30.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
30.09.2026, 22:19
Jamiyat 👁 357

TUMANIMIZ AHOLISIGA TELEKOMMUNIKATsIYa XIZMATI KOʻRSATISh AHVOLI NAZORAT QILINDI

TUMANIMIZ AHOLISIGA TELEKOMMUNIKATsIYa XIZMATI KOʻRSATISh AHVOLI NAZORAT QILINDI

Hozirgi davrda hayotimizni axborot-kommunikatsion texnologiyalarisiz tasavvur etishimiz qiyin. Barcha sohalarda boʻlgani kabi mazkur sohada ham uzluksiz islohotlar olib borilayotir. Natijada aholiga sifatli telekommunikatsiya xizmatlari koʻrsatilishiga erishilayotir. Bu boradagi ishlarning sifati, liniya kabel xoʻjaligi ahvoli Raqamli texnologiyalar vazirligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududiy sektori va “Oʻzkomnazorat” inspektsiyasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududiy boʻlimi tomonidan muntazam nazorat qilinib borilmoqda. Shuningdek, xizmatlar sifatini oshirish maqsadida eski mis kabellar oʻrniga shisha tolali kabellar oʻrnatilayotir.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli Qaroriga asosan “Oʻzkomnazorat” inspektsiyasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududiy boʻlimi xodimlari tomonidan bu ishlarning surʼati, sifatli bajarilishi, yangidan qurilayotgan infrastruktura obʼektlarida telekommunikatsiya tarmoqlarini tortish jarayonida belgilangan qoidalarga amal qilinishi taʼminlanishiga oid koʻpgina chora-tadbirlar amalga oshirilayotir.

Yaqinda shu maqsadda boʻlim xodimlari Amudaryo tumani “Gulzor” mahallasi hududida qurilayotgan qoʻp qavatli turar joy binolarini borib koʻrdi. Quruvchilarga mazkur turar joy binolarida telekommunikatsiya obʼektlarini oʻrnatish uchun tegishli maydonlar va infratuzilmalarning ajratilishini, binolar ichida telefoniya, maʼlumotlar uzatish va internet tarmoqlari, kabel televideniya va efir televideniyasini jamoaviy qabul qilish tizimlari, shuningdek, «xavfsiz uy» va qoʻriqlash signalizatsiyasi kabellarini oʻtkazish uchun past tokli kabel shaxtalarini sifatli oʻrnatish yuzasidan targʻibot va tashviqot ishlari olib borildi.

Oʻrganish jarayonida qoʻp qavatli turar joy binolarni barpo etayotgan qurilish tashkilotlari masʼullariga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maxsus Qarori talablari va shaharsozlik normalarida belgilangan talablar tushuntirildi unga amal qilish lozimligi yuzasidan topshiriqlar berildi.

Shuni unutmaslik lozimki, koʻrsatilayotgan telekommunikatsiya xizmatlarining uzluksiz va sifatli ishlashida magistral optik tolali aloqa liniyalarining toʻgʻri eksplutatsiya qilinishi ham muhim jihatlardan biri hisoblanadi. Bu borada ham telekommunikatsiya operatorlarining liniya kabel xoʻjaliklari va inshootlarining xavfsizligi va butunligini taʼminlash boʻyicha amalga oshirayotgan ishlari koʻzdan kechirildi.

2022-yil boshidan shu kunga qadar Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududida jami 22 marotoba magistral optik tolali aloqa liniyalarida uzilishlar kuzatildi. Shuning 7 tasi oʻgʻirlik sababli sodir boʻlgan boʻlsa, qolganlarida jismoniy va yuridik shaxslarning ehtiyotsizligi hamda ruxsatsiz yerda qazish ishlarini amalga oshirganligi sababli sodir boʻlgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan “Telekommunikatsiya liniyalari va inshootlarini muhofaza qilish qoidalari” tasdiqlangan. Mazkur qoida bilan kabel va havo kommunikatsiyalari uchun shu kommunikatsiyalar boʻylab oʻtgan, yer osti kabel trassasidan yoki havo liniyalarining chekka simlaridan har qaysi tomondan 2 metr masofadagi toʻgʻri chiziqqa parallel ravishda belgilangan yer uchastkasidan iborat muhofaza hudud belgilangan. Aloqa kommunikatsiyalari trassalaridagi muhofaza hududlar va ochiq joylar doirasida ushbu kommunikatsiyalar egalarining yozma ravishdagi roziligisiz 30 santimetrdan ortiq chuqurlikda har qanday qurilish, yer qazish, montaj va portlatish ishlari, qishloq xoʻjaligi dalalarida qishloq xoʻjaligi zarurati uchun yerni yumshatish, shuningdeq sugʻorish tarmoqlarini tozalashni amalga oshirish, xoʻjalik uylari va boshqa inshootlar barpo etish, daraxtlar ekish, dala shiyponlarini joylashtirish, chorva mollari boqish, materiallar, yem-xashak va oʻgʻitlarni toʻplab qoʻyish, gulxanlar yoqish, oʻq otish maydonlari tashkil qilish taʼqiqlanadi. Ushbu qoida talablarini buzgan shaxslar Oʻzbekiston Respublikasining “Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisida”gi Kodeksining tegishli moddalariga asosan javobgarlikka tortilishi mumkin.

“Oʻzkomnazorat” inspektsiyasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududiy boʻlimi xodimlari tomonidan 2022-yil boshidan shu kunga qadar jami 9 nafar shaxslarga nisbatan “Telekommunikatsiya liniyalari va inshootlarini muhofaza qilish qoidalari” talablarini buzganligi uchun Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi Kodeksning 154-moddasi 1-qismiga asosan jazolar qoʻllanilgan. Koʻrinib turibdiki, qars ikki qoʻldan chiqadi deganlariday, aholining sifatli telekommunikatsiya xizmatlaridan foydalanishi koʻp jihatdan ularning oʻzlariga ham bogʻliq. Nazorat tadbiri davomida bu haqda fuqarolarga keng tushuntirishlar berildi.

Oygul Rajabova

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026