30.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
30.09.2026, 16:10
Jamiyat 👁 166

HUNARIDAN RIZQ TOPAYoTGAN AYoL

HUNARIDAN RIZQ TOPAYoTGAN AYoL

Olmazor mahallasi tumanimizning yashil toifadagi tinch-osoyishta, obod va fayzli goʻshalaridan hisoblanadi. Mahalla fuqarolar yigʻini masʼullari hududdagi xonadonlarda tez-tez boʻlishib, ishsiz, ishga yaroqli fuqarolarning bandligini taʼminlashga, ularga munosib turmush sharoitlari yaratishga harakat qilishadi, ayniqsa manzilli qoʻllab-quvvatlash daftarlariga kirilgan yoshlar, ayollarning holidan xabar olishib, imkon qadar qoʻllab-quvvatlashga intilishadi.

“Ayollar daftari”ning 6-toifasiga roʻyxatga olingan Shahlo Bekmurodova 5 nafar farzandning onasi, 4 nafari hali voyaga yetmagan, kichkinasi esa 2 yoshda. U uzoq yillar farzandlari tarbiyasi bilan shugʻullandi. Turmush oʻrtogʻi Rustam Oʻtaboyev oʻz xizmat lavozimida sidqidildan ishlab, oilasini taʼminlab qoʻyishga harakat qilayotgan boʻlsa-da, Shahlo bekor oʻtiraverishni oʻziga ep koʻrmadi.

Mamlakatimizda ayol-qizlarni qoʻllab-quvvatlash, ularning hech kimdan kam boʻlmay mehnat qilishlariga, oʻz iqtidorini namoyon etishlariga sharoit yaratish uchun qilinayotgan gʻamxoʻrliklar unga dalda boʻldi. Ishlash istagini, lekin farzandlarini qarovsiz qoldirib keta olmasligini mahalla fuqarolar yigʻini masʼullariga borib aytdi. Ularning maslahatiga koʻra, tikuvchilik faoliyatini yoʻlga qoʻyib, oʻzini oʻzi band qildi.

Uning aynan tikuvchilik yoʻnalishini tanlagani bejiz emasdi. Chunki bolaligida buvisi unga doʻppi, kiyimlar tikishni oʻrgatgan, har bir qizning qoʻlida hunari boʻlsa, hayotda qiynalmaydi, hunarli boʻl, xor boʻlmaysan, deya koʻp nasihat qilardi. Oʻzi nevarasining qoʻliga ninani olib, choklarni tikishini kuzatib oʻtirar, erinmay xato qilgan joylarini qayta tikishni buyurardi, ulgʻaygach, ishni tikuv mashinada ishlaydigan boʻldi. Shu tariqa yillar oʻtib, binoyiday chevar boʻldi. Ota uyida vaqtida dastlab Mangʻitdagi, keyinchalik Toshkentdagi tikuv tsexlarida ishladi.

Shahlo Bekmurodovaning buvisidan oʻrgangan bu hunari hayotida juda asqotdi. Hozirgi kunda ham oʻz oilasida, farzandlariga koʻz-quloq boʻlib oʻtirib tikkan kiyimlari mijozlarga juda manzur boʻlayotir. U buyurtma asosida turli fasonlarda ayollar, erkaklar va bolalar kiyimlarini tikishdan tashqari, turli oʻlchamdagi kiyimlarni tikib, bozorga ham chiqaradi.

Ota-bobolarimiz “hunar ­– hunardan rizqing unar”, deb bejiz aytishmagan. Qolaversa, nechta hunaring boʻlsa-da, koʻplik qilmaydi odamga. Buni juda yaxshi his qilgan Shahlo Bekmurodova mahalla fuqarolar yigʻini masʼullari koʻmagida 5,5 million soʻm imtiyozli kredit hisobiga turli pishiriqlar pishiradigan uskuna sotib oldi va bu borada ham ancha mahoratga ega boʻldi. Tinib-tinchimas ayol yaqinda tadbirkorlik asoslari boʻyicha oʻquv kursida oʻqib, maxsus sertifikat oldi va faoliyatini kengaytirish, tadbirkor sifatida tikuv tsexi ochish niyatida.

Mamlakatimizda tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish va amalga oshirish bilan bogʻliq munosabatlar tartibga solinib, tadbirkorlarga keng imkoniyatlar yaratilayotgani uni ulkan marralarga chorlaydi, fuqarolarning tadbirkorlik faoliyatida erkin ishtirok etishi va manfaatdorligi uchun shart-sharoitlar yaratilganligi, qonuniy manfaatlari himoya qilinayotganidan quvonadi.

Yurtimizda Shahlo kabi intiluvchan, mehnatkash va oilasiga fidoyi ayollar koʻpayaverishini tilab qolamiz.

Oygul RAJABOVA

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026