01.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
01.10.2026, 16:57
Salomatlik 👁 616

Amudaryo tumanida tibbiyot xodimlari kuni keng nishonlandi

Amudaryo tumanida tibbiyot xodimlari kuni keng nishonlandi

Yurtimizda har yili noyabr oyining ikkinchi yakshanbasi tibbiyot xodimlari kuni deb belgilanib, bayram sifatida nishonlanishi davlatimiz va jamiyatimizning salomatligimiz posbonlariga nisbatan yuksak eʼtibor va hurmatining yaqqol namunasidir. Amudaryo tumanida ham ushbu sana har yili keng tantana qilinadi, tibbiyot fidoyilari, tajribali shifokorlar, faxriylar uchun tadbirlar tashkillashtiriladi.

Anʼanaga muvofiq 11-noyabr kuni Mangʻit shahridagi fayzli “Xon” toʻyxonasida tadbir oʻtkazilib, bemorlar dardiga darmon boʻlguvchi sharafli kasb egalari – shifokor hamda hamshiralar uchun tuman hokimligi hamda tuman Tibbiyot birlashmasi tomonidan bayram dasturxoni yozildi.

Tantanali tadbirda tuman hokimi Sobir Xoʻjametov, sektorlar rahbarlari, xalq salomatligi yoʻlida, fidoyilik bilan mehnat qilayotgan tibbiyot xodimlari ishtirok etishdi.

Shifokorlar har davrning qahramonlari hisoblanadi. Dunyo yaralibdiki, ushbu sharafli kasb oʻz qadri va ahamiyatini yoʻqotmagan. Bugun ham tibbiyot xodimlari har qachongidan ham koʻproq, boshqa kasb egalaridan-da ziyoda eʼzozga, eʼtirofga sazovordir.

Tadbir avvalida tuman hokimi Sobir Xoʻjametov tumanimizdagi barcha tibbiyot xodimlarini 12-noyabr – tibbiyot xodimlari kuni munosabati bilan tabriklab, ularning sharafli ishlarida muvaffaqiyatlar tiladi hamda tibbiyot sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, erishilayotgan yutuqlarga ham toʻxtalib oʻtdi.

Bayram kechasida xalq salomatligi yoʻlida fidokorona mehnat qilayotgan bir guruh shifokor va hamshiralar tashakkurnomalar hamda esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi. Shuningdek, tibbiyot sohasida koʻp yillardan buyon samarali mehnat qilib kelayotgan soha vakillariga tuman hokimligi hamda Tibbiyot birlashmasi tomonidan faxriy yorliqlar topshirildi.

Aytish joizki, bugungi kunda tuman Tibbiyot birlashmasida 295 nafar shifokorlar faoliyat yuritib kelmoqda. Shundan 189 nafari toifaga ega shifokorlardir. Aholi salomatligini mustahkamlash yoʻlida Tibbiyot birlashmasi tarkibida 415-oʻrinli Markaziy shifoxona, 36-oʻrinli xoʻjalik hisobidagi Reabilitatsiya boʻlimi, 14ta ambulatoriya-poliklinika muassasalari, jumladan, 1ta koʻp tarmoqli Markaziy poliklinika, 9ta Oilaviy poliklinika va 4ta Oilaviy shifokorlik punktlari xizmat koʻrsatib kelmoqda.

Tuman hududidagi ovul va qishloqlar aholisiga oilaviy poliklinikalar va shifokorlik punktlari orqali tibbiy xizmat koʻrsatish yoʻlga qoʻyilgan. Ushbu tibbiyot muassasalariga 24 ming 293 ta xonadondagi 134 ming 733 nafar aholi biriktirilgan. Muassasalarda 91 nafar umumiy amaliyot shifokorlari, 328 nafar oʻrta tibbiyot xodimlari, shundan 212 nafar patronaj hamshiralari malakali tibbiy xizmat koʻrsatadi.

Mangʻit shahri hududidagi 12 ming 669ta xonadonda yashovchi 70 ming 111 nafar aholi esa koʻp tarmoqli Markaziy poliklinikada yoʻlga qoʻyilgan tibbiy xizmatdan foydalanadi. Poliklinikada 102 nafar shifokor, shundan 34 nafari umumiy amaliyot shifokori hamda 183 nafar oʻrta tibbiyot xodimi, shundan 68 nafari patronaj hamshiralari aholi salomatligini asrashda fidoyilik koʻrsatib kelmoqda.

Bayram tadbiri davomida soʻzga chiqqanlar tibbiyot xodimlari timsolida oʻz halovatidan kechib, kecha-yu kunduz xalq salomatligi yoʻlida fidoyilik bilan xizmat qiluvchi kasb egalari gavdalanishini taʼkidlab oʻtdilar. Inson salomatligi jamiyatning bebaho boyligi, shifokorlar esa ana shu boylikning fidoyi posbonlari ekanligi alohida qayd etildi. Bugungi kunda tibbiyot tizimida keng koʻlamli islohotlar izchil amalga oshirilayotgani, tibbiyot muassasalarining yangidan-yangi binolari qad rostlab, ularning moddiy-texnik bazalari mustahkamlanayotgani minnatdorchilik bilan eʼtirof etildi.

Tuman Madaniyat boʻlimi tomonidan namoyish etilgan katta musiqiy dastur tadbirga yanada fayz kiritdi va barchaga bayramona kayfiyat ulashdi. Tibbiyot xodimlar kuniga bagʻishlangan bayram tadbiri shoʻx kuy-qoʻshiqlar va dilrabo raqslar bilan davom etdi.

Chindan-da soʻnggi yillarda yurtimizda tibbiyot sohasi juda tez rivojlanmoqda. Aholiga birlamchi tibbiy xizmat koʻrsatuvchi qishloq vrachlik punktlari va oilaviy poliklinikalardan tortib tor doiraga ixtisoslashgan tibbiyot maskanlarigacha barchasi davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan zamonaviy tarzda jihozlanmoqda. Xususiy tibbiy muassasalar ham aholi salomatligini mustahkamlash va kasalliklarni davolashda ilgʻor hamda zamonaviy tibbiy uskunalar, asbob-anjomlardan foydalanib, yuqori koʻrsatkichlarga erishmoqda. Natijada aholining oʻrtacha umr koʻrish koʻrsatkichi oshib, turli kasalliklarning oldi olinmoqda, minglab bemorlar fidoyi tibbiyot xodimlaridan shifo topmoqda. Bir soʻz bilan aytganda, tibbiyot xodimlari inson salomatligini asrash va mustahkamlashdek masʼuliyatli vazifani sharaf bilan ado etib kelmoqdalar.

Fursatdan foydalanib, yurtimizda faoliyat yuritayotgan barcha tibbiyot xodimlarini kasb bayramlari bilan tabriklab, kelgusi ishlariga omad vazafarlar tilaymiz!

Tuman hokimligi Axborot xizmati

🎬 Videogalereya Barchasi →
Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026