15.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
15.08.2026, 09:05
Jamiyat 👁 190

Yoshlar ishtirokida sayyor qabul oʻtkazildi

Yoshlar ishtirokida sayyor qabul oʻtkazildi

Inson manfaati – oliy qadriyat. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar asosida ayni maqsad ustuvor oʻringa qoʻyilayotgani joylardagi oʻzgarishlarda yaqqol sezilmoqda. Binobarin, odamlarni rozi qilish, ularning huquq va manfaatlari himoyasi yoʻlidagi saʼy-harakatlar amaliy natijasini bermoqda. Ayniqsa, yoshlar muammolarini yechishning yangi, samarali tizimini yaratishni maqsad qilgan ommaviy sayyor qabullar yoshlar hayotida muhim oʻrin tutmoqda.

Insonga eʼtibor  va sifatli taʼlim yilida ertamiz egalarining orzu-intilishlarini ragʻbatlantirish, ularni ijtimoiy muhofaza qilish, bandligini taʼminlash, yosh oʻgʻil-qizlarni tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb etishga ustuvor vazifa sifatida qaralmoqda.

2023-yil 22-noyabr kuni Amudaryo tumani hokimligi majlislar zalida Yoshlar ishlari agentligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi boshqarmasi boshligʻi Poʻlat Maqsetboyev hamda agentlikning tuman boʻlimi raisi Sardor Ismoilovlar ishtirokida oʻtkazilgan yoshlarning sayyor qabulida ham ayni shu muhim masalalarga eʼtibor qaratildi.

Tadbir avvalida soʻzga chiqqan masʼullar bugungi kunda yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar va shart-sharoitlar haqida batafsil maʼlumot berib, yoshlarni bilim olishga va kasb-hunar egallashga daʼvat qildi.

Darhaqiqat, yurtimizda xalq bilan faol va ochiq muloqot olib borish, avvalo insonning huquq hamda manfaatlarini taʼminlash orqali xalqimizning farovon, baxtli hayot kechirishi uchun koʻplab saʼy-harakatlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, tumanimiz boʻylab oʻtkazilayotgan sayyor qabullar jarayonida ham yordamga muhtoj aholining muammolari oʻrganilib, koʻplab ijobiy natijalarga erishilmoqda.

Sayyor qabul tarzida oʻtkazilgan mazkur uchrashuvdan koʻzlangan maqsad yoshlarning muammolarini oʻrganish, ijobiy hal etilishiga koʻmaklashish, taklif hamda tavsiyalarini tinglashdan iborat boʻldi. Sayyor qabulda tumanimizning turli hududlaridagi mahallalardan tashrif buyurgan jami 12 nafar yoshlarning murojaatlari tinglandi.

Tegishli masʼullar ishtirokida oʻtkazilgan sayyor qabulda 4 nafar yoshlarning oliy oʻquv yurtlari shartnoma toʻlovlarini toʻlashda amaliy yordam boʻyicha, 1 nafarining ishsizlik, “Yoshlar daftari”ga kiritish boʻyicha, 3 nafarining davolanish xarajatlarini qoplab berish boʻyicha, 1 nafar yurtdoshimizning haydovchilik guvohmasiga oʻqish xarajatlarini qoplab berish boʻyicha, 2 nafarining subsidiya asosida asbob-uskunalar olish hamda yana 1 nafarining tadbirkorlikni boshlash uchun imtiyozli kredit olish masalalarida murojaatlari qabul qilindi.

Sayyor qabulda murojaatlarning hech biri eʼtibordan chetda qolmasligi va har bir murojaat imkon qadar ijobiy yechim topishi taʼkidlandi.

Amaliy natijalari bilan ahamiyatli boʻlgan tadbirda aksariyat murojaatlar joyida hal etildi. Yechimiga vaqt talab qiladigan muammolar yuzasidan masʼul shaxslarga topshiriqlar berildi. Baʼzi murojaatlar boʻyicha esa amaldagi qonunchilik doirasida huquqiy tushuntirish ishlari olib borildi. Murojaatchilarning barcha takliflari oʻrganib chiqish uchun qabul qilindi.

“Xalq davlat idoralariga emas, balki davlat idoralari, katta-kichik rahbarlar xalqqa xizmat qilishi kerak” tamoyili asosida oʻtkazilayotgan bu kabi sayyor qabullar aholi muammolari hal boʻlishida asosiy omil boʻlib xizmat qilayotgani bilan ahamiyatlidir.

Tuman hokimligi Axborot xizmati

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019