YoZGI TAʼTILNI KITOBLAR BILAN OʻTKAZING!
Kitob – insonning eng yaqin doʻsti, maslahatchisi, aql qayrogʻi va bilim manbaidir. Ajdodlarimiz, ota-bobolarimiz kitobni moʻʼtabar va muqaddas hisoblashgan, qadrlashgan. Insonning kitoblarni qancha koʻp oʻqigani uning odobi, madaniyatida aks etadi.
25-may kuni tuman Axborot kutubxona markazida axborot bibliografiya xizmati tomonidan yosh kitobxonlarning qalbida kitobga mehr uygʻotish, mutolaa madaniyatini oshirish maqsadida “Yoshlar bugunimiz va kelajagimizni quruvchi kuchdir” mavzusidagi axborot kuni oʻtkazildi. Axborot kuniga Amudaryo muhandislik texnikumi talaba-yoshlari ishtirok etishdi. Axborot bibliografiya xizmati mutaxassisi Sh.Ollaberganova kutubxona markaziga yangi olib kelingan adabiyotlardan “Tanishing, yangi adabiyotlar” nomli kitob koʻrgazmasi tashkil qilib, kitoblarning qisqacha mazmuni bilan tanishtirdi va oʻqishga tavsiya qildi.
Boshlanayotgan yozgi dam olish taʼtilini biri-biridan ajoyib kitoblar mutolaa qilib, mazmunli oʻtkazishlari uchun tuman yoshlarini Axborot kutubxona markaziga taklif qilib qolamiz.
R.Romanova, tuman Axborot kutubxona markazining axborot bibliografiya xizmati rahbari.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶