30.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
30.09.2026, 23:50
Jamiyat 👁 407

MUNOSIB EʼTIROF

MUNOSIB EʼTIROF

Ajdodlarimizdan meros milliy qadriyatlarimiz, anʼanalarimiz va urf-odatlarimizni oʻzida mujassam etuvchi mahalla institutining jamiyatimiz rivojida muhim oʻrni bor. Axir mahalla – Vatan ichra kichik Vatandir. Bu hududning tinch-osoyishtaligi, farovonligi, hamjihatligi el oqsoqoliga koʻp jihatdan bogʻliq.

Tumanimizdagi Qilichboy ovul fuqarolar yigʻini raisi Bahrom Qodirov  5-yildan beri ana shunday masʼuliyatli lavozimda faoliyat yuritib kelmoqda.

Uning asli mutaxassisligi injener-mexanik. Fargʻona politexnika institutini bitirib kelib, ilk mutaxassislik faoliyatini Mangʻit maxsus tajriba zavodida injener-konstruktor boʻlib ishlashdan boshlagan.

Keyinchalik sobiq M.Gorkiy nomli davlat xoʻjaligida taʼminotchi, 41-sonli va Amudaryo maishiy xizmat koʻrsatish kasb-hunar kollejida masʼul lavozimlarda, shu muassasa direktori boʻlib faoliyat yuritdi. 2019-yildan beri esa ovul  fuqarolar yigʻini raisi lavozimida ishlab kelayotir.

Hudud aholisi koʻpmillatli. Ularning milliy qadriyatlari, urf-odatlarini hurmat qilgan holda rivojlantirishga koʻmaklashish, mahalliy ahamiyatga molik masalalarni hamjihatlikda hal etish, ularning madaniyati va ijtimoiy faolligini oshirish, “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyili asosida fuqarolarning tinch-osoyishtaligini, ijtimoiy-maʼnaviy muhit barqarorligini taʼminlash tabiiyki, yigʻin raisidan tinimsiz mehnatni talab qiladi. Bahrom Qodirov vaqt bilan hisoblashmay, aholi murojaatlariga yechim topishga intiladi, har bir xonadondagi ahvol bilan tanishib, ular hayotini yaxshilash yuzasidan choralar izlaydi.

Keyingi yillarda ishsiz yoshlarning bandligini taʼminlash, tadbirkorlik faoliyatiga jalb qilish, oʻz-oʻzini band qilishiga erishish borasida mahalladagi hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli bilan hamkorlikda koʻpgina ishlar qilindi. Shuningdek, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni, boquvchisini yoʻqotgan, nogironligi boʻlgan aʼzosi bor oilalarni qoʻllab-quvvatlashga ham alohida eʼtibor qaratilmoqda. Turli millat vakillari orasida yaqin qoʻshnichilik rishtalari mustahkam, oʻzaro ahil yashayotgan qilichboyliklar Bahrom Qodirovning ovuldagi rivojlanish, yangilanishlardagi, hududni obodonlashtirish, koʻkalamzorlashtirish, fayzli maskanga aylantirishdagi xizmatlarini yuksak eʼtirof etishadi. Shu boisdan uni Qilichboy saylov okrugidan tuman Kengashiga deputat qilib ham saylashgan.

Joriy yilning 22-mart sanasi Bahrom Qodirovning hayotida oʻchmas iz qoldirdi: u fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining oʻrni va rolini kuchaytirish, hududda maʼnaviy muhit barqarorligini, millatlararo hamjihatlikni taʼminlash, yosh avlodni yurtimizga munosib insonlar qilib tarbiyalash ishiga qoʻshgan hissasi uchun “Mahalla iftixori” koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi.

2017-yilda davlatimiz rahbari  Sh.Mirziyoyev qaroriga muvofiq taʼsis etilgan ushbu koʻkrak nishoniga munosib koʻrilgani Bahrom Qodirovga cheksiz quvonch baxsh etish bilan birga yanada ulkan masʼuliyat yukladi.

Mehnatlarining munosib eʼtirof etilayotgani esa unga kuch-quvvat bagʻishlaydi.

Biz mahalla iftixoriga aylangan Bahrom Qodirovning kelgusi ishlarida ham muvaffaqiyatlar tilaymiz.

Sevara ISMOILOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026