HUDUDIY PROFILAKTIKA INSPEKTORLARINING XIZMAT XONALARI UChUN YaNGI JIHOZLAR TOʻPLAMI TOPShIRILDI
Hududlarga birkitilgan profilaktika inspektorlari jamoat tartibini saqlash, fuqarolar xavfsizligini taʼminlash, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish hamda jinoyatchilikka qarshi kurashish, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini oʻz vaqtida, samarali hal etish borasida doimo oʻz postlarida sobit turib xizmat qilmoqdalar. Aynan ularning fidoyi saʼy-harakatlari tufayli Amudaryo tumanidagi ovul va mahallalarda jinoyatchilik va huquqbuzarlik holatlarining barvaqt oldi olinib, aholi, ayniqsa, yoshlar oʻrtasida bu boradagi tushuntirish-targʻibot ishlari samarali olib borilmoqda.
Qaysi kasb egasi boʻlishidan qatʼiy nazar, xodimning ish sharoiti yaxshi boʻlmasa, ish xonasi oʻz faoliyatini koʻngildagiday yuritishi uchun zarur jihozlar bilan taʼminlanmasa, ishda noqulaylik tugʻdirishi tabiiy. Shu bois, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar Vazirligi tomonidan hududiy profilaktika inspektorlarining oʻzlari biriktirilgan hududlarda amalga oshirayotgan ishlari atroflicha oʻrganildi. Oʻrganishlar jarayonida mamlakatimizdagi koʻplab ovul va mahallalarda IIB profilaktika inspektorining ish xonalari zarur jihozlar toʻplamlari bilan taʼminlanmagani maʼlum boʻldi va bu salbiy holatga barham berishga qaratilgan chora-tadbirlar belgilandi.
Unga koʻra, Amudaryo tumanining ovul va mahalla fuqarolar yigʻini hududida faoliyat yurituvchi 11 nafar profilaktika inspektorlarining ish xonalariga ham zarur jihozlar toʻplamlari olib berildi. Joriy yil 7-avgust kuni Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar Vazirligi tomonidan hududiy profilaktika inspektorlarining ish xonalari uchun tayyorlangan xona jihozlari olib kelinib, Qilichboy, Doʻrman, Kuyuk koʻpir, Choykoʻl, Oʻrta qalʼa ovul fuqarolar yigʻinlari hamda Navoiy nomli, Oybek nomli, Boʻston, Doʻstlik, Chordara, Toshqalʼa mahalla fuqarolar yigʻinlaridagi profilaktika inspektorlariga topshirildi.
Xona jihozlarini hududiy profilaktika inspektorlariga tarqatishga bagʻishlangan tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar Vazirining oʻrinbosari, general-mayor Bekmurod Tojmirzayevich Abdullayevning respublika hududida xizmat olib borayotgan profilaktika isnpektorlariga jamoat tartibini saqlash, fuqarolar xavfsizligini taʼminlash, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish borasida hamda jinoyatchilikka qarshi kurashish, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini oʻz vaqtida samarali hal qilishda ularga zarur ish sharoitlarini yaratish toʻgʻrisidagi qarori oʻqib eshittirildi.
Shundan soʻng, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar Vazirligi ikkinchi mintaqaviy hudud mintaqaviy muvofiqlashtirish Markazi boshligʻi, podpolkovnik Timur Doshumboyev hamda Amudaryo tumani ichki ishlar boʻlimi boshligʻi Jamoladdin Yusupovlar yuqorida nomlari keltirilgan 11 ta ovul va mahalla fuqarolar yigʻinlarining hududiy profilaktika inspektorlariga xona jihozlarini topshirdilar.
Hududiy profilaktika inspektorlari davlatimiz tomonidan koʻrsatilayotgan bu eʼtibor va ragʻbatdan mamnun ekanliklarini bildirdilar.
Robiya YOʻLDOShEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶