30.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
30.09.2026, 12:00
Jamiyat 👁 165

BANDLIK – DOIMIY DAROMADGA EGA BOʻLISh DEMAKDIR

BANDLIK – DOIMIY DAROMADGA EGA BOʻLISh DEMAKDIR

Soʻnggi yillarda mamlakatimizda ish bilan band boʻlmagan aholi, shu jumladan, xotin-qizlarning va yoshlarning bandligini taʼminlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj, turmush sharoiti ogʻir, kasb-hunarga ega boʻlmagan, huquqiy va maʼnaviy qoʻllab-quvvatlashga muhtoj fuqarolarga davlatimiz tomonidan manzilli koʻmak berish boʻyicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Tuman Kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimi tomonidan aholi turmushi  sifatini oshirish borasida ehtiyojmand oilalar manzilli qoʻllab-quvvatlanib, ish bilan band boʻlmagan, ishlash istagida boʻlgan ayol-qizlar, yoshlarning bandligini taʼminlanib, doimiy daromadga ega boʻlishlari uchun yil davomida 7-marta mehnat yarmarkalari oʻtkazildi. Unda tumandagi 261ta korxona va tashkilotlar oʻzlaridagi mavjud 825ta boʻsh ish oʻrinlari bilan qatnashdilar. Yarmarkalarga 493 nafar fuqarolar jalb etildi. Ularning 208 nafari doimiy ishga joylashish uchun yoʻllanma olishdi, 228 nafari ishga joylashdi.

Shu yilning 18-dekabr holatiga tuman boʻyicha 3793 nafar fuqarolar boʻsh ish oʻrinlariga joylashtirildi. 86 nafar fuqaro kvota ish oʻrinlariga ishga qabul qilindi, 581 nafar fuqaro haq toʻlanadigan jamoat ishlariga jalb qilindi va 20 nafar fuqaroga ishsizlik nafaqasi tayinlanib, toʻlandi. Stipendiyali kasb-hunarga 40 nafar fuqarolar oʻqitildi, kunlik mehnat markazi orqali esa 559 nafar fuqaro kunlik ishlarga jalb qilindi.

Mamlakatimizda nogironligi boʻlgan shaxslarga ham teng imkoniyatlar yaratish, ularning hayot sifatini oshirish, iqtidoriga koʻra ish bilan mashgʻul qilib, ijtimoiy faolligini yuksaltirishga ham alohida eʼtibor qaratilayapti. Joriy yilning shu davrigacha 151 nafar  imkoniyati cheklangan fuqarolarning bandligi taʼminlandi va boʻsh ish oʻrinlariga ishga joylashtirildi. Milliy  dasturga asosan esa 31 nafar imkoniyati cheklangan fuqarolar jamoat ishlariga jalb qilindi, 7 nafari korxona-tashkilotlarga ishga joylashtirilib, nogironlarni ishga qabul qilganligi uchun korxona-tashkilotlarga subsidiyalar ajratib berildi.

Shuningdek, yangi ish oʻrinlari yaratish dasturi doirasida 2023-yilda aholini doimiy, mavsumiy va vaqtinchalik band qilish uchun 23 553ta ish oʻrin yaratish reja qilingan edi. Mazkur ish oʻrinlari investitsiyalarni jalb qilish, mahalliy sanoatni rivojlantirish, xizmat koʻrsatish va tadbirkorlikni rivojlantirish, qishloq xoʻjaligi, qurilish va kommunal xizmat koʻrsatish sohalarida yaratilishi belgilangan edi. Oʻtgan 11 oy ichida faoliyatni legallashtirish (qonuniy asosda qayta tashkil  etish) hisobiga 3221ta, shuningdek, 6790ta doimiy, 18090ta mavsumiy va vaqtinchalik, jami 28111ta ish oʻrni yaratildi. Shu kungacha 272 nafar ishsiz, ishlash istagidagi fuqarolar kasbga tayyorlash va qayta tayyorlash kurslarida oʻqitilib, 57 nafari ishga joylashtirildi, 215 nafari oʻzini oʻzi band qildi.

Tuman Kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimi tumanimiz aholisining turmushi sifatini oshirish, farovon yashashiga erishish borasida xizmat koʻrsatib, yurtimizda inson  shaʼni, qadr-qimmati yuksak tutilayotganini amalda ifoda etib kelmoqda.

Rashid SALAYeV,

tuman Kambagʻallikni qisqartirish va

aholi bandligiga koʻmaklashish boʻlimi boshligʻi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026