30.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
30.09.2026, 09:11
Jamiyat 👁 227

AMUDARYoLIK YoShLAR STARTAP TANLOVIDA OʻZ LOYIHALARI BILAN IShTIROK ETIShDI

AMUDARYoLIK YoShLAR STARTAP TANLOVIDA OʻZ LOYIHALARI BILAN IShTIROK ETIShDI

Amudaryolik yoshlar oʻrtasida IT Park Qoraqalpogʻiston filiali hamda Amudaryo tumani hokimligi bilan hamkorlikda startap tanlovi tashkil etildi.

2023-yil 28-dekabr kuni tuman hokimligi binosida boʻlib oʻtgan ushbu tanlov boshlanishida IT Park Qoraqalpogʻiston filiali masʼullari, Yoshlar ishlari agentligi tuman boʻlimi rahbari Sardor Ismailov hamda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish boʻyicha loyiha menejeri Dilmurod Rahimovlar tanlov tartibi va shartlari haqida tushunchalar berishdi.

Yoshlarning innovatsion gʻoya va startap loyihalarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida Prezidentimizning 2022-yildagi 22-avgustdagi “2022-2023-yillarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasini yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” Qaroriga koʻra oʻtkazilgan ushbu tanlovda 18-30 yosh oraligʻidagi 17 ta jamoa ishtirok etdi. Mazkur jamoalardagi 30 nafarga yaqin yoshlar oʻzlarining kreativ va innovatsion gʻoyalar asosida yaratgan turli loyihalarini taqdim etishdi.

Maʼlumki, dunyoning iqtisodiy jihatdan ilgʻor mamlakatlari qatori Oʻzbekistonda ham iqtisodiyot, fan, taʼlim, sogʻliqni saqlash, qishloq xoʻjaligi kabi tayanch sohalarga zamonaviy innovatsion texnologiyalar tatbiq etilmoqda. Soʻnggi yillar davomida yurtimizda innovatsion ekotizimni rivojlantirishda startaplarni qoʻllab-quvvatlashga alohida eʼtibor berilmoqda.

Amudaryo tumanida ham 400 nafarga yaqin turli yoshdagi fuqarolar IT sohasida oʻqitishga jalb etildi. Ushbu sohada 200 nafarga yaqin yoshlar oʻzini oʻzi band qilishiga erishildi.

Taʼkidlash joizki, startaplar innovatsiyalarga asoslangan holda mavjud mahsulotlarning kamchiliklarini bartaraf etadi, tovarlar, xizmatlarning mutlaqo yangi toifalarini yaratadi va butun sanoat uchun fikrlash, biznes yuritishning anʼanaviy usullarini oʻzgatirib yuboradi. Soʻnggi davrlarda koʻplab sohalarda startaplar yangiliklar yaratuvchi sifatida tanilmoqda.

Startap loyihalarning har biri yangi turdagi mahsulot, dastur yoki xizmat koʻrsatish sohasini oʻz ichiga oladi. Jumladan, turizm sohasida “Oʻzbekiston turistik shaharlarining 3D va VR BOX modellarini yaratish”, “NazzAR” startap loyihalari muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda. Tibbiyot sohasida “LiPach” teri parvarishi uchun gigiyenik-kosmetik vositasi klinik oldi tekshiruvlardan muvaffaqiyatli oʻtdi, “Bioferron” biologik faol qoʻshimchasi, implantatsiya qilinadigan yuqori texnologiyali tibbiy asbob-uskunalarni innovatsion ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyilmoqda.

Qishloq hoʻjaligi sohasida agrolotok, koʻchatlarni “in-vitro” usulida koʻpaytirish laboratoriyasi tashkil etilmoqda. Oziq-ovqat sohasida olma kukunidan qandolatchilikda keng foydalaniladigan pektin ishlab chiqaruvchi “Onsite” MChJ tashkil etildi.

Yana bir istiqbolli loyiha biologik mahsulotlarni quritish mexanizmini takomillashtiruvchi elektromagnit parchalovchi qurilma tizimi ishlab chiqilmoqda. Mazkur tizim mahsulotning yakuniy tannarxiga katta taʼsir qiluvchi yakuniy bosqichda energiya sarfini qariyb 4-6 baravargacha qisqartirish imkonini beradi.

Amudaryolik yoshlar oʻrtasida oʻtkazilgan mazkur tanlovda ham ishtirokchilar oʻzlarining sogʻliqni saqlash va ekologiya, moliya-iqtisodiyot va aholi bandligini taʼminlash, qishloq va suv xoʻjaligi, transport, taʼlim va turizm, qurilish, energetika va robototexnika yoʻnalishlari boʻyicha tayyorlagan loyihalarini tanishtirib, batafsil maʼlumotlar berishdi.

Tanlov yakunida Shohruhxon Poʻlatboyevning taʼlim yoʻnalishidagi startap loyihasi 1-oʻringa loyiq deb topildi va unga noutbuk sovgʻa qilindi. “Dream team” jamoasining sogʻliqni saqlash yoʻnalishidagi startap loyihasi 2-oʻringa munosib koʻrilib, jamoaga planshet sovgʻa qilindi. Shuningdek, 3-oʻrin gʻolibi boʻlgan “Kids App” jamoasi taʼlim yoʻnalishidagi loyihasi uchun smartfon sovgʻa qilindi. Gʻoliblar va sovrindorlarning har biriga “Faxriy yorliqlar” topshirildi.

O.Xudoyberganova.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026