30.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
30.09.2026, 14:50
Jamiyat 👁 7,863

ELGA YaRAShGAN EZGU ANʼANA

ELGA YaRAShGAN EZGU ANʼANA

Xalqimiz azal-azaldan bayramlarni, qutlugʻ kunlarni oʻzgacha tayyorgarlik bilan qarshilaydi. Avvalo, koʻcha va guzarlarni, xonadon va hovlilarni tartibga keltirib, tozalik va orastalikni bosh masala qilib belgilaydi. Kun sayin yaqinlashayotgan ulugʻ ayyom – Navroʻzi olam arafasida xalqimizning ana shu ezgu anʼanasi umumxalq xashari koʻrinishida butun Respublikamiz boʻylab uyushqoqlik bilan oʻtkazildi.

Xalqimizning asrlar osha hayotidan teran joy egallagan va bizgacha yetib kelgan urf-odatlari, anʼanalari va qadriyatlarini oʻzida jamlagan asl milliy bayramimiz – Navroʻzi olamni munosib nishonlashga hozirlik qizgʻin pallaga kirgan 14-15-mart kunlari butun mamlakatimizda boʻlgani kabi tumanimizda ham umumxalq hayriya xashari oʻtkazildi.

Hashar – elga yarashar, -deydi xalqimiz. Chindan-da mehnat jamoalari, umumtaʼlim maktablari, oʻrta maxsus kasb-hunartaʼlimi oʻquvchilari, oʻqituvchilari, vaqtincha ishsiz, mehnatga yaroqli fuqarolarning hashar davomida ogʻzibirchilikda qilgan mehnatlari tufayli chor-atrofimiz oʻzgacha chiroy kasb etdi. Xususan, hashar kunlarida oʻnlab kilometr ariq va zovurlar tozalandi, chiqindilar tashkiliy ravishda chiqarib tashlandi. Minglab tup mevali va manzarali daraxtlar, gul koʻchatlari ekildi. Daraxtlarga shakl berildi.

Maʼlumki, joriy yilning mart va aprel oylari Obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish oyligi deb belgilangan edi. tuman hokimligining ushbu farmoyishni qabul qilishdan maqsad ovul va mahallalar hududlarini, aholi turar joylarini obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish, sanitariya-epidemiologiya holatini yaxshilashdan iboratdir. Bugun har bir ovul va mahallada ommaviy ravishda gul koʻchatlari, mevali va manzarali daraxtlar ekish uchun yerlarni tayyorlash, boʻsh hududlarda bogʻlar barpo etish, daraxtlarni butash va oqlash, koʻchalar hamda yoʻlaklarni tartibga keltirish kabi ishlarga uyushqoqlik bilan kirishilmoqda.

Muhimi, xashar kunlari joylarda nafaqat obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi, balki turli mutasaddi tashkilotlarda mehnat qilayotgan xodimlarning bir kunlik ish haqi miqdoridagi mablagʻlar Oʻzbekiston "Mahalla” xayriya jamoat fondining respublika boshqaruvi hamda uning hududiy boʻlinmasining bankdagi hisob-raqamlariga oʻtkaziladi. Bu mablagʻlar esa aholining ehtiyojmand qatlamiga, yolgʻiz qariyalar, nogiron va muhtojlar holidan xabar olish, kam taʼminlangan, koʻp bolali, boquvchisini yoʻqotgan oilalarga moddiy va maʼnaviy jihatdan koʻmak berish, ijtimoiy yordam koʻrsatishdek xayrli amallarga sarflanishi koʻzda tutilgan.

Joylarda obodonlashtirish ishlari bilan bir qatorda, asosiy eʼtibor, «Keksalarni eʼzozlash yili» Davlat dasturi tadbirlari ijrosini taʼminlashga qaratildi. Umumxalq xayriya hashari kunlarida mahallalarda istiqomat qilayotgan nuroniylarning holidan xabar olinib, yoshlar ularning uy ishlariga yordamlashdilar va duolarini oldilar.

Qadamjolar, ziyoratgohlar, qabristonlarni tartibga keltirilib, tozalash ishlari olib borildi.

Yurtdoshlarimizning hashar kunlarida bir oila farzandlariday boʻlib, hamjihatlikda qilgan mehnatlari tufayli umumiy uyimiz - yurtimiz oʻzgacha chiroy kasb etdi, hashar bayram tusini oldi.


Gʻ.Yeshniyozov

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026