30.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
30.09.2026, 14:49
Jamiyat 👁 303

AMU ELINING MAʼNAVIYaTLI, IBRATLI AYoLI

AMU ELINING MAʼNAVIYaTLI, IBRATLI AYoLI

Ayol. Unga goʻzallik va nafosat timsoli, deya taʼrif beramiz. Gʻam-u tashvishlarini sezdirmay, har qanday  davraga yashnab-yasharib kirib kelishlaridan dilimizdagi hayrat tilimizga koʻchadi: “Xuddi bahorga oʻxshaydi-ya!”

Mehnat, yaratuvchanlik gali kelganida butun vujudidan kuch yogʻilib oldinga intilishlaridan havaslanib, koʻzlarimiz yonib ketadi: “bunchalar jasoratli boʻlmasa u!” Farzandiga bagʻrini keng ochib evrilganida, elim, yurtim, deb oʻzini fido  qilmoqqa shaylanganida uning matonati, maʼnan boy qalbi qoshida taʼzim qilamiz. Dunyolar oʻzgarishi mumkin, farzandlar oʻzgarishi mumkin, lekin u hech qachon oʻzgarmaydi. Chunki uning jism-u jonida mehr, oqibat, matonat, jasorat, fidoyilik mangu muhrlangan. Mening bugungi qahramonim, agar taʼbir joiz boʻlsa, ana shunday fazilatlar sohibasi.

Oddiy qishloq ayoli – Tazaxan Qidirniyazova bilan ilk  uchrashuvimiz, ilk suhbatimizdanoq, yashirmayman, koʻnglimdan: “oʻzi oddiygina maktab kutubxonachisi ekan, oʻquvchilarni ergashtirib shundan-shunga bir dasta sheʼrni koʻtarib kelibdi-ya, rahmat-yey”, – degan oʻy kechgan. Chunki Nazarxon qishlogʻi qayda-yu, Mangʻit shahri qayerda? Koʻpchilik Nazarxon qishlogʻini Amudaryo tumanining “Kamchatkasi” deyishlaridan ham ayonki, qishloq bilan tuman markazi orasidagi masofa kamida 35-40 chaqirim atrofida.

– Bolalar sheʼriyatga qiziqishadi, barchasi kitobxon, yozganlari binoyiday, siz ham bir koʻring, deb olib  kelaverdim, – dedi Tazaxon qoʻlimga bir dasta daftarni tutqazarkan.

Oʻshanda 2019-yilning qahraton qishi edi. Sovuqni ham pisand qilmay, 3-sonli maktab oʻquvchilarining ijod namunalarini qoʻltiqlab, uch-toʻrt nafar nazarxonlik havaskor shoirlarni yetaklab, shuncha yoʻl bosib kelgan Tazaxan koʻzimga chinakam maʼnaviyat fidoyisi, jasoratli ayol boʻlib koʻringandi. Vaqt oʻtib, bu tinib-tinchimas qoraqalpoq qizini qayta-qayta kashf etdim.

U men oʻylaganimdan ham kuchliroq, matonatli, fidoyi, oilasi, el-u yurtiga mehr-oqibatli, tabiatan joʻshqin xulq-atvor sohibasi, bundan ham muhimi, oʻz kasbiga, oʻziga nisbatan talabchan, qatʼiyatli  mutaxassis ekanligiga amin boʻldim.

Tazaxan Qidirniyazova 1982-yilda Nukus shahrida tugʻildi. Umumtaʼlim maktabini muvaffaqiyatli tugatgach,  Xoʻjayli servis texnikumida tahsil  oldi. Ilk mehnat faoliyatini  2018-yilda boshlagan Tazaxan eng avvalo maktabda yillar davomida shunchaki, nomigagina kutubxona vazifasini oʻtab kelayotgan maktab kutubxonasini tartibga keltirishdan boshladi. U avvalo kitoblarni alfavit tartibida bibliografik tizimga oldi. Kutubxona aʼzolarining aʼzolik varaqalarini va kitobxonlar roʻyxatini shakllantirdi. Kutubxonaga tashrif buyuruvchilar uchun mavjud kitoblar va ularning mualliflari haqidagi qisqacha maʼlumotlar yuzasidan alohida burchak tashkil etdi. Natijada kutubxona aʼzolari safi kun sayin oshib, 1-sinfdan tortib, 11-sinf oʻquvchilari, hatto maktab yaqinidagi xonadonlarda yashovchi nazarxonlik kitobxonlar uchun 3-sonli maktab kutubxonasi haqiqiy maʼnaviyat maskaniga aylandi. Kitobxon oʻquvchilar safi oshgan sari ular orasida sheʼriyatga, ijodga moyilligi bor yoshlarni koʻrgan Tazaxan 2019-yilda oʻquvchilarning maktabdan tashqari vaqtlarini mazmunli oʻtkazishlariga koʻmaklashish maqsadida “Yosh qalamkashlar” toʻgaragini tashkil etib, havaskor ijodkor oʻquvchilar bilan shugʻullana boshladi. Toʻgarak aʼzolarining mashqlarini saralab, “Taraqqiyot koʻzgusi”, “Mening oilam”, “Jetkinshek” gazetalari tahririyatlariga olib borgan Tazaxan jurnalist va ustoz shoirlarning eʼtirof va ragʻbatidan Nazarxonga goʻyo uchib qaytdi. Uning saʼy-harakatlari bilan 2020-2022-yillarda 3-sonli maktab ijodkor oʻquvchilaridan Muhabbat Oʻrinbosarova, Navbahor Sarsenboyeva, Shahzoda Joʻlliboyevalarning sheʼr va hikoyalari Amudaryo tumani, keyinchalik Respublika miqyosidagi gazeta va jurnallarda chop etildi. 2022-yilda Muhabbat Oʻrinbosarova, Navbahor Sarsenboyevalarning ilk kitobi, “Yosh qalamkashlar” toʻgaragi aʼzolarining ijod namunalaridan iborat gala toʻplam nashrga tayyorlab qoʻyildi.

T.Qidirniyazova nafaqat oʻz kasbining fidoyisi, balki ijodkor ham. Yoshlarni kitobxonlikka keng jalb etish, ayniqsa, oilaviy va maktab kutubxonalarini rivojlantirishga qaratilgan ilmiy-amaliy tashabbuslari, nufuzli anjumanlardagi chiqishlari bilan ham tanilgan. “Maktab kutubxonasi – kelajak haqidagi orzularga qanot bagʻishlovchi tabarruk maskan”, “Bolalar kitobxonligini rivojlantirishda maktab kutubxonasining ahamiyati”, “Maktab kutubxonasi – bolalar ijodiyotining ilhomchisi ”mavzularidagi ilmiy-nazariy maqolalari “Taraqqiyot koʻzgusi”, “Mening oilam” gazetalari, amunews.uz veb-sayti va “Mahoratli pedagog” jurnallarida  chop etilib, soha mutaxassislari tomonidan ijobiy eʼtirof etildi.

Oʻz ustida  muntazam ishlash, oʻqib-izlanishga odatlangan Tazaxan ayni paytda Nizomiy nomidagi Oʻzbekiston Davlat Pedagogika Universitetining sirtqi boʻlimida kutubxonashunoslik yoʻnalishida tahsil olmoqda. Umr yoʻldoshi – ichki ishlar organi sohasi mehnat faxriysi Xidirboy Turdimuradov bilan 3 qiz 1 oʻgʻilni tarbiyalab, maʼnaviyatli insonlar qilib voyaga yetkazayotgan Tazaxanning sevimli rafiqa, mehribon ona, ibratli oila bekasi sifatidagi bajaradigan ayollik vazifalari ham bir dunyo. Farzandlarining oʻqishi, yurish-turishi, mahalla-koʻyda oʻzlarini tutishini doimiy  nazorat qilish, tomorqa, uy-roʻzgʻor yumushlarini risoladagiday bajarish, qoʻni-qoʻshnilarning, mahalladoshlarining oilaviy marosimlari, toʻy-maʼrakalarida qoraqalpoq kelinlariga xos nazokat bilan xizmat qilish kabi xayrli tashvishlaridan ortib, ijtimoiy-maʼnaviy masalalar bilan shugʻullanishga, oʻz kasbiy faoliyatidan kelib chiqib, turli xil koʻrik-tanlovlar, ilmiy-amaliy anjumanlarda faol ishtirok etishga ham ulguradigan tinib-tinchimas bu ayolning sabr-toqati, fidoyiligi haqiqatan ham havasga munosib.

Mamlakatimizda Respublika bolalar kutubxonasi  tomonidan muntazam ravishda oʻtkazilib, kelinayotgan “XXI asrda bolalar adabiyoti: muammo va vazifalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferentsiyasida 2022-yilda oʻz maʼruzalari bilan ishtirok etgan Tazaxan Qidirniyazovaning tashabbus va fikrlari, tajribalari konferentsiya tashkilotchilari tomonidan yuksak eʼtirof etilib, uning “Yosh kitobxonlar bilan ishlash menga zavq bagʻishlaydi” mavzusidagi maqolasi “XXI asrda bolalar kitobxonligi: muammo va yechimlar” ilmiy-maʼrifiy toʻplamga kiritildi. Shuningdek, 3-sonli maktab kutubxonasi qoshida tashkil etilgan  “Yosh qalamkashlar” toʻgaragi aʼzolari 2022-yilda  Respublika miqyosida Muhammad Yusuf ijodiga bagʻishlab oʻtkazilgan koʻrik-tanlovda faxrli oʻrinni egallashdi.

Tazaxan  uchun 2023-yil tom maʼnoda muvaffaqiyatlar yili boʻldi. Uning “XXI asrda bolalar kitobxonligi” mavzusidagi ilmiy-nazariy maqolasi “Leader Youth of Uzbekistan” antologiyasiga kiritildi. Joriy yilning oktyabr oyida  esa Respublika Bolalar kutubxonasi tomonidan tashkillashtirilgan “XXI asrda bolalar kitobxonligi: muammo va yechimlar” konferentsiyasidagi muvaffaqiyatli ishtiroki va ilmiy maqolalari “Scientific Publication” ilmiy matbuot markazi tomonidan yuksak eʼtirof etilib, xalqaro darajadagi “Lideri SNG” koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi. Shuningdek, u joriy yilning oktyabr oyida yana bir nufuzli anjuman ishtirokchisiga aylandi. Maktabgacha va maktab taʼlimi Vazirligi tomonidan tashkillashtirilgan “Maktabdan tashqari taʼlim: muammo va yechimlar” mavzusidagi Respublika forumidagi faol ishtiroki uchun maxsus sertifikat bilan mukofotlandi. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Bolalar kutubxonasi tomonidan tashkil etilgan “Kitapqumarliq festivali”ning esa mutlaq gʻolibi va 1-darajali diplom hamda festivalning statuetkasi sohibasi boʻldi.

Yaqinda oʻz kasbining fidoyisi, izlanuvchan va intiluvchan ayol Tazaxan oʻzining yana bir havasga munosib iqtidori bilan amudaryolik ayollar, butun Amu elining havas va eʼtirofiga sazovor boʻldi. Nazarxon qishlogʻining eng faol, yuksak maʼnaviyatli qoraqalpoq qizi, ibratli oila sohibasi Tazaxan Qidirniyozova anʼanaviy “Yil ayoli” koʻrik-tanlovining Amudaryo tumani bosqichida mutlaq gʻoliblikni qoʻlga kiritib, mazkur koʻrik-tanlovning Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichiga yoʻllanma oldi.

Biz baʼzan ayolning imkoniyatlarini, agar u davlat idorasida ishlaydigan boʻlsa, oila – ish – farzand tarbiyasi doirasida tushunib, baholab qoʻyaqolamiz. Aslida esa... Aslida ayolning imkoniyatlari juda katta, keng qamrovli. Bunga Tazaxan Qidirniyazovaning hayoti yaqqol  misol.

– Hamma narsa insonning oʻziga bogʻliq, – deydi u kamtarlik bilan. – Muhimi, vaqt bilan hisoblashmay yashash. Vaqt sizni kutib turmaydi. Shuning uchun men kundalik hayotimda oʻzim rejalashtirgan vaqt chegaralaridan oʻtib, ildamroq harakatda boʻlishga intilaman.

Nazarimda, bundayin qatʼiyat bilan intilish  uchun Tazaxanday fidoyi, uddaburon, atrofidagilarga mehrli, elim, yurtim, degan joʻshqin tabiatli inson boʻlmoq kerak. Tazaxan shuning uchun ham oldinga intilib yashashdan, oʻz kasbiy faoliyatining qadrini oshirib, xalq qalbiga maʼnaviyat ulashishdan aslo charchamaydi.

Robiya YOʻLDOShEVA.

 

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026