“Dolzarb 40 kunlik” doirasida maxsus profilaktik tadbirlar oʻtkazilmoqda
Mamlakatimiz boʻylab jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish maqsadida “Dolzarb 40 kunlik” maxsus profilaktik tadbirlari oʻtkazilmoqda. Tadbirlar doirasida hududlarda kriminogen vaziyat barqarorligini taʼminlash, huquqbuzarlik va jinoyatlarning oldini olish choralari koʻrilmoqda.
Amudaryo tumanida ham “Dolzarb 40 kunlik” doirasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklar, ayniqsa, tungi vaqtda sodir etilishi mumkin boʻlgan jinoyatlarning oldini olish maqsadida tungi profilaktik tadbiri oʻtkazildi.
Navbatdagi shunday tadbirda tuman hokimi Sobir Xoʻjametov, tuman prokurori Aziz Roʻzmetov, Ichki ishlar boʻlimi boshligʻi Jamoladdin Yusupov, soliq inspektsiyasi boshligʻi Jahongir Rahimov hamda mutasaddi tashkilotlar vakillari, yoshlar yetakchilari ishtirok etdilar.
Tadbir avvalida Ichki ishlar boʻlimi masʼullari tomonidan tungi xizmatga jalb etilgan xodimlar bilan xizmat oldi yoʻriqnomasi oʻtkazilib, hududlarda tungi xizmatga jalb etilgan xodimlarga huquqbuzarliklarni oldini olish hamda jinoyatchilikka qarshi kurashish, fuqarolar osoyishtaligini taʼminlash, yoʻl-transport hodisalarining barvaqt oldini olishda amalga oshirilishi lozim boʻlgan aniq vazifalar yuklatildi.
“Dolzarb – 40 kunlik” doirasidagi tadbirlar davomida tuman hududida barcha yoʻnalishlarda profilaktik tadbirlar amalga oshirilib, tungi vaqtda maqsadsiz va nazoratsiz yurgan voyaga yetmagan fuqarolar, xotin-qizlar hamda shubhali shaxslar, shuningdek qoʻpol turdagi qoidabuzarlik sodir etgan harakat ishtirokchilari bilan tushuntirish ishlari olib borilmoqda. Ayniqsa, "qizil" toifaga kiruvchi mahallalarda nazorat kuchaytirilib, haydovchilarning hujjatlari bilan bir qatorda transport vositalari ham koʻzdan kechilmoqda.
Shu paytgacha “Dolzarb -40 kunlik” tadbirlari doirasida olib borilayotgan tezkor qidiruvlar davomida 2 nafar qidiruvdagi shaxslar ushlandi, 2ta ochilmay qolgan jinoyat fosh etildi.
Jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklarning oldini olish yoʻnalishida huquqbuzarlik sodir etgan 54 nafar shaxsga nisbatan maʼmuriy bayonnomalar rasmiylashtirildi.
Bugungi kungacha oʻtkazilgan tungi reyd tadbirlari davomida maʼmuriy qamoqqa olish bilan bogʻliq holatlar 19tani tashkil qiladi. Tadbir boshidan buyon jami 51 nafar shaxslar sodir qilgan huquqbuzarliklari uchun profilaktik hisobga olingan. Mahallalarda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish maqsadida spirtli ichimlikka ruju qoʻygan 7 nafar shaxslar majburiy davolanish muassasalariga yotqizilgan. Shuningdek, maʼmuriy nazoratda turgan hamda ilgari sudlangan 53 nafar shaxslar bilan profilaktik suhbatlar oʻtkazilgan.
Shuningdek, yoʻl harakati qoidalarini buzish bilan bogʻliq 15ta huquqbuzarliklar aniqlanib, tegishli tartibda maʼmuriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan. Shuningdek, yoʻl harakati qoidalarini qoʻpol ravishda buzgan 78 nafar haydovchining transport vositalari jarima maydonlariga olib kirilgan.
Sodir etilgan jinoyatlar yuzasidan mahalla va ovul fuqarolar yigʻinlarida jamoatchilik vakillari ishtirokida targʻibot-tashviqot ishlari olib borilmoqda.
Tuman hududida huquqbuzarlik va jinoyatlar, transport yoʻllarida turli xavfli hodisalar sodir etilishining oldini olish, aholining tinchlik-osoyishtaligini saqlashda bu kabi tadbirlar muhim ahamiyat kasb etadi.
Tuman hokimligi Axborot xizmati

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶