15.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
15.08.2026, 14:59
Jamiyat 👁 343

30-iyun – Yoshlar kuni. ChOYKOʻL OVULIDAGI YoShLAR YeTAKChISI FAOLIYaTIGA BIR NAZAR

30-iyun – Yoshlar kuni. ChOYKOʻL OVULIDAGI YoShLAR YeTAKChISI FAOLIYaTIGA BIR NAZAR

Yoshlarning doimiy ish bilan bandligini taʼminlash, ularning hayotlaridagi muammo va tashvishlarini ijobiy hal etishda ovul va mahallalarda faoliyat olib boruvchi yoshlar yetakchisining tutgan oʻrni muhim ahamiyatga ega. Xususan, yoshlar yetakchisi – hokim yordamchisi – oila va xotin-qizlar faoli hamkorligi asosida yoshlar yetakchisining kundalik ish faoliyatida amalga oshiradigan vazifalari talaygina. Ayni kunlarda 30-iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan butun mamlakatimiz boʻylab keng quloch yoygan “Yoshlar oyligi” tadbirlarida joylardagi yoshlar yetakchilarining oʻz zimmalaridagi vazifalarni nechogʻlik uddalayotganlari alohida eʼtirof etilmoqda.

Amudaryo tumanidagi 49 ta ovul va mahalla fuqarolar yigʻinlarida yoshlar muammolari bilan shugʻullanish barobarida ular erishayotgan yutuqlarni ommalashtirish va oʻz vaqtida moddiy-maʼnaviy ragʻbatlantirish orqali oʻz atrofiga faol, intiluvchan yoshlarni jipslashtirib, xalqimiz farovonligiga munosib hissalarini qoʻshayotgan yoshlar yetakchilari ham koʻpchilikni tashkil etadi.

Choykoʻl ovulida faoliyat olib borayotgan yoshlar yetakchisi Xursand Shukurullayev ham yoshlar bilan ishlashish, ovul yoshlarini ezgu maqsadlar yoʻlida jipslashtirish, ularning boʻsh vaqtlarini samarali tashkil etish, yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish borasida oʻziga xos tajribaga ega yetakchilardan biri. U avvalo ishni ovul hududidagi 1218 ta xonadonlarda istiqomat qiluvchi 14 yoshdan 30 yoshgacha boʻlgan yoshlar hayotini oʻrganishdan boshladi. Shu maqsadda ovuldagi hokim yordamchisi, xotin-qizlar faoli bilan hamkorlik rejasini ishlab chiqdi va 14-30 yosh oraligʻidagi 1920 nafar yoshlar xatlovdan oʻtkazildi. 915 nafar yosh ayol-qizlar va 1005 nafar yigitning 5 toifa boʻyicha bandligi, ishga layoqatliligi, maʼlumoti, oilaviy, ijtimoiy, salomatlik holatlari puxta oʻrganilib, “Yoshlar balansi” shakllantirildi. Shu asosda 2023-yil boshidan 121 nafar yoshlar “Yoshlar daftari”ga kiritilib, ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlar ushbu daftarga toʻliq qamrab olindi va ularning barchasiga ijtimoiy yordam koʻrsatildi. Xususan, 18 nafar yoshlarning kredit mablagʻlari olish boʻyicha muammolari toʻliq hal etilib, 78 nafar yoshlarga esa 1 nuroniyga 10 yosh tamoyili asosida ekishlik yer maydonlari ajratilishida yoshlar yetakchisi bosh-qosh boʻldi. Shuningdek, Xursand Shukurullayev 2 nafar yoshning kasanachilik faoliyati bilan shugʻullanish boʻyicha istagini qoʻllab-quvvatlab, ularga zarur asbob-uskunalar olib berishda koʻmaklashdi. Turli OTMlar va texnikumlarda taʼlim olayotgan 15 nafar talabaning shartnoma pullari toʻlab berildi. Bundan tashqari, 2 nafar kam taʼminlangan yosh haydovchilik guvohnomasiga ega boʻlishlari uchun oʻqitildi. 6 nafar yoshning safarbarlik chaqiruv-rezervi uchun shartnoma mablagʻlari toʻlanishiga yaqindan yordam berdi.

Ovul yoshlarini tadbirkorlik faoliyatiga qiziqtirish, ularning oʻz tadbirkorligini boshlashlari uchun koʻmaklashish maqsadida hokim yordamchisi bilan hamkorlikda faoliyat olib borilayotgani bois, bu borada ham sezilarli yutuqlarga erishilmoqda. Izlanuvchan, tashabbuskor yoshlardan Qahramon Oʻrozimbetovning oʻz biznes-loyihasini amalga oshirish borasidagi murojaati hokim yordamchisining koʻmagi tufayli ijobiy hal etildi. Natijada ovul hududida “Saodat” xoʻjalik sovuni ishlab chiqarish oilaviy korxonasi tashkil etish boʻyicha Qahramon Oʻrozimbetovga imtiyozli kredit ajratiladigan boʻldi. Doniyorbek Otajonov esa AKFA deraza va eshik romlari, temir eshiklar ishlab chiqarish tsexi faoliyatini yoʻlga qoʻyish arafasida turibdi.

“Yoshlar oyligi” munosabati bilan Sanobarxon Jumaboyevaning murojaati ham ijobiy hal etilib, subsidiya asosida “Yoshlar daftari” jamgʻarmasi hisobidan tikuv mashinasi olib berildi. Ayni paytda Sanobar Jumaboyeva oʻzi tengi qishloq yoshlariga chevarlik sirlarini oʻrgatishni boshlab yubordi.

Xursand Shukurullayevning faoliyat koʻlami juda keng va serqirra. U oʻz faoliyatida “Yoshlarning boʻsh vaqti – yetakchining ish vaqti” shioriga amal qiladi. Ayni kunlarda esa maktablarda yozgi taʼtil boshlanishi munosabati bilan 16 00dan keyin ovul hududidagi umumtaʼlim maktablarining sport zallari, ochiq stadionlarida yoshlarning boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazishga qaratilgan turli sport musobaqalarini tashkil etish, kutubxonalarda kitobxonlik tadbirlarini oʻtkazish orqali yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish, Choykoʻl madaniyat markazida tashkil etilgan toʻgaraklar aʼzolari ishtirokida koʻngilochar kontsert dasturlarini tashkil etishga alohida eʼtibor qaratilayotgani bois, ovul yoshlari orasida ilmga intiluvchan, tashabbuskor va izlanuvchan yoshlar safi tobora oshib bormoqda.

Robiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019