30.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
30.09.2026, 21:04
Jamiyat 👁 222

Yongʻin xavfsizligi – “Dolzarb 30 kun”davom etmoqda: QURUVChI-IShChILARGA YoNGʻIN XAVFSIZLIGINI TAʼMINLASh YuZASIDAN TUShUNChALAR BERILDI

Yongʻin xavfsizligi – “Dolzarb 30 kun”davom etmoqda: QURUVChI-IShChILARGA YoNGʻIN XAVFSIZLIGINI TAʼMINLASh YuZASIDAN TUShUNChALAR BERILDI

Yongʻin – tilsiz yov. Uning xavflilik darajasi shu qadar yuqoriki, hech qanday shovqin-suronsiz paydo boʻlib, tushgan joyini lahzalar ichida vayronaga aylantiradi. Bekorga xalqimiz “oʻt balosidan saqlasin”, deyishmaydi. Shuning uchun ham favqulodda vaziyatlar va yongʻin xavfsizligi boʻyicha masʼul xodimlar yongʻin kelib chiqishining oldini olish, aholi yashash xonadonlarida, idora va tashkilotlarda, ishlab chiqarish korxonalari hamda tadbirkorlik obʼektlarida tez-tez boʻlishib, favqulodda holatlarning oldini olish yuzasidan zarur tushuntirish ishlari olib borishmoqda.

Ayni paytda esa Yongʻin xavfsizligini taʼminlash maqsadida joriy yilning 10-iyul – 10-avgust kunlari oraligʻida tashkil etilgan “Dolzarb 30 kun” tadbirlari har bir ovul va mahallada, taʼlim-tarbiya muassasalarida oʻtkazilib, unda keng aholi vakillari faol ishtirok etishmoqda.

Ana shunday tadbirlardan biri Amudaryo tumanining Jumurovul mahallasi hududidagi 45-sonli umumtaʼlim maktabi binosida qurish-taʼmirlash ishlarini olib borayotgan “Koʻna qalʼa” MChJ ishchilari ishtirokida ham oʻtkazildi.

Tadbirda, avvalo mazkur maktabda qurish-taʼmirlash ishlarini olib borayotgan muhandis-texnik xodimlar, texnika xavfsizligi boʻyicha masʼullar bilan birgalikda obʼekt hududining yongʻinga qarshi vositalar bilan jihozlanganlik holati koʻzdan kechirildi. Xususan, 500 kubometr suv sigʻimiga ega hovuz, yongʻinga qarshi qalqon, quruvchi-ishchilarning yongʻinga qarshi choralar boʻyicha tushunchalari oʻrganildi.

Shundan soʻng, quruvchi-ishchilar uchun oʻt oʻchirish avtomobili va yongʻinni bartaraf etishda zarur boʻladigan asbob-anjomlar koʻrgazmasi tashkil etilib, yongʻin hodisasi roʻy berganda qanday harakat qilish kerakligi, fuqaro yongʻin sodir boʻlgan obʼekt ichida qolib ketgan taqdirda uni qutqarish, xavfsiz hududga olib chiqish va birinchi yordam koʻrsatish choralari haqida kerakli maʼlumotlar va tushunchalar berildi.

Bundan tashqari, yongʻin hodisasi sodir boʻlganda chaqiruv boʻyicha ketayotgan oʻt oʻchirish avtomobilining koʻchalarda erkin harakatlanishiga sharoit yaratish, yongʻin oʻchirish xizmati xodimlariga fuqarolar tomonidan bilib-bilmay xalaqit berilmaslik toʻgʻrisida tushuntirishlar olib borildi. Shu bilan birga, 45-sonli maktab hududida qurish-taʼmirlash ishlarini olib borayotgan quruvchilar tomonidan elektr energiyasi bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirishda, qora saqich moddasini eritish jarayonida olovdan foydalanishda ehtiyotkorlik bilan ish yuritish boʻyicha tavsiyalar ham berildi.

Boʻlib oʻtgan yongʻin xavfsizligi “Dolzarb 30 kun” doirasidagi koʻrgazmali tadbir “Koʻna qalʼa” MChJ muhandis-texnik xodimlari va quruvchi ishchilarining favqulodda vaziyatlarda amal qilishi zarur boʻlgan bilim va koʻnikmalarini yanada mustahkamladi.

Robiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026