LEYŞMANIOZ KASALLIGINI ISKABTOPAR ÇIVINLAR TARQATADI
Leyşmanioz – odamlarda va hayvonlarda uçraydigan transmissiv protozoy kasallik bölib, qözğatuvçisi sodda turga mansub bir hujayrali organizm leyşmaniyalar hisoblanadi. Iskabtopar çivinlar kasallik taşuvçi bölib, çaqiş yöli bilan yuqtiradilar. Insonda isitmalaş, içki aʼzolar yoki teri töqimalarining şikastlanişi bilan namoyon böladi.
Leyşmanioz kasalligining teri va vestseral turlari uçraydi. Teri leyşmaniozida çivin çaqqandan söng, yara paydo böladi va inkubatsion davr asosan 1-4 haftagaça, baʼzan 1,5-2 oygaça davom etadi. Qiçişiş bilan boşlanib, terida bir umrlik çandiq qolişiga sabab böladi. Teri leyşmaniozi kasalligi bilan barça yoşdagilar kasallanişi mumkin. Kasallikdan söng, mustahkam immunitet paydo bölib, bir umrga saqlanadi va kamdan-kam hollarda qaytalaniş mumkin.
Aholi punktlarida iskabtoparlar asosan pollar ostida, axlatxonalar va boşqa şunga öxşaş joylarda köpayadi. Tabiiy şaroitda ular kemiruvçilar, quşlar inida, daraxtlar kovaklarida köpayadilar. Tabiiy öçoqlarda iyul va avgust oylarining boşi ularning köpayadigan davri hisoblanadi.
Vestseral leyşmanioz qözğatuvçilari esa jigar, taloq, limfa tugunlarida rivojlanib, asta-sekin odam organizmining zaharlanişiga olib keladi. Bu kasalik bilan asosan 1 yoşdan 5 yoşgaça bölgan bolalar kasallanadi. Kasallik manbai asosan itlar, böri, tulki va boşqalar bölişi mumkin. Vestseral leyşmanioz kasalligida tösatdan tana harorati 39-40 gradusgaça kötarilişi bilan boşlanib, surunkali keçadi. Ayrim hollarda kasallik asta-sekinlik bilan boşlanib, umumiy holsizlik, terining rangsizlanişi, toşmalarning paydo bölişi bilan xarakterlanadi. Kasallikning birinçi alomatlari boşlanganda şifokorga zudlik bilan murojaat qiliş kerak. Çunki kasallikning natijasi öz vaqtida va töğri davolaşga boğliq.
Iskabtoparlarni kamaytiriş uçun aholi punktlari hamda xonadonlarda obodonlaştiriş işlarini olib boriş kerak. Şuningdek, xonadonlar devorlarining pastki qismlarini beton qoplamalar bilan qoplaş, köçalarni asfaltlaştiriş, hovlilarni pişiq ğişt bilan qoplaş maqsadga muvofiqdir.
T.Atamuradov, şifokor-parazitolog.
A. Allayarov, entemolog.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶