14.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
14.08.2026, 14:07
Jamiyat 👁 153

XALQIMIZNING HAYoTDAN ROZI YaShAShI YOʻLIDA HAMIShA BURChLIMIZ

XALQIMIZNING HAYoTDAN ROZI YaShAShI YOʻLIDA HAMIShA BURChLIMIZ

Davlat xalq irodasini ifoda etib, uning manfaatlariga xizmat qiladi. Davlat organlari va mansabdor shaxslar jamiyat va fuqarolar oldida masʼuldirlar.

Konstitutsiyaning 2-moddasi.

 

Amudaryo tumanining 2-sektori hududida 17ta ovul va mahalla, shaharcha fuqarolar yigʻinlari mavjud boʻlib, unda yashovchi aholi soni 65 ming 364 kishini tashkil qiladi. Hududdagi 11 ming 992ta xonadon tarkibidagi 16 ming 798ta oila doimiy eʼtiborda.

Muhtaram Prezidentimizning: “Har bir rahbar faqat xizmat xonasida oʻtirmasdan, joylarga borib, aholini bezovta qilayotgan eng dolzarb masalalarning amaliy yechimi bilan shugʻullanishi, xalq bilan yaqindan muloqot qilib, uning dard-u tashvishlari, hayotiy muammolarini samarali hal etish boʻyicha yangicha qarash bilan faoliyat olib borishi lozim”, degan koʻrsatmalari bugun faoliyatimizning asosiy mezoniga aylangan.

Ishimizning yana bir ustuvor yoʻnalishi sifatida haftaning har juma kunlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tumandagi Xalq qabulxonasi bilan birgalikda joylarda sayyor qabullar oʻtkazish, aholining shikoyat va murojaatlari, takliflarini oʻrganish, ularni qiynayotgan muammolarni joyida hal etishga katta ahamiyat berilib, aniqlangan muammolar oʻz vaqtida, joyida bartaraf qilinmoqda.

Xususan, “Bandlik” dasturiga muvofiq joriy yilning 11 oyi davomida 2-sektor hududida Aholi bandligiga koʻmaklashish markazi tomonidan 485 nafar fuqarolar ishga joylashtirildi. 7-marta boʻsh ish oʻrinlari yarmarkasi tashkil qilinib, yarmarkaga 38ta korxona va tashkilotlardan 203 boʻsh ish oʻrinlari taklif qilindi va ushbu jarayonda 73 nafar shaxsga ishga yoʻllanma berildi, ishsizlik darajasi va norasmiy bandlar sonini kamaytirish maqsadida 224 nafar aholi jamoat ishlariga jalb qilindi.

Kasbga oʻqitish yoʻnalishida oʻquv markazlarida yil boshidan 42 nafar fuqarolar turli yoʻnalishda tahsil olib, ularning bandligi toʻliq taʼminlandi.

Mehnat muhojirlarini ijtimoiy himoya qilish maqsadida 2023-yil boshidan yashash joyiga qaytib kelgan 541 nafar mehnat muhojiridan 402 nafarining turli xil sohalarda bandligi taʼminlandi.

Prezidentimizning 2022-yil 25-oktyabrdagi “2022-2023-yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Qaroriga asosan tumanimiz hududidagi mavjud muammolarni bartaraf etish va infratuzilmasini rivojlantirish maqsadida 25 mlrd. 595 mln. soʻm pul mablagʻlari ajratilishi belgilangan.

Ushbu koʻzda tutilgan mablagʻlar hisobidan Doʻstlik mahallasi hududida qiymati 334,3 mln. soʻmlik bolalar umumiy sport maydonchasi yangidan qurilib, foydalanishga topshirildi.

Xizr eli mahalla fuqarolar yigʻini binosini yangidan qurish ishlariga 820,9 mln. soʻm hamda Yuqori qishloq mahalla fuqarolar yigʻini binosini yangidan qurish ishlariga 826 mln. soʻm mablagʻ ajratilib, yangi binolar qurib berildi.

Bundan tashqari, sektor hududidagi Arna boʻyi, Besh ovul, Boʻz solma, Doʻstlik mahallalari, Doʻrman, Oʻrta qalʼa, Qilichboy ovullarida jami 22,341 km. ichki yoʻllarni taʼmirlash uchun 4,5 mlrd. soʻm pul mablagʻi ajratilib, ichki koʻchalarga shagʻal toʻkish ishlari amalga oshirildi. Xolimbeg ovuli hududidagi uzunligi 3,2 km. yoʻlga asfalt yotqizildi.

Bugungi kunda Qilichboy ovuli hududidagi Chigʻatoy 1-, 2-, 3-, 4-, 5-koʻchalariga tosh-shagʻal yotqizish ishlari va yangidan beton ustun va SIP kabel tortish ishlari davom ettirilmoqda. Qoramon mahallasi aholisining murojaatlariga koʻra, hududga 25ta beton ustunlar yetkazib berildi.

Sektor hududida yashovchi 38 nafar  oʻzgalar parvarishiga muhtoj boʻlgan yolgʻiz hamda yolgʻiz yashaydigan  keksalar va nogironlar roʻyxatga olinib, ularning barchasi dispanser koʻrigidan oʻtkazildi va ijtimoiy xodimlar tomonidan xizmat koʻrsatib kelinmoqda. Shuningdek, oʻzgalar parvarishiga muhtoj boʻlgan yolgʻiz keksalar va nogironligi boʻlgan 92 nafar fuqarolar reabilitatsiya-texnik vositalari, kreslo-aravachasi hamda protez-ortopediya mahsulotlari bilan taʼminlandi.  Yana 92 nafar nogiron va keksalar sanatoriy-kurortlarda bepul davolanib, oʻz salomatliklarini tiklab keldilar.

Sektor hududidagi har bir oila uyma-uy yurib, xatlovdan oʻtkazildi va xatlov natijasiga koʻra, 741ta kambagʻal oilada 3483 nafar fuqarolar istiqomat qilishi va ularning 1252 nafari mehnatga layoqatli ishsizlar ekanligi aniqlandi. Ularni tadbirkorlikka, hunarmandchilik va oilaviy tadbirkorlikka jalb qilish orqali amaliy yordamlar berildi.

Sektor hududidagi Rita Sariboyeva, Nilufar Iskandarova, Bayramgul Qilicheva va Amin Sadanovlarning xonadonlariga subsidiya asosida quyosh panellari oʻrnatilib, 6 nafar kam taʼminlangan oilalarning har biriga 2tadan qoʻy olib berildi. Natijada Xalq deputatlari tuman Kengashining qarori bilan “Temir daftar”dagi 16ta oila ehtiyojmandlar roʻyxatidan chiqarildi.

Bugungi kunda sektor hududida 1167 nafar yosh «Yoshlar daftari»ga kiritilgan boʻlib, ulardan 789 nafariga turli xil yordamlar koʻrsatilib, daftardan chiqarildi.

“Ayollar daftari”ning 4-bosqichiga kiritilgan ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlardan 1576 nafariga turli xildagi yordamlar koʻrsatildi.

Mahallabay va xonadonbay ishlash tizimi asosida hokim yordamchilari tomonidan 2023-yilning shu kuniga qadar jami 142ta tadbirkorlik subʼektlari tashkil etildi.

Bundan tashqari, sektor hududidagi mahallalarda tadbirkorlikni rivojlantirish va boshqa dasturlar asosida 1 383 nafar fuqaroga 27 mlrd. 150 mln. soʻm  kredit mablagʻlari ajratilishiga amaliy yordam koʻrsatildi.

Maqsadimiz – xalqimizning oʻz hayotidan rozi yashashini taʼminlash, muammolarini ijobiy hal etishga koʻmaklashish, turmush tarziga farovonlik olib kirishdan iborat.

Chunki, xalqimiz har bir kunini obod va farovon, goʻzal turmush sharoitida oʻtkazishga haqlidir.

A.ROʻZMETOV, tuman prokurori,  2-sektor rahbari.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019 IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) 04.12.2019 Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) 12.11.2019 Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) 02.11.2019 Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) 06.10.2019 Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) 03.09.2019 “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) 13.08.2019 KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) 31.07.2019 SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) 31.07.2019 MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) 31.07.2019 "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) 31.07.2019 Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? 13.07.2019 Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) 13.07.2019 Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) 13.07.2019 Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) 13.07.2019 Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) 01.07.2019 Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) 30.06.2019 TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI 24.06.2019