“KORRUPTsIYaGA QARShI KURAShISh VA JINOYaTChILIKNING OLDINI OLISh” MAVZUSIDA SEMINAR OʻTKAZILDI
Bugungi kunda mamlakatimizda jamiyat rivojiga salbiy taʼsir koʻrsatuvchi illatlardan biri boʻlgan korruptsiyaga qarshi kurashish dolzarb masalaga aylandi. Bu boʻyicha qator qonun hujjatlari, hukumat qarorlari va Prezident Farmonlari qabul qilinib, shu asosda amaliy ishlar, tushuntirish-targʻibot tadbirlari yoʻlga qoʻyilgan.
Joriy yilning 4-iyul kuni tuman Tibbiyot birlashmasi xodimlari ishtirokida “Korruptsiyaga qarshi kurashish va jinoyatchilikning oldini olish” mavzusida seminar oʻtkazildi. Ushbu seminarda Fuqarolik ishlari boʻyicha tuman sudi raisi Qayrulla Atamuradov, tuman Adliya boʻlimi va boʻlimning Yuridik xizmat koʻrsatish markazi masʼullari ishtirok etishdi. Seminarda huquqshunoslar Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, “Korruptsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi qonuni, Jinoyat kodeksi, Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeks hamda Mehnat kodeksi, shuningdek, Prezidentimizning 2023-yil 28-iyuldagi “Qoraqalpogʻiston Respublikasi aholisini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash hamda jismoniy shaxslar tomonidan qurilgan uy-joylarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish toʻgʻrisida”gi Farmonining mazmun-mohiyati toʻgʻrisida soʻz yuritdilar. Shuningdek, mamlakatimizda korruptsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish, davlat va jamiyat qurilishining barcha sohalarida korruptsiogen omillarga chek qoʻyishga qaratilgan keng koʻlamli islohotlar va ularning samarasi xususida batafsil maʼlumot berishdi.
Seminar mobaynida korruptsiyani yuzaga keltiruvchi holatlar, ularning oldini olish boʻyicha olib borilayotgan chora-tadbirlar, korruptsiya holati natijasida yuzaga kelgan jinoyatlar oqibati, ushbu holatlar uchun belgilangan jazo va choralar toʻgʻrisida ham atroflicha soʻz yuritildi.
Seminarda ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga ham huquqiy tushuntirishlar berildi.
N.Jumaniyozova, tuman Adliya boʻlimi bosh maslahatchisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶