“MAKTAB IJODKORLARI” DEVORIY GAZETASI TAShKIL ETILDI
Oʻtgan oʻquv yilida 56-sonli maktabning 9- va 10-sinflari oʻquvchilari orasidan 17 nafar isteʼdodli oʻquvchi saralab olinib, “Yosh jurnalistlar” toʻgaragi tashkil etilgan edi.
Ushbu toʻgarak aʼzolari oʻtgan davr mobaynida jurnalistika toʻgʻrisida va bu kasb egalari tomonidan matbuot va ommaviy axborot vositalari orqali amalga oshiriladigan ishlar haqidagi tushunchalarga ega boʻldilar.
Yaqinda maktabda bu toʻgarak aʼzolarini publitsistika janrlari boʻyicha ijod qilishga oʻrgatish va maktab oʻquvchilari tomonidan amalga oshirilayotgan turli ijodiy ishlar haqidagi maʼlumotlarni oʻquvchilar ommasiga yetkazib borish maqsadida “Maktab ijodkorlari” deb nomlangan devoriy gazeta tashkil etildi.
“Kitobxonlik bizni ijod sari yetaklaydi” sarlavhali bosh maqola bilan boshlangan ushbu devoriy gazetada toʻgarak aʼzolaridan Madina Muhammadsoliyevaning “Taniqli ijodkor bilan uchrashuv”, Durdona Sobirovaning “Kitobxonlik madaniyati” mavzusida davra suhbati oʻtkazildi” va Kamronbek Bozorboyevning “Musiqa maktabiga sayohat” sarlavhali maqolalari eʼlon qilindi.
Shuningdek, ushbu devoriy gazetada “Mohir qoʻllar”, “Yosh rassomlar” va “Yosh jurnalistlar” toʻgaraklari faoliyati haqida ham maʼlumotlar berilgan.
Umid qilamizki, “Maktab ijodkorlari” devoriy gazetasi maktabimizda ijodkor oʻquvchilarimiz safining yanada kengayishiga katta hissa qoʻshadi.
Allambergan JUMANIYoZOV, maktabning ijodiy-madaniy masalalar boʻyicha targʻibotchisi, faxriy jurnalist.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶