30.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
30.09.2026, 14:50
Jamiyat 👁 179

ER YIGIT – YuRT QALQONI

ER YIGIT – YuRT QALQONI

Umumiy oʻrta taʼlim muassasalari oʻquvchilariga Oʻzbekiston Qurolli  Kuchlarining jangovor salohiyati, tuzilmalari haqida dastlabki harbiy taʼlimni oʻrgatish, ularda Vatanga muhabbat, yuksak maʼnaviy-ruhiy faol hayotiy koʻnikma, yot gʻoyalarga qarshi immunitet hosil qilishda chaqiriqqa qadar boshlangʻich tayyorgarlik fanining ahamiyati juda muhim.

Oʻquvchilarda harbiy burchni ongli ravishda  bajarishga boʻlgan munosabatni shakllantirish, mamlakatda olib borilayotgan islohotlarning aniq maqsadi va mohiyatini anglab yetishlariga erishish, ular qalbida yurt kelajagi va taqdiri uchun yuksak javobgarlik hissini tarbiyalash chaqiriqqa qadar boshlangʻich tayyorgarlik fani oʻqituvchisi mahorati, malakasi, bilimiga bogʻliq.

Tumanimizdagi 69-sonli maktabning chaqiriqqa qadar boshlangʻich tayyorgarlik fani oʻqituvchisi Ikrom Gulimmetov zimmasidagi masʼuliyatli vazifasini sidqidildan ado etishga intilayotgan muallimlardan biri.

U 1994-yilda Buxoro davlat pedagogika institutining boshlangʻich harbiy taʼlim va jismoniy tarbiya fakultetini tugatib, faoliyatini 35-sonli maktabda chaqiriqqa qadar boshlangʻich tayyorgarlik fani oʻqituvchisi boʻlib ishlashdan boshladi. Keyinchalik Ayoqchi mahalla fuqarolar yigʻinida kotib boʻldi, 2020-yildan beri esa 69-sonli maktabda oʻqituvchi boʻlib ishlab kelayotir. Ushbu taʼlim muassasasida hozirgi kunda 725 nafar oʻquvchilar taʼlim-tarbiya olishayapti. 10-11-sinflarda oʻqiyotgan 5ta sinf oʻquvchilari chaqiriqqa qadar boshlangʻich tayyorgarlik faniga qamrab olingan. Ikrom Gulimbetov ularga haftasiga 2 soat ushbu fandan saboq beradi.

Tajribali oʻqituvchi oʻquvchilarning mashgʻulotlar davomida oʻzlashtirgan bilimlarini, koʻnikma va mahoratlarini turli harbiy  va sport musobaqalari oʻtkazish, muassasada turli sanalar munosabati bilan oʻtkaziladigan tadbirlardagi chiqishlari davomida mustahkamlab boradi. U oʻgʻil bolalar uchun chaqiriqqa qadar boshlangʻich tayyorgarlik, oʻgʻil bolalar va qizlar bilan birgalikda fuqaro muhofazasiga doir, faqat qizlar bilan esa tibbiy bilim asoslari boʻyicha mashgʻulotlarni puxta tayyorgarlik bilan oʻtkazadi va oʻquvchilarning diqqat-eʼtiborini oʻz mashgʻulotlariga qarata oladi.

– Askar boʻlishni, harbiy kiyimda magʻrur yurishni orzu qilmaydigan bola boʻlmasa kerak, – deydi u. – Bu orzuligicha qolib ketmasligi, oʻquvchilarimning muddatli harbiy xizmatga qabul qilinishi uchun jismoniy va maʼnan yetuk boʻlib voyaga yetishlariga intilaman. Ularga qurol-aslahalarni ishlatish, jang taktikalari, safda yurish qoidalarini erinmay oʻrgataman.

Ha, u oʻquvchilarining yurtimizning haqiqiy oʻgʻlonlari boʻlib voyaga yetishlari uchun intiladi. Shu maqsadda oʻquvchilarini har yili Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa Vazirligi tasarrufidagi Shimoli-Gʻarbiy harbiy okrugga qarashli poligonga olib borib, dala-oʻquv mashgʻulotlari davomida harbiy texnikalar bilan puxta tanishtiradi. Nishonni oʻqqa tutish mashqida oʻquvchilar oʻzlariga berilgan uchta imkoniyatda ham yaxshi natija koʻrsatganlarida mehnatlari zoye ketmayotganiga quvonadi. Ularni muddatli harbiy xizmatga, Oliy harbiy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirib, harbiy soha mutaxassislari boʻlib yetishishga qiziqtira olayotganiga koʻngli togʻday koʻtariladi. Oʻquvchilari qalbida yurtimizga sodiqlik, harbiy xizmatga hurmat, mardlik, jasurlik, Vatan himoyasi uchun shay turish fazilatlarini shakllantira olish – aslida uning asosiy maqsadidir. Boisi, er yigitlar – yurt qalqonlaridir.

Oygul RAJABOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026