30.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
30.09.2026, 12:00
Jamiyat 👁 258

Vatan himoyachilari kuniga bagʻishlangan tadbir oʻtkazildi

Vatan himoyachilari kuniga bagʻishlangan tadbir oʻtkazildi

Vatanimizning xavfsizligi, yurtimiz tinchligi, xalqimiz osoyishtaligi Qurolli Kuchlarimiz tomonidan ishonchli tarzda taʼminlanmoqda. Milliy Armiyamizda xizmat qilish Oʻzbekiston fuqarolari uchun nafaqat konstitutsiyaviy burch, ayni paytda tom maʼnodagi shon-sharaf ishiga aylanganligi ham haqiqat. Yurtimizda 14-yanvarda nishonlanadigan Vatan himoyachilari kuni esa chin maʼnoda umumxalq bayramiga aylangan.

Mazkur sana munosabati bilan 2024-yil 13-yanvar kuni Amudaryo tuman Madaniyat boʻlimining tomoshalar zalida Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 32 yilligiga bagʻishlangan “Yangi Oʻzbekiston Armiyasi – mamlakat qudrati, yuksak gʻururi va sadoqat timsolidir” shiori ostida bayram tadbiri boʻlib oʻtdi.

Tadbirda tuman hokimi Sobir Xoʻjametov, sektorlar rahbarlari, Mudofaa, Ichki ishlar boʻlimlari masʼullari, tumandagi DXX chegara qoʻshinlariga qarashli harbiy qismlar mutasaddilari, harbiy xizmatchilar va askar onalari, yoshlar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.

Tadbir avvalida Oʻzbekiston va Qoraqalpogʻiston Respublikalarining davlat madhiyalari yangradi.

Tadbirda tuman hokimi Sobir Xoʻjametov Milliy Armiyamizda xizmat qilayotgan harbiylar ham el osoyishtaligini taʼminlash, chegaralarni mustahkamlash borasida samarali xizmat qilib kelayotganini taʼkidladi hamda ularni 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan tabrikladi.

Shuningdek, mamlakatimizda hukmron boʻlgan tinchlikning eng katta boylik ekanligini, Prezidentimiz rahnamoligida mamlakatimiz mudofaa tizimida amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar yuksak samaralar berayotgani, harbiy xizmatga yoshlarimizning qiziqish va intilishi tobora ortib, Vatan himoyasi shon-sharaf ishiga aylanib borayotganini alohida taʼkidladi.

Aytib oʻtish joizki, Milliy Armiyamizning chegaralarimiz daxlsizligini, Vatanimiz tinchligini taʼminlashdagi roli cheksiz. Vatan himoyachilari bor ekan, yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, xalqimizning farovonligi va hamjixatligi mustahkam boʻladi.

Tadbir davomida soʻzga chiqqanlar harbiy xizmatchilarning ishchanlik fazilatlari, xalq bilan birga tinch-totuv turmushni taʼminlash yoʻlidagi fidokorona xizmatlarini alohida tilga olishdi. Shuningdek, Vatanimizni qoʻriqlash har bir insonning muqaddas burchi ekanligi, yosh avlod qalbida yurtga cheksiz mehru-muhabbat, vatanparvarlik, sadoqat tuygʻularini mustahkamlash dolzarb masalalardan biri ekanligi alohida taʼkidlandi.

Tadbirda Milliy Armiyamiz kuch-qudrati, harbiylarga yaratilayotgan shart-sharoitlar, yurt sarhadlarini qoʻriqlayotgan mard oʻgʻlonlar, Vatanimizning jasur himoyachilari koʻrsatayotgan qahramonliklar haqida soʻz yuritildi. Hozirgi tinch, osuda va farovon hayotning qadriga yetish, uni asrab-avaylashga har bir fuqaro masʼul ekanligi ham taʼkidlandi.

Bayram tadbirida tuman Mudofaa ishlari boʻlimining faol xodimlari va faxriylariga tashakkurnomalar hamda tuman hokimligining esdalik sovgʻalari topshirildi.

Tuman Madaniyat boʻlimi tomonidan tayyorlangan katta adabiy-musiqiy dastur namoyish etildi. Kontsert dasturi davomida ijro etilgan Vatanni madh etuvchi kuy va qoʻshiqlar, dilrabo raqslar, kompozitsion sahna koʻrinishlari tomoshabinlarga bayramona ruh, xush kayfiyat baxsh etdi.

Tuman hokimligi Axborot xizmati.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026