30.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
30.09.2026, 22:19
Jamiyat 👁 340

Xotin-qizlar faoli ayollarning haqiqiy koʻmakchisiga aylangan

Xotin-qizlar faoli ayollarning haqiqiy koʻmakchisiga aylangan

Ovul va mahallalarda xotin-qizlar faoli lavozimi joriy etilganiga bir yildan oshigʻroq vaqt boʻldi. Shu davr mobaynida Amudaryo tumanidagi ijtimoiy himoyaga muhtoj, bandligi taʼminlanmagan, tadbirkorlik qilish istagidagi koʻplab xotin-qizlarga yoramlar koʻrsatilib muammolari ijobiy hal etildi. Bu boradagi ishlarning tizimli va samarali yoʻlga qoʻyilishida albatta, mahallalardagi xotin-qizlar faollarining xizmatlarini eʼtirof etmoq lozimdir.

Amudaryo tumani markazidan olisroqda joylashgan Xizr eli mahalla fuqarolar yigʻinining xotin-qizlar faoli Gulnora Matniyazova ham oʻz faoliyati davomida xonadonma-xonadon yurib, hudud xotin-qizlarining turmush tarzi, turli yosh toifasidagi ayollarni qiynab kelayotgan muammolarni oʻrgangan holda yordamlar koʻrsatib kelmoqda.

Mahallada joriy yil boshidan “Ayollar daftariga” 107 nafar ayollar qamrab olindi. Ushbu ayollarga “Ayollar daftari”ga kiritish toifalari boʻyicha turli ijtimoiy-iqtisodiy yordamlar koʻrsatildi.

Bundan tashqari, xotin–qizlar faoli Gulnora Matniyazova hokim yordamchisi Anvar Tajiboyev bilan birgalikda hamkorlikni samarali tarzda yoʻlga qoʻyib ishsiz ayollarga imtiyozli ravishda kreditlar ajratilishiga va bandligi taʼminlanishiga hissa qoʻshib kelmoqda. Shuningdek, mahalladagi 11 nafar ayolga oʻz ehtiyojlari uchun imtiyozli ravishda kreditlar ajratilib elektromotatsikllar berildi.

Mahalla ahlining tinib-tinchimasligi, mehnatkashligi, qolaversa, xotin-qizlar faolining oʻz kasbiga fidoiyligi sabab shahar hududlardagi barcha sharoitlar shu yerning oʻzida yaratilishiga erishilgan.

Mahallada istiqomat qiluvchi Dilbar Xoʻjanova “Xizir eli shirinliklari” nomi ostida non va qandolat tsexini ochib oʻzining tadbirkorlik faoliyatini yoʻlga qoʻydi. Shundan buyon mahalla ahli ortiqcha ovvoragarchilikdan qutildi. Oʻz uyidan bir chaqrim ham nari ketmay toʻy va bazmlar uchun non va non mahsulotlarini, shirinliklarni shu yerning oʻzidan xarid qiladigan boʻldi. Tadbirkor ayol avvalo oʻzining, qolaversa ikki nafar ishsiz kelinlarini ham ish bilan taʼminladi.

Mahalladagi ishsiz ayollardan yana biri Dilbar Abullayeva ham “Ayollar daftari”ning 6-toifasiga kiritilgan edi. Ayolga 2022-yilning dekabr oyida subsidiya ajratilib, 1 sotix tomorqa yeriga issiqxona qurib berildi. Xozirgi kunda u issiqxonadan kattagina daromad olib kelmoqda.

Mahallada parrandachilik yoʻnalishi boʻyicha ham oʻz tadbirkorlik faoliyatini yoʻlga qoʻygan ayollar talaygina. Shulardan biri Hayitjon Jumashevadir. Unga xotin-qizlar faolining koʻmagi bilan 5 mln. soʻm miqdorida pul mablagʻi ajratildi. U bu mablagʻ evaziga oʻz uyida inkubatsiya tashkil qilib, mahalladoshlarini parranda goʻshti va tuxumi bilan taʼminlab kelmoqda.

Xizr eli mahallasida ayollar uchun goʻzallik saloni yoʻqligi xotin-qizlar faolini qiynab kelardi. Bu sohaga qiziqishi kuchli boʻlgan mahalladoshi Mohira Shamurodova bilan yaqindan suhbatlashib, goʻzallik saloni ochishiga yordam berdi. Mohira Shamurodovaga hokim yordamchisi Anvar Tojibayevning tavsiyanomasi ososida 33 mln. soʻm imtiyozli kredit ajratildi.

Biz ijodiy guruhimiz bilan bugungi kunda mahalla ahli oʻz ehtiyojlari uchun shaharga borib kelishi shart emasligini, hamma sharoit va imkoniyatlar shu kichik qishloqning oʻzida mavjud ekanligiga guvoh boʻldik.

Xotin-qizlar faolining esa har bir oilaning dardi va quvonchiga sherikligi, har qanday muammoni mahallaning oʻzida hal qilishga intilishi, ayollarning muammosi uning ham muammosi ekanligi bir kundik ish faoliyati davomida oʻz isbotini koʻrsatdi.

Oramizda Gulnora Matniyazova singari oʻz kasbiga fidoiy mahalla tizimi xodimlari koʻpayaverishiga tilakdoshmiz!

Tuman hokimligining Axborot xizmati.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026