30.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
30.09.2026, 22:19
Jamiyat 👁 579

BELGILANMAGAN HUDUDLARDA ChOʻMILISh –HAYoT UChUN XAVFLI

BELGILANMAGAN HUDUDLARDA ChOʻMILISh –HAYoT UChUN XAVFLI

Har faslning oʻziga xos gashti, shu bilan birga yetarlicha  tashvishlari ham bor. Ayniqsa, yoz faslining jazirama issiq ob-havosi yosh-u keksani birday salqinlanishga majbur qiladi. Hatto saraton quyoshi zaptiga olgan kunlarda soya-salqin joylarda ham issiq hovurdan odamning nafasi qaytib ketadi va beixtiyor suv havzalarini qoʻmsab qolamiz.

Oqar suvda choʻmilishning ham ajib gashti, inson salomatligi uchun foydali jihatlari bor. Lekin choʻmilish qoidalariga qatʼiy amal qilinmasa, koʻpdan-koʻp noxush holatlar yuz berishi tabiiy. Ayniqsa, oqar suvning oqish tezligi yuqori, suv sathi chuqur boʻlsa, choʻkib ketish yoki ogʻiz va burunga suv kirishi oqibatida jiddiy kasallikka chalinish xavfi yuqori boʻladi. Shu bois, har yili yoz mavsumida fuqarolar, ayniqsa, yosh bolalarni bunday xavf-xatardan himoyalash maqsadida Favqulodda vaziyatlar Vazirligi va mazkur Vazirlikning tumanlardagi boʻlimlari tomonidan zarur chora-tadbirlar koʻrilib, hududlardagi barcha suv havzalari qatʼiy nazoratga olinadi va choʻmilish taqiqlangan hududlarga maxsus taʼqiqlovchi belgilar oʻrnatilib, favqulodda vaziyatlar xodimlari tomonidan tushuntirish ishlari olib boriladi. Aholi oʻrtasida tez oqar suv yoʻllarida, oʻta chuqur boʻlgan kanallarda, ayniqsa, daryolarda iloji boʻlsa, choʻmilmaslik boʻyicha tavsiyalar beriladi.

Shunday boʻlsa-da, har yili yurtimizda ayrim fuqarolar belgilanmagan joylarda, spirtli ichimliklar isteʼmol qilgan holda choʻmilishlari va boshqa sabablarga koʻra, yuzlab insonlar nobud boʻlmoqda. Ularning aksariyati voyaga yetmaganlarni tashkil etadi. Bu kabi holatlarning oldini olish har birimizning burchimiz sanaladi. Shunday ekan, azizlar, har birimizdan farzandlarimizni nazoratsiz qoldirmaslik, choʻmilish qoidalariga qatʼiy rioya qilish talab etiladi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi – Fuqaro muhofazasi boshligʻining 2023-yil 18-may kungi va Amudaryo tumani hokimi – Fuqaro muhofazasi boshligʻining 2023-yil 22-maydagi “2023-yil choʻmilish mavsumida aholining suvda choʻkishi bilan bogʻliq baxtsiz hodisalarning oldini olish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi buyrugʻi va koʻrsatmalari rahbarlikka olishni taʼminlash maqsadida Amudaryo tumani Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish boʻlimi tomonidan davlat quyi tizimiga kiruvchi idora, korxona va tashkilotlar bilan birgalikda reydlar oʻtkazilmoqda.

Amudaryo tumani Faqulodda vaziyatlar boʻlimi boʻlinma boshligʻi kapitan Bekzod Tajiboyev rahbarligida tegishli tashkilotlar bilan tumanimiz hududidan oqib oʻtuvchi Amudaryo daryosining qirgʻoqlarida belgilanmagan hududlarda choʻmilayotgan yoshlar bilan uchrashuvlar oʻtkazilib, ularga suvda choʻkkanda birinchi yordam koʻrsatish boʻyicha zarur tavsiyalar berilmoqda va birinchi yordam koʻrsatish boʻyicha amaliy mashgʻulotlar tashkillashtirilmoqda.

Shu bilan bir qatorda daryo boʻyida va daryoga yaqin hududlarda yashovchi fuqarolarga kichik hajmli kema (qayiq)lardan toʻgʻri foydalanish, oʻz vaqtida roʻyxatdan va texnik koʻrikdan oʻtkazish boʻyicha ogohlantirishlar berilib, bunday holatlarga yoʻl qoʻygan shaxslar tegishli tartibda maʼmuriy javobgarlik tortilishi haqida tushuntirish ishlari ham olib borilmoqda.

Aziz yurtdoshlar! Xalqimiz bekorga “suv balosidan asrasin”, degan xavf-xatardan ogoh etuvchi iborani takrorlamaydi. Suv – qanchalik qimmatli obi-hayot manbai boʻlishidan qatʼiy nazar, ochiq va tezoqar suv havzalarida choʻmilish shunchalik xavfli va ayrim holatlarda inson  umriga nuqta qoʻyishi mumkin. Shu bois,  farzandlaringizning belgilanmagan hududlarda choʻmilishiga aslo yoʻl qoʻymang.

Robiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026