30.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
30.09.2026, 19:17
Jamiyat 👁 242

FAVQULODDA VAZIYaTLARNING OLDINI OLIShGA BAGʻIShLANGAN MAXSUS-TAKTIK OʻQUV MAShQI OʻTKAZILDI

FAVQULODDA VAZIYaTLARNING OLDINI OLIShGA BAGʻIShLANGAN MAXSUS-TAKTIK OʻQUV MAShQI OʻTKAZILDI

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining raisi, Fuqaro muhofazasi boshligʻining 2023-yil 14-avgustdagi 10-sonli hamda Amudaryo tumani Fuqaro muxofazasi boshligʻining 2023-yil 15-avgust kungi 7-sonli buyruqlari ijrosini taʼminlash maqsadida Amudaryo tumanida 2023-2024-yillar kuz-qish mavsumida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish va hamkorlikdagi tashkilotlarning toʻgʻri harakat qilishlari boʻyicha joriy yilning 16-avgust sanasida Amudaryo tumani FVDqT xizmatlari va mexanizatsiya yigʻma komandalari bilan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi.

Mazkur maxsus-taktik oʻquv mashqini oʻtkazishdan maqsad 2023-2024-yillar kuz-qish mavsumida Amudaryo tumani hududida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan kommunal tizimlaridagi favqulodda vaziyatlarning oldini olish boʻyicha yuklatilgan vazifalarni oʻz vaqtida va sifatli bajarish, maxsus-taktik oʻquv mashqida tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etishda FVDT hududiy va quyi tizimlari kuch-vositalarining hamkorlikdagi harakatlarini takomillashtirish va muvofiqlashtirish ishlarini samarali tashkil etishdan iborat boʻlib, 4ta bosqichda amalga oshirildi.

Maxsus-taktik oʻquv mashqining 1-bosqichida Qoraqalpogʻiston Respublikasi FVB boshligʻining birinchi oʻrinbosari - Shtab boshligʻi, polkovnik B.Orazbayev, Amudaryo tumani hokimining oʻrinbosari, “Yigʻma komanda” komandiri N.Kamolov, Qoraqalpogʻiston Respublikasi FVB boʻlim boshligʻi, podpolkovnik Ye.Arzuyev va Amudaryo tumani Favqulodda vaziyatlar boʻlimi boshligʻi, podpolkovnik I.Hosilovlar boshchiligida Yangiobod MFY hududida joylashgan Amudaryo tuman hokimligi binosi oldida tuman FM xizmatlari yigʻma komandasi va yigʻma mexanizatsiya otryadlarining kuch va vositalari tayyorgarligini koʻzdan kechirish uchun saf koʻrigi oʻtkazildi. Saf koʻrigida 23ta texnika va 106ta shaxsiy tarkib ishtirok etdi.

Tadbirning 2-bosqichida tuman gaz taʼminoti xizmati kuch va vositalarining gaz quvurlarida yuzaga kelgan avariyalarni bartaraf etishdagi amaliy harakatlari koʻzdan kechirildi. Kuzatish jarayonida 2023-2024-yil kuz-qish mavsumi oldidan Amudaryo tumani boʻyicha jami 24 476ta aholi xonadoni suyultirilgan gaz bilan bir maromda muntazam taʼminlanib kelinayotgani maʼlum boʻldi. Shuningdek, tadbirda tumandagi 24 476ta xonadonlarga ID karta tarqatilib, jami aylanmadagi 28 402 dona filial ijara ballonlari va aholining oʻz hisobidagi 2 540ta gaz ballonlariga yorliq (stiker)lari yopishtirilgani koʻrsatib berildi.

Shoxobchalarga uzoq boʻlgan hududlardagi 8 169ta xonadonda yashovchi istemolchilarga maxsus ISUZU avtomoshinalarida suyultirilgan gaz ballonlari yetkazib berilayotgani alohida qayd etildi.

Maxsus-taktik oʻquv mashqining 3-bosqichida tuman energetika xizmati kuch va vositalarining elektr tarmoqlarida yuzaga kelgan avariyalarni bartaraf etishdagi amaliy harakatlari koʻzdan oʻtkazildi. Unga koʻra, 2023-2024-yil kuz-qish mavsumi oldidan reja buyicha havo tarmoklari rejada belgilangan quvvatdagi elektr energiyasini oʻtkazish quvvatiga egaligi, tarmoqlarga tegib turgan daraxt shoxlaridan tozalanib, salqi simlar qayta tortilgani, tayanchlar raqamlangani va reja boʻyicha 108 dona transformator punkti holati yaxshilangani nazoratdan oʻtkazildi. Tadbir jarayonida transformatorlarning shitlari boʻyalib, avtomatlari, rubilniklari, predoxranitellari ichki jihozlari almashtirilgani va tevarak-atroflari yovvoyi oʻtlardan tozalanib, 46 dona transformator punktlari kapital taʼmirdan chiqarilgani va boshqa barcha zarur tayyorgarlik ishlari amalga oshirilgani maʼlum boʻldi.

Maxsus-taktik oʻquv mashqining 4-bosqichida tuman suv taʼminoti xizmati kuch va vositalarining suv quvurlarida yuzaga kelgan avariyalarni bartaraf etishdagi amaliy harakatlari koʻzdan kechirildi.

Maʼlum boʻlishigcha, ayni paytda Amudaryo tumanida jami 323,2 km. uzunlikda suv tarmoqlari mavjud boʻlib, shundan 194 km. suv quvurlari eskirgan. Markazlashgan ichimlik suvidan foydalanuvchi abonentlar soni esa 11 371tani tashkil etadi. 1 210ta xonadon koʻcha kolonkasidan foydalanadi. Shulardan 4 935ta xonadonga suv oʻlchagich asboblari oʻrnatilgan boʻlib, aholining 44,3 foizi markazlashgan ichimlik suvi bilan taʼminlangan.

Bugungi kunda tumanda 6 436ta xonadonga maxsus avtotransportlar orqali ichimlik suvi tashib berish yoʻlga qoʻyilgan boʻlib, aholining 36,8 foizi muqobil (quduq) suv manbalaridan foydalanishadi.

Maxsus-taktik oʻquv mashqi jarayonida 2023-2024-yillar kuz-qish mavsumida aholining sifatli tabiiy gaz, elektr energiyasi va ichimlik suvi va issiq suv bilan taʼminlanishi borasidagi tayyorgarlik ishlarining holati atroflicha oʻrganilib, favqulodda vaziyatlar sodir boʻlishining oldini olish borasida sohalar masʼullariga zarur topshiriq va tavsiyalar ham berildi.

Robiya YOʻLDOShEVA.

 

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026