant loyihasi rejasiga koʻra tashkillashtirilgan yigʻilishga ovul fuqarolar yigʻini masʼullari, nuroniylari, yoshlar vakillari ishtirok etdilar.

Yigʻilishda ovul fuqarolar yigʻini raisi Gulbahor  Rayimova, loyiha ijrochilaridan Oygul Rajabova, ovul yoshlari yetakchisi Asilbek Rahimov, keksalar masalalari boʻyicha ovul fuqarorlar yigʻini raisi oʻrinbosari Murotboy Soburov, mehnat faxriylari Abdurahmon Madatov, Malika Shukurullayevalar mavzu doirasida oʻz fikr-mulohazalarini bildirdilar.

Yoshlar tarbiyasi – umumxalq ishi. Bu ibora bejizga tez-tez tilga olinmaydi. Chunki bola oilada ilk tarbiya olgach, bogʻchaga, maktabga boradi, ulgʻayib, turli jamoalarda mehnat qiladi, mahalla hayotiga aralashadi. Ushbu jarayonlarda yoshi ulugʻ insonlar  hamjihatlikda ularga beminnat murabbiylik qilib, yoʻl-yoʻriq koʻrsatib borsalar, oʻz  hayoti bilan ibrat boʻlsalar, albatta, bu oʻz natijasini beradi.

Mahmudjon Shomurodov

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019