30.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
30.09.2026, 22:20
Jamiyat 👁 209

YoZ MAVSUMIDA AHOLINING ChOʻMILISh PAYTIDA SUVGA ChOʻKIShINING OLDINI OLISh BOʻYIChA OʻQUV MAShQI OʻTKAZILDI

YoZ MAVSUMIDA AHOLINING ChOʻMILISh PAYTIDA SUVGA ChOʻKIShINING OLDINI OLISh BOʻYIChA OʻQUV MAShQI OʻTKAZILDI

Yoz faslining yuqori haroratli, issiq kunlarining ham oʻz gashti bor. Bunday damlarda soya-salqinlarda dam olish, suvda choʻmilishni koʻpchilik orziqib kutadi. Biroq aynan shunday jarayonlarda xavfsizlik qoidalariga amal qilinmasligi – koʻpgina koʻngilsizliklarni keltirib chiqaradi.

Oʻtgan yillarda sodir boʻlgan suvda choʻkish holatlariga nazar tashlasak, sabablari oddiygina: hali suzishni yaxshi oʻrganmagan bolalarning oqim tez va suvi chuqur havzalarda choʻmilishi, yosh bolalarning ehtiyotsizlik oqibatida suvga tushib ketishi va hokazolar. Ayrim hollarda esi-hushi joyida, yoshi katta odamlarning ham belgilanmagan suv havzalarida choʻmilish vaqtida ehtiyotsizligi oqibatida oqib ketishi holatlari sodir boʻlgan.

Joriy yil yoz kelib, kunlar isishi bilan turli kanallarda, suv havzalarida Amudaryoning oqim past hududlarida aholi choʻmilishni boshladilar. Bunday vaqtlarda ularning hayoti xavfsiz, deya olamizmi? Afsuski yoʻq!

Shu yilning 27-may kuni Amudaryoning Qipchoq shaharchasi hududidan oqib oʻtuvchi qismi sohilida joriy yil yoz mavsumida aholining suvda choʻkishi bilan bogʻliq baxtsiz hodisalarning oldini olish yuzasidan oʻquv- mashgʻuloti oʻtkazildi.

Tadbirda tuman hokimligi, Favqulodda vaziyatlar boʻlimi, milliy gvardiya xodimlari, hududdagi ovul, mahalla, shaharcha fuqarolar yigʻinlari raislari, profilaktika inspektorlari, tibbiyot xodimlari va aholi ishtirok etdilar.

Oʻquv mashgʻulotida yigʻilganlarga tuman Favqulodda vaziyatlar boʻlimi xodimi Bekzod Tajiboyev yoz mavsumida aholining suvda choʻkishi bilan bogʻliq baxtsiz hodisalarning oldini olish borasida ovul, mahalla fuqarolar yigʻinlari masʼullari, Maktabgacha va umumiy oʻrta taʼlim muassasalari rahbarlari, ota-onalar zimmasidagi amalga oshirilishi lozim boʻlgan vazifalar xususida maʼruza qildi. Shuningdek, choʻmilishga ruxsat etilmagan akvatoriyalarda choʻmilish, spirtli ichimlik isteʼmol qilgan holda choʻmilish, yosh bolalarning katta yoshli oila aʼzolari ishtirokisiz choʻmilishi oqibatida sodir boʻlishi mumkin boʻlgan baxtsiz hodisalarning oldini olishga har bir fuqaro masʼul ekanligini taʼkidladi. Aholining choʻmilish mavsumida suv havzalarida xavfsizlikni taʼminlagan holda kichik hajmli kemalardan toʻgʻri foydalanish qoidalarini keng tushuntirdi.

Shundan soʻng ota-ona qarovisiz belgilanmagan hududda suvga choʻmilib, oqib ketayotgan oʻsmirni qutqarish amaliyoti koʻrsatib berildi. Oʻsmirni favqulodda vaziyatlar boʻlimi xodimlari suvdan olib chiqishib,zambilda sohil ichkarisiga yetkazishdi va gavdasini zarur holatga keltirib, choʻkish paytida yutgan suvlarini qayd qildirishdi. Shoshilinch yetib kelgan “Tez tibbiy yordam” boʻlimi xodimlari oʻsmirga birinchi tibbiy yordam koʻrsatishdi. Aslida bu tayyorlangan oʻquv mashgʻuloti boʻlsa-da, taʼqiqlangan joyda choʻmilishning oqibatini toʻla ifodalab bera oldi.

Yoshi ulugʻlar “oʻt balosidan, suv balosidan oʻzing asragaysan”, deya duo qilishlari bejiz emas.

Buningdek koʻngilsizliklarning oldini olishda keng jamoatchilik, ota-ona nazorati va turli usullar bilan targʻibot olib borish lozimligi yuzasidan Toʻlqin ovul fuqarolar yigʻini raisi Rashid Abdugʻaliyev, Choykoʻl ovul fuqarolar yigʻini raisi Bekzod Aytekov, Uyshin mahalla fuqarolar yigʻini raisi Rustam Rajabovlar oʻz fikr-mulohazalarini bildirdilar. Shuningdek, tumanimizning turli hududlarida mavjud suv havzalarining choʻmilish taʼqiqlangan joylariga maxsus belgilar qoʻyilishi lozimligini taʼkidladilar.

Inson hayoti – bebaho. Uni beʼmani orzu-havaslar yoʻlida xatarga qoʻyish, taʼqiqlangan joylarda choʻmilib, oʻzini koʻz-koʻz qilish mumkin emas. Chunki inson hayotga bir martagina kelishini unutmaylik.

Oygul RAJABOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026