30.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
30.09.2026, 14:51
Jamiyat 👁 211

VOYaGA YeTMAGANLAR DOIMIY EʼTIBORDA

VOYaGA YeTMAGANLAR DOIMIY EʼTIBORDA

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ichki ishlar organlarining jamoat xavfsizligini taʼminlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasidagi faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Qaroriga asosan tuman, shahar ichki ishlar organlari tarkibida voyaga yetmaganlar masalalari boʻyicha shugʻullanuvchi inspektor-psixolog lavozimlari joriy etilib, ularning xizmat oʻtash joyi etib umumiy oʻrta taʼlim muassasalari belgilangan edi.

            Qarorga muvofiq tuman Ichki ishlar boʻlimida ham Jamoat xavfsizligi xizmati huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻlinmasida voyaga yetmaganlar masalalari bilan shugʻullanuvchi 10 nafar inspektor-psixologlar faoliyat boshlashdi. Ular tumanimiz hududida yoshlarning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, milliy xalq oʻyinlari  va sport  turlarini yoshlar orasida ommalashtirish, “Besh muhim tashabbus” loyihalari, yoshlar festivallari va boshqa madaniy-maʼrifiy tadbirlarni amalga oshirish boʻyicha ovul va mahalla yoshlar yetakchilari bilan keng qamrovli ishlar olib borishayapti. Oʻquv maskanlarida voyaga yetmaganlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ular oʻrtasida huquqbuzarliklarga qarshi kurashish, vatanparvarlikni targʻib etish, ommaviy madaniyat taʼsiriga tushishining oldini olish borasida muntazam ravishda davra suhbatlari, profilaktik tadbirlar oʻtkazib kelishayapti.

Tumanimizda voyaga yetmaganlar  72 662 nafarni tashkil etadi. Mavjud umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida hozirgi kunda 38412 nafar oʻquvchilar, 51ta maktabgacha taʼlim muassasalarida 10312 nafar jajji bolajonlar taʼlim-tarbiya olishayapti. Ular orasida darslarni puxta oʻzlashtirib, intellektual qobiliyatini namoyish etib, bilimlar sinovlarida, shuningdek, turli ijodiy tanlovlarda, sport musobaqalarida yuqori natijalarni qayd etayotganlari talaygina.

Maktabgacha taʼlim, maktab taʼlimi muassasalarida ularga yaratilayotgan sharoitlar ham havas qilishga arzigulik. Biroq bolaning dunyoqarashi eng avvalo oilada shakllanishini hisobga olsak, farzand kamolida ota-ona tarbiyasi nechogʻlik muhim ekanligi ayon boʻladi. Taassufki, aholi orasida ichkilikka ruju qoʻygan yo xulq-atvori bilan oʻz farzandi tarbiyasiga salbiy taʼsir koʻrsatuvchi shaxslar ham uchrab turadi. Farzandini muntazam nazorat qilmaydigan, ularning nima bilan mashgʻul ekanligiga qiziqmaydigan, taʼlim olishiga beparvo ota-onalar ham bor. Inspektor-psixologlar ular bilan manzilli ish olib borishayapti va bola tarbiyasidagi masʼuliyatini tushuntirishayapti.

Voyaga yetmaganlar orasida inspektor-psixologlar hududlar profilaktika inspektorlari, fuqarolar yigʻinlari “beshligi” va taʼlim muassasalari xodimlari bilan hamkorlikda taʼlim-tarbiya borasida muntazam ish olib borishayotganligiga qaramasdan 2023-yilning 10 oyi davomida voyaga yetmaganlar tomonidan 7ta jinoyat sodir etildi, ikki nafar voyaga yetmaganlar oʻz joniga qasd qilib, vafot etdi.

Voyaga yetmagan oʻgʻil-qizlarning intiluvchan, ilmli  va mustaqil hayotga moslasha oladigan intellektual salohiyatli boʻlib ulgʻayishlari yoʻlida mehnat qilayotgan inspektor-psixologlar orasida leytenant Husniddin Safarboyevning faoliyati, ayniqsa, samarali boʻlayotir. U maxsus guruh safida voyaga yetmaganlarning nazoratsiz va qarovsiz qolishining oldini olish maqsadida oʻtkazilayotgan “Tungi reyd”, “Oʻquvchi”, “Davomat”, “Tigʻ” profilaktik tadbirlarida faol qatnashib, ularning bemaqsad yurishlarining oldi olinishiga hissa qoʻshayapti.

Voyaga yetmaganlar masalalari bilan shugʻullanuvchi inspektor-psixologlar Ulugʻbek Yoʻldoshev boshchiligida profilaktika inspektorlari va hamkor tashkilotlar bilan birga tumanimiz oilalaridagi oʻgʻil-qizlarning oqil, yurtiga sodiq, oʻz Vatanining qonun-qoidalarini hurmat qiladigan, barkamol insonlar boʻlib shakllanishiga, ularning qonuniy huquq va manfaatlari himoya qilinishiga xizmat qilmoqdalar.      

Oygul RAJABOVA.

Suratda: Husniddin Safarboyev oʻquvchilar bilan

kitob mutolaasi xususida suhbatlashmoqda.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026