16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 05:57
Maqolalar 👁 236

LOLALAR

LOLALAR

Sevinchoy Umrboyeva 85-sonli maktabning 11-sinf oʻquvchisi. U maktabda aʼlo oʻqish bilan birga badiiy ijod bilan ham shugʻullanadi.

Quyida Sevinchoyning yangi hikoyasini eʼtiboringizga havola qilamiz.

Gʻamgin koʻngilli bolaning oʻz tengqurlari orasida emin-erkin, yayrab yurishi ilojsiz ekan. Lola bunday koʻngil azoblarini oʻz boshidan kechirdi. U peshonasini yomgʻirdan hoʻl boʻlgan deraza oynalariga tirab, yaqin oʻtmish kunlarini esga oldi.

... Oilani muqaddas qoʻrgʻon, deydilar. Lekin bu muqaddas qoʻrgʻonning kam-koʻstini butun qilish ulkan mashaqqatlar bilan boʻlar ekan. Buni Lola murgʻak qizaloq paytidanoq his etdi. Chunki  oilada biror yetishmovchilik sodir boʻlsa, onasi janjal koʻtarib, bunda dadasini ayblardi. Oilada boʻlib turadigan bunday janjallardan Lolaning yuragi bezillab qolgan edi.

Oʻsha kungi janjal Qodir akaning toqatini toq qildi. U uydan chiqib ketganicha koʻp yillar davomida daragi boʻlmadi.

Umida opa qizi bilan yolgʻiz yashashga qiynalib, qarindoshlari yashaydigan qishloqqa koʻchib keldi.

Dadasining siymosi Lolaning esiga gʻira-shira kelar, nahotki endi dadamni koʻrmayman, deya xayolga choʻmar, onasidan dadasi haqida soʻrashga choʻchirdi. Ayniqsa, yangi maktab, yangi qishloq odamlari, yangi tanishlar orasida oʻzini oʻngʻaysiz sezardi. Maktabda sinfdoshlari suhbatlashib oʻtirisharkan, gap aylanib ishga ketgan dadalar haqida boʻlar, bunday paytlarda ular orasida “dadam menga u olib keldi”, “bunday sovgʻa olib keladi”, degan bahslar avjiga chiqardi. Shunday paytlarda Lola juda gʻamgin boʻlib qolar edi. Dadam qaytarmikan, degan ogʻir bir oʻy boshida aylanaverardi.

Lola hayotning qiyinchiliklarini boshidan kechirib yashab oʻrgangani uchunmi, tengqurlariga qaraganda ancha ogʻir-bosiq tutardi oʻzini. Kamgap bu qiz yangi sinfdoshlarga yoqib qoldi. Lekin besh qoʻl barobar emas ekan. Sinfdagi eng shaddod qiz Lobarga bu holat yoqmadi. U Lolaning har bir harakatidan biror kamchilik axtarib, uni kamsitishga urinardi. Bir kuni bayram oldidan oʻqituvchi sinfga kirib:

– Sizlarning sinfdagi qizlar bayram tadbirida guruh boʻlib raqsga tushasizlar, qani kim raqsga tushadi, – dedi.

Qizlar baravar qoʻl koʻtarishdi, Lola ham raqs guruhiga qoʻshilish istagini bildirib qoʻl koʻtardi. Shunda Lobar yana oʻz “hujumini” boshladi.

– Raqsga tushish uchun alohida koʻylak kiyish kerak, sen koʻylakka pulni qayoqdan olasan, sening otang boʻlmasa... Lola sinfdan otilib chiqib, uyiga ketdi.

Bu gaplardan xabar  topgan sinf rahbari Lobarni qattiq koyidi.

Bayramda oʻzining chiroyli raqsi bilan Lola barchaning eʼtiborini qozondi.

Maktabda oʻqishlar davom etardi. Oʻzining vazminligi, odobi bilan ajralib turadigan Lola sinfdoshlari orasida katta hurmatga ega boʻlib oldi. Ularning doʻstligi shu darajaga borib yetdiki, Lobar Lolaga lola gullarining urugʻini keltirib berdi. “Oʻzing Lolasan, uyingda ham lolalar oʻsib tursin”, dedi hazillashib.

Lolaning koʻnglidagi dadasini qaytarib olib kelish fikri uni tinch qoʻymasdi.

Bir kuni kechki ovqat paytida onasidan “oyi, dadam uyga qaytadimi?” deb soʻradi. Onasi bu gapni eshitib qizini quchoqlaganicha uzoq oʻyga toldi.

Umida opa soʻnggi kunlarda ikki oʻt oʻrtasida qolgan edi. Bir tomondan erining uydan chiqib ketishida oʻzini aybdor his qilib qiynalsa, ikkinchi tomondan qizining otasiz, gʻamgin oʻsayotganligidan kuyardi. Axir kimdir oilaning yana but boʻlishi uchun gʻururdan qaytishi kerak-ku?

Umida opaga qizining bu gapi turtki boʻldi.

– Boʻldi, jonim, qizim, sening nomingdan dadangga qoʻngʻiroq qilaman, u sen uchun albatta keladi, – dedi.

Lola sevinganidan chapak chalib, onasini mahkam quchoqladi. Koʻp oʻtmay Qodir aka oilasiga qaytib kelib, barchaning quvonchiga sababchi boʻldi.

Lola bugungi kundagi quvonchli hayotidan mamnun holda deraza oldida oʻsayotgan lola gullariga suv quyarkan, onasi eshikni ochib:

– Lolalar, qani ovqatga, –  dedi.

Oila aʼzolari ahillik bilan dasturxon atrofiga toʻplanishdi.

Sevinchoy Umrboyeva.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019