30.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
30.09.2026, 21:04
Jamiyat 👁 203

BU KITOBNI OʻQING, UNDA SIZNING HAM QALBINGIZ BOR

BU KITOBNI OʻQING, UNDA SIZNING HAM QALBINGIZ BOR

Kasbim taqozosiga koʻra, ijodkorlar, shoir va yozuvchilar davrasida koʻp boʻlaman. Shunday damlarda, yashirmayman, atrofimdagi insonlarning barchasi shoir-u shoiralarmi, deya hayratlanaman. Lekin ana shu shoir-u shoiralarning berilib ijod etgan mashqlarini (sheʼrlarini emas!) tinglab, ochigʻi, zerikib qolaman. Tezroq ularning davrasini tark etgim keladi. Nega, deysizmi? Haqiqiy, yuragimga yetib boradigan, koʻnglim torlarini nafis tebratib, musiqiy  ohang taratadigan satrlar topaolmaganimdan...

Chiroyli dastxat bitib, nihoyatda kamtarlik bilan “oʻqib koʻrarsiz, opa”, deya qoʻlimga tutqazgani, Odil Shomurodovning sheʼrlarini esa shunchaki varaqlab koʻrmadim, balki qoʻlimdan qoʻymay oʻqidim, zavq oldim, sheʼrlari ohanglarida tebranib-tebranib, quvonch bilan kitobni oxirigacha, ayrim sheʼrlarini takror-takror oʻqidim. Chunki bu sheʼriy bitiklarda katta qalb bor, dard, mehr va sogʻinch bor edi.

Bu olamni begʻubor

Koʻrmoq edi istagim.

Gʻaming nima, ayt sening,

Shoʻrlikkina yuragim?

Nima qilay qushginam,

Tor keldimi qafasing?

Mushtlaringning zarbidan

Boʻgʻiladi nafasim.

Ushbu satrlar Odil Shomurodovning “Oila – muqaddas” deb nomlangan kitobidan joy olgan “Yurak” sheʼriga tegishli. Azbaroyi dardning zoʻridan “koʻksini tinmay mushtlayotgan” yuragi bilan shoirning hasratlashuvi juda chiroyli, dardli ohanglarda talqin etilganki, sheʼrxon beixtiyor oʻzining yuragi bilan dardini boʻlishayotganday his etadi oʻzini.

Shoirning “Kuchuk” sheʼri bolalik xotiralari haqida. Bebosh bolalikning bir qaltis oʻyini sabab kuchukchani suvga choʻktirib yuborgan bolakay (shoir)ning yoshi ulgʻaygan sari yuragida tugun boʻlib qolgan iztiroblari, oradan 40-yil oʻtib ketsa-da, vijdon azobidan zarb olgan qalbi iqrori oʻquvchida tabiat oldida masʼullik tuygʻusini uygʻotadi.

Kitobni varaqlaganim sari shoirning ajib sehrli sheʼriyat dunyosiga oshno boʻlib, dilimda hayrat uygʻondi. Uning “Jigarim”, “Zabardast yigitlar”, “Oʻzbekning”, “Alvido”, “Oila – muqaddasdir”, “Non taʼmi”, “Hayot”, “Onajon”, “O, muhabbat”, “Yurak toʻla dard”, “Donor”, “Internet”, “Yetimlar faryodi”, “Oʻzbekning bolasi”, qoʻyingki, barcha sheʼrlarini aslo befarq oʻqish mumkin emas. Bu sheʼrlarda pokiza qalb tugʻyonlari, ona Yurtga, jigarbandlarga, aziz xalqiga cheksiz mehr-muhabbat bor.

Odiljonning “Kashfiyotchi”, “Boshliq” kabi hazil sheʼrlarida esa deyarli barchaga birday kulgu, sehr, zavq bagʻishlovchi komik xususiyat borki, sheʼrning har bir satri insonni aql-farosat bilan ish tutishga undab turadi.

Kimdir shoirlik haqida: “dardi bor odam sheʼr yozadi, yozuvchi-shoir boʻladi”, desa, jimgina yelkamizni qisib qoʻyamiz.

Balki rostdir, dard – insonni kuchli, irodali qiladi, sabr-toqatga oʻrgatadi. Shu jihatdan olib qarasak, irodali, kuchli insonlar sabr-toqatli, metin bardoshli boʻladilar. Yaxshi sheʼr ham ana shu sabr-toqat va metin bardosh mevasi. Odiljonning “Buxorodan sevganman” deb nomlangan sheʼridan men ana shunday taassurot oldim. Sheʼrdagi lirik qahramon balki oʻzidir, balki boshqadir. Nima boʻlganda ham sabr suvini ichib, qatʼiyat va toqatidan kuch olib, metin bardosh bilan yashagan insongina muhabbat dardini yenga oladi:

“Yoʻllar olis boʻlsa ham,

Koʻngil yaqin boʻlsa bas!

Men Mangʻitda kuy chalsam,

Buxorodan kelar sas...”

Bu satrlardan mashhur “Tanovar”ning dillarni oʻrtovchi navolarini his etdingizmi?  Albatta! Ana shu navolar ogʻushida sevgilisi “yoʻliga koʻz tikib”, giryon yashayotgan oshiq (Odiljon)ning katta qalbini ham his etasiz. Buning uchun “Oila – muqaddas” kitobini oʻqing va zavq oling. Kitobning har bir sahifasidan hayot haqiqatlarini topasiz va:

– Amudaryoda shunday shoir ham bor ekan-da! – deya chin dildan hayratlanasiz.

Men esa Odiljon Shomurodovni yangi kitobi bilan, siz aziz kitobxonlarni esa ifori xush sheʼriy guldasta kitob javoningizdan joy olgani bilan tabriklayman.

Robiya YOʻLDOShEVA, Oʻzbekiston Yozuvchilar Uyushmasi aʼzosi. 

Qoraqalpogʻiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan jurnalist.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026