15.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
15.08.2026, 11:03
Jamiyat 👁 183

KAMTARLIKDAN KAMOL TOPGAN AYoL

 KAMTARLIKDAN KAMOL TOPGAN AYoL

Ayol – sirli xilqat! Uning nozikkina jussasida bir olam qudrat, sabr-bardosh, ummondek poyonsiz mehr-muhabbat yashirin. Oiladagi muhit, farzandlar tarbiyasi ayolning salohiyatiga, fidoyiligiga bogʻliq. Shuningdek, jamiyatimizda ayollar mehnat qilmaydigan biror soha yoʻq. Ular yurtimiz ravnaqiga ham munosib hissa qoʻshadilar.

Mangʻit shahrining Yangiobod mahallasida istiqomat qiluvchi Raʼno opa Yoʻldosheva ham bekalik, ham onalik burchini ado etish barobarida umr boʻyi turli masʼul lavozimlarda ishlab, el mehrini, eʼtiborini qozonganlarning biri.

Opa  ilm-maʼrifatli inson, hayoti davomida masʼul lavozimlarda ishlab, tumanimiz tarixida munosib iz qoldirgan Yoʻldosh Boboniyozov va Shalman Boboniyozovalar oilasida 1949-yilda toʻrtinchi farzand boʻlib dunyoga keldi. Oʻrta maktabni tugatgach, oʻzidan katta akasi, opalari kabi ilm olishga intildi. Biroq u tugʻishganlari kabi oʻqituvchilikka emas, pillachilik sohasiga qiziqdi. Shu bois, Samarqand davlat qishloq xoʻjaligi institutiga oʻqishga kirib, olim-agronom mutaxassisligiga ega boʻldi.

Raʼno Yoʻldosheva 1971-1973-yillarda tumanimizning Qangli xoʻjaligida ipakchilik agronomi, 1973-1979-yillarda Mangʻit bosh pillaxonasi mutaxassisi, 1979-1986-yillarda tuman partiya qoʻmitasi yoʻriqchisi, 1986-1988-yillarda Doʻstlik xoʻjaligi partiya qoʻmitasi kotibi, 1988-1992-yillarda tuman partiya qoʻmitasining mafkura boʻyicha kotibi, 1992-1999-yillarda tuman Mehnat birjasi direktori, 1999-2003-yillarda “Mangʻit pilla” ochiq aktsiyadorlik jamiyati raisi boʻlib ishladi. 2003-yildan beri esa nafaqada, turmush oʻrtogʻi, bir umr tuman Suv qurilishi boshqarmasida masʼul lavozimlarda ishlagan Jumaniyoz Shomurodov bilan birga bunyod etgan moʻʼjaz va ahil oilasida nevaralar tarbiyasi bilan band.

Yaratganning ularga bergan eng ulugʻ inʼomi – uch oʻgʻil, ikki qizni tarbiyalab voyaga yetkazish, oilada bekalik burchini ado etish, roʻzgʻor tashvishlari bilan bir qatorda bir umr masʼul rahbarlik lavozimlarida ishlashni opa qanday uddaladi, menga qorongʻu.

Biroq shu narsani aniq ayta olaman: u mansabdorman, deb kibrga berilmadi, xizmat mashinasida borayotirib ham yoʻlida uchraganga salom berishni kanda qilmadi, katta-yu kichikni birday hurmat qildi, qabuliga muammolarini aytib kelgan odamni noumid qaytarmadi.

Kamtarga kamol, deydi dono xalqimiz. Ehtimol, Raʼno Yoʻldosheva ham kamtarligi, yurtdoshlarimizga jonkuyarligi, halol mehnatlari tufayli bugungiday baxtiyor ayol, elda eʼzozli nuroniy onaxonga aylangandir? Oliy maʼlumotli mutaxassislar boʻlib yetishib, turli sohalarda ota-onasi kabi fidoyilik bilan mehnat qilayotgan Rashidjon, Nigora, Rasuljon, Mohira, Rahmonjonlarning kamoliga quvonib, omonligini tilab oʻtirgan opaning tilidan shukrona tushmaydi. Oʻzbek ayolining matonati, aql-idroki, salohiyati, odamgarchiligi, kamtarligi shu kichkina jussasiga jo boʻlgan R.Yoʻldoshevaning mehnatlari ham qadrlanib, munosib eʼtirof etilgan: u 2001-yilda “Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 10 yilligi” koʻkrak nishoni, shu yilda “Qoraqalpogʻistonda xizmat koʻrsatgan pillachi” Faxriy unvoni sohibasi boʻldi.

Opaning hayotida joriy yilning 19-avgustida yana bir quvonchli voqea boʻldi.  U birinchi darajali “Mehnat faxriysi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi. Bu uning uzoq yillar davomidagi samarali mehnatlariga berilgan bahodir.

Opani mehnatlarining eʼtirofi bilan qutlab, uzoq umr, sihat-salomatlik tilab qolamiz.

Oygul RAJABOVA.

 

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019