30.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
30.09.2026, 18:38
Jamiyat 👁 250

“BESh MUHIM TAShABBUS – YoShLARGA QANOT” GRANT-LOYIHASI DOIRASIDA YoSh ISTEʼDOD EGALARINING KONTsERT DASTURI OʻTKAZILDI

“BESh MUHIM TAShABBUS – YoShLARGA QANOT” GRANT-LOYIHASI DOIRASIDA YoSh ISTEʼDOD EGALARINING KONTsERT DASTURI OʻTKAZILDI

Mamlakatimizda bolalarni, shu barobarida nogironligi boʻlgan bolalarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash, ijtimoiy faolligini oshirish, ularning sogʻlom tengdoshlaridan kam boʻlmagan sharoitlarda taʼlim-tarbiya olishlari, oʻz iqtidorlarini namoyon etishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan chora-tadbirlar tufayli imkoniyati cheklangan yoshlar orasida “Besh tashabbus olimpiadasi” ishtirokchilari tobora oshib bormoqda. Ularni “Besh muhim tashabbus” doirasidagi tadbirlarga faol jalb qilish maqsadida “Mening oilam” gazetasi ijodiy jamoasi tomonidan ham keng qamrovli maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar amalga oshirilib kelinmoqda. Xususan “Besh muhim tashabbus – yoshlarga qanot” grant-loyihasi doirasida yoshlarning musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va sanʼatning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirishga, isteʼdodlarini yuzaga chiqirishga qaratilgan tanlovlar, davra suhbatlari, yosh ijrochilarning kontsert dasturlari koʻplab ijodga moyil yoshlarni kashf etish imkonini bermoqda.

Joriy yilning 1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan Amudaryo tumani markazidagi soʻlim Istirohat bogʻida tashkil etilgan yosh ijrochilarning kontsert dasturi ham nogironligi boʻlgan yoshlar qalbida musiqa va sanʼatga mehr va ixlos uygʻotgani bilan muhim ahamiyat kasb etdi.

Amudaryo tuman Madaniyat va turizm boʻlimi tasarrufidagi Choykoʻl, Uyshin, Qangli, Boʻzyop, Qilichboy, Bobur nomli madaniyat markazlari huzurida tashkil etilgan turli musiqiy yoʻnalishlardagi toʻgaraklar aʼzolari, 9-sonli va 21-sonli bolalar musiqa va sanʼat maktablarining yosh ijrochilari tomonidan kechqurungi soat 17:00dan 21:00gacha davom etgan dilrabo kontsert dasturi tomoshabin bolalar, nogironligi boʻlgan yoshlar va ularning ota-onalariga bayramona quvonch hadya etdi. Ayniqsa, tuman Madaniyat markazi va hududlardagi madaniyat markazlari qoshida tashkil etilgan, xalq cholgʻulari, xonandalik va raqs toʻgaraklari, shuningdek 9-sonli va 21-sonli bolalar musiqa va sanʼat maktablarining iqtidorli oʻquvchilari tomonidan ijro etilgan kuy-qoʻshiqlar tadbir ishtirokchilariga zavq-shavq bagʻishladi. Yosh ijrochilardan Dinora Yusupova, Saidbek Bektemirov, Azizbek Nazirboyev, Komronbek Nazirboyevlar talqinidagi ona Vatan, tinchlik va doʻstlikni tarannum etuvchi ashulalar sanʼatsevar yoshlarga olam-olam zavq quvonch bagʻishladi.

Shuningdek, tadbir ishtirokchilari iqtidorli, yosh sozandalar tomonidan ijro etilgan oʻzbek va qardosh xalqlar kuylarini tinglab, bahra oldilar. 9-sonli va 21-sonli bolalar musiqa va sanʼat maktablarida taʼlim-tarbiya olayotgan iqtidorli sozanda oʻquvchi-yoshlar ijrosidagi biri-biridan dilrabo kuylar, umidli, yosh xonandalar Ozodbek Roʻzimov, Ozodbek Bekmurodov, Doston Qulimbetov, Odilbek Qutimovlar ijro etgan ashulalar, rubobchilar guruhi tomonidan maromiga yetkazib ijro qilingan ajoyib kuylar, gitara cholgʻusida Asadbek Qurbonboyev, Mirzabek Chorshamov, Xursand Safarboyevlar ijrosidagi qardosh xalqlar kuylari tadbir ishtirokchilariga qalbiga xushnudlik bagʻishladi.

1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan nogironligi boʻlgan yoshlarning musiqa va sanʼatga qiziqishini oshirish maqsadida Amudaryo tuman Madaniyat va istirohat bogʻida tashkil etilgan yosh isteʼdod egalarining kontsert dasturi har bir qalbda sanʼatning sehrli olamiga cheksiz mehr va ixlos uygʻotgani bilan muhim ahamiyat kasb etdi

Robiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026