Jamiyat
👁 2,193
Ayol yuragida gullaydi Bahor!
Bu koʻhna dunyoda ming bir sinoat:
Quyosh nuri tushmas necha makon bor.
Bu qandayin sir, qanday karomat,
Faqat bir koʻngilda nur toʻla viqor!
Ona yer harsillar, fasli ziroat,
Unmoqqa oshufta bogʻlar ham bedor.
Eng avval BAXT soʻzin etib qiroat,
Ayol yuragida gullaydi Bahor!
Tonglar ham uygʻonar uning koʻzida,
Hayot zavqi bilan toʻladi koʻngil.
"Jonim!”-deb evrilib turgan kezida,
Mehr-muhabbatdan toshib ketar Dil!
Ism-u jism ila monand, payvasta,
Zulfiya yo Shirin va yoki Sanam.
U beshik ustiga egilgan paytda,
Ayol mehri bilan yashaydi olam.
Quyoshning tafti bor quchoqlarida,
Gul-u rayhonlarning ajib ifori.
Hayot balqib turgan qaroqlarida,
Istiqlol yurtining mangu Bahori!
Qaysidir donishmand aytmish: "aslida
Bahor – Ayol koʻnglin inʼikosidir.
Gar ul zot boʻlmasa odam naslida,
Bu – hayot faslining intihosidir.”
Hayot porlab tursin Zamin ustida,
Ey koʻngil, sen uni koʻzlaringga surt.
Mangu tiriklikka mangu qasida –
Ayolin qadrlab yashayotir YuRT!
Ana, duodadir keksalar xurram,
Tabarruk aylashib Alloh inʼomin:
–Tinch boʻlsin ona YuRT, Ona – mukarram,
Bahorday gullasin iloho, om-i-i-n!
Quyosh nuri tushmas necha makon bor.
Bu qandayin sir, qanday karomat,
Faqat bir koʻngilda nur toʻla viqor!
Ona yer harsillar, fasli ziroat,
Unmoqqa oshufta bogʻlar ham bedor.
Eng avval BAXT soʻzin etib qiroat,
Ayol yuragida gullaydi Bahor!
Tonglar ham uygʻonar uning koʻzida,
Hayot zavqi bilan toʻladi koʻngil.
"Jonim!”-deb evrilib turgan kezida,
Mehr-muhabbatdan toshib ketar Dil!
Ism-u jism ila monand, payvasta,
Zulfiya yo Shirin va yoki Sanam.
U beshik ustiga egilgan paytda,
Ayol mehri bilan yashaydi olam.
Quyoshning tafti bor quchoqlarida,
Gul-u rayhonlarning ajib ifori.
Hayot balqib turgan qaroqlarida,
Istiqlol yurtining mangu Bahori!
Qaysidir donishmand aytmish: "aslida
Bahor – Ayol koʻnglin inʼikosidir.
Gar ul zot boʻlmasa odam naslida,
Bu – hayot faslining intihosidir.”
Hayot porlab tursin Zamin ustida,
Ey koʻngil, sen uni koʻzlaringga surt.
Mangu tiriklikka mangu qasida –
Ayolin qadrlab yashayotir YuRT!
Ana, duodadir keksalar xurram,
Tabarruk aylashib Alloh inʼomin:
–Tinch boʻlsin ona YuRT, Ona – mukarram,
Bahorday gullasin iloho, om-i-i-n!
Robiya YOʻLDOShEVA.
(Foto-www.uza.uz)
(Foto-www.uza.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶