14.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
14.08.2026, 13:38
Adabiyot 👁 306

“MAʼNAVIYaT KUNI” DOIRASIDAGI TADBIR QIZIQARLI TAASSUROTLARGA BOY BOʻLDI

“MAʼNAVIYaT KUNI” DOIRASIDAGI TADBIR QIZIQARLI TAASSUROTLARGA BOY BOʻLDI

Yoshlarni bilimli, yuksak maʼnaviyatli va axloqli insonlar qilib tarbiyalashda kitobning ahamiyati nihoyatda kattaligini buyuk ajdodlarimiz – Abu Rayhon Beruniy, Al Xorazmiy, Abu Ali Ibn Sino, Mir Alisher Navoiy, Choʻlpon, Fitrat kabi ulugʻ salaflar oʻz zamonalarida alohida eʼtirof etishgan. Buyuk sarkarda, davlat va jamoat arbobi Amir Temur bobomiz esa nafaqat podshohlik saroyida, balki mamlakatning har bitta kent va rabotida kutubxonalar ochib, mamlakat yoshlarini kitob mutolaasiga daʼvat etganlar.

Bugungi globallashuv jarayonida yoshlarni kuchli tafakkur egalari, bilimdon va salohiyatli insonlar qilib tarbiyalashda ajdodlarimizdan meros bu maʼnaviy qadriyat davlatimizning ustuvor siyosatiga aylangan.

Oliy Majlis huzuridagi NNTlar va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi tomonidan eʼlon qilingan tanlovning “Najot – taʼlimda, najot – tarbiyada, najot - bilimda” yoʻnalishida “Bilimli va maʼnaviyatli yoshlar bilan – Uchinchi Renessans sari” loyihasi bilan ishtirok etib, tanlov granti sohibi boʻlgan “Taraqqiyot koʻzgusi” gazetasi tahririyati ijodiy jamoasi tomonidan mazkur loyiha doirasida amalga oshirilayotgan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar muhim ahamiyat kasb etmoqda. Xususan, yoshlarni kitobxonlikka keng jalb etishga qaratilgan insholar tanlovlari, kitob haftaliklari, “Kitobxonlik va mutolaa madaniyati haftaligi”, “Kitob sayllari”, Amudaryo televideniyesi bilan hamkorlikdagi “Kitobxon yoshlar” koʻrsatuvi, “Eng yaxshi sovgʻa - kitob”, “Farzandimga kitob sovgʻa qilaman” aktsiyalari tashkil etilib, bu kabi tadbirlarga tumanning barcha hududlaridagi taʼlim-tarbiya muassasalari oʻquvchi-yoshlari va kitobxon oilalar keng qamrab olinmoqda.

“Maʼnaviyat kuni” doirasida tumanning 1-sektori hududidagi taʼlim-tarbiya ishlari yaxshi yoʻlga qoʻyilgan 82-sonli umumtaʼlim maktabida boʻlib oʻtgan taniqli yozuvchi va shoirlar hamda tajribali pedagoglar ishtirokidagi davra suhbatida ham yoshlar kitobxonligini rivojlantirish, ularni mutolaa madaniyatiga amal qilishga daʼvat etish, tajribali oʻqituvchilarning oʻz oʻquvchilari bilan birgalikda hozirgi zamon va mumtoz oʻzbek adabiyoti durdonalarini mutolaa qilish va yoshlarning oʻqigan asarlari mazmun-mohiyati yuzasidan fikrlarini erkin ifoda etishlariga alohida eʼtibor qaratildi.

Tadbirda mazkur maktabning tajribali mutaxassis oʻqituvchilari, oʻz qiziqishlari va xohishlari bilan aʼlochi va kitobxon yoshlari ishtirok etishdi. Shuningdek, tadbir mehmonlari – Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, yozuvchi Tursunboy Abdullayev, Oʻzbekiston Yozuvchilar va Jurnalistlari ijodiy uyushmalari aʼzosi, Qoraqalpogʻiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan jurnalist, shoira Robiya Yoʻldosheva, tumandagi 27-sonli maktabning musiqa fani oʻqituvchisi, shoir Adilboy Ametovlar kitobxon yoshlar hamda ularning ustozlari bilan dildan, samimiy suhbat qurdilar.

- Kitob – insonga nafaqat maʼnaviy ruh bagʻishlaydi, - balki uni tarbiyalaydi, kamolotga yetkazadi, - dedi ustoz yozuvchi Tursunboy Abdullayev. – Inson qanchalik boy-badavlat boʻlmasin, uni boyligi emas, balki bitta yaxshi kitobdan olgan maʼnaviy ozigʻi butun umr badavlat, el ichra suyukli, hurmatli inson sifatida shakllantiradi. Mening siz azizlarga doʻstona maslahatim shuki, sizlarning eng sevimli mashgʻulotingiz – mutolaa, eng qadrli maskaningiz maktab va kutubxona, orzularingiz – taʼlim va yana taʼlim boʻlsin.

Tadbir davomida “Bilimli va maʼnaviyatli yoshlar bilan – Uchinchi Renessans sari” grant loyihasi koordinatori, shoira Robiya Yoʻldosheva oʻzining shaxs sifatida shakllanishida bilim olishga boʻlgan intilishida, kitobxonlikning juda katta ahamiyatga ega boʻlganini hayotiy misollar tariqasida hikoya qilib berdi.

- Maktabimizda oʻquvchi-yoshlarning bilim olishlari, xorijiy tillarni oʻrganishlari, oʻz iqtidorlarini namoyon etishlari uchun barcha zarur sharoitlar yaratilgan, - dedi maktab oʻqituvchilaridan Sevara Boltaboyeva. – Yoshlarning kitobga ilmga intilishlari, erishayotgan yutuqlarimizda ham namoyon.

Darvoqe, maktabda bugungi kunda 532 nafar oʻquvchiga 48 nafar malakali pedagoglar, ilm sirlarini qunt bilan oʻrgatishmoqda. Oʻqituvchilarning 12 nafari oliy va 1-toifali, 6 nafari 2-toifali, qolganlari esa maxsus mutaxassislikka ega tajribali fan oʻqituvchilaridir. Sobiq Iqtisod kolleji negizida tashkil etilgan 82-sonli maktabning 2023-2024 oʻquv yilida ilk bitiruvchilari mustaqil hayotga yoʻllanma olishadi. 2023-2024 oʻquv yili fanlar olimpiadasida maktab oʻquvchilari rus tili va matematika fanlari boʻyicha tuman va respublika bosqichlarida muvaffaqiyatli ishtirok etishdi. Iqtidorli oʻquvchi Mashhuraxon Rajabovaning esa ilk sheʼrlar toʻplami “Taraqqiyot koʻzgusi gazetasi” nashriyotida chop etildi.

- Haqiqatan ham ajdodlarimiz najot – taʼlim-tarbiyada, deb bejiz aytishmagan, - oʻz fikrini bildirdi tajribali pedagoglardan Dildoraxon Xolboyeva. – Bola oʻqib-izlanishga qanchalik mehr qoʻysa, u shunchalik salohiyatli, maʼnan va axloqan yetuk inson boʻlib voyaga yetadi. Bizning vazifamiz esa oʻquvchini turli yot gʻoyalarga berilib ketishidan himoya qilish. Himoya vositasi esa – kitob, taʼlim va bilim.

Yozuvchi-shoirlar va pedagoglar bilan suhbat jarayonida mushoira ham qizidi. Tursunboy Abdullayevning milliy-maʼnaviy qadriyatlarimizni oʻzida mujassam etgan termalari, yoshlar iltimosiga koʻra, kelin salomlarini ijod etishdagi izlanishlari, yozuvchi va shoir ogʻamizning “Salomchi” atamasini oʻziga “unvon” sifatida qabul qilib olgani haqidagi qiziqarli hikoyalari barchaga zavq-shavq bagʻishladi. Navbatma-navbat Tursunboy Abdullayev, Adilboy Ametov va iqtidorli shoira Mashhuraxon Rajabovalar oʻz sheʼrlaridan namunalar oʻqib berdilar.

Tadbir yakunida Tursunboy Abdullayev 82-sonli maktab oʻqituvchilari va oʻquvchi-yoshlariga ham sheʼriy salom bagʻishladi. Albatta, bundan tadbir ishtirokchilari ham bahramand boʻldilar.

“Maʼnaviyat kuni” doirasida tumanimiz ijodkorlari va 82-sonli maktabning tajribali pedagoglari hamda kitobxon yoshlari, ishtirokida boʻlib oʻtgan suhbat qiziqarli taassurotlarga boy boʻldi.

Robiya YOʻLDOShEVA, Mahmudjon ShOMURODOV.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019 IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) 04.12.2019 Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) 12.11.2019 Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) 02.11.2019 Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) 06.10.2019 Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) 03.09.2019 “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) 13.08.2019 KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) 31.07.2019 SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) 31.07.2019 MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) 31.07.2019 "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) 31.07.2019 Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? 13.07.2019 Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) 13.07.2019 Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) 13.07.2019 Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) 13.07.2019 Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) 01.07.2019 Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) 30.06.2019 TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI 24.06.2019